Tarmoq sathi (Network layer) – bir nechta tarmoqlarni birlashtiruvchi yagona transport sistemasini hosil qilish uchun hizmat qiladi. Bu tarmoqlar har ko‘rinishdagi topologiyalarga ega bo‘lishlari va kompyuterlar o‘rtasida xabarlar uzatishning har-xil tamoillaridan foydalanib ishlashlari mumkin. Tarmoqlarni o‘zaro birlashtirish uchun marshrutizatorlar ishlatiladi. Tarmoqlar ichida, ya’ni tarmoq osti tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish o‘sha tormoqning kanal sathi yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ma’lumotlarni uzatish esa – tarmoq sathi ta’minlaydi. Bu ma’lumotlar uzatish marshrutlarini to‘g‘ri tanlash vazifasini bajarish Bilan amalga oshiriladi.
2.8.-rasm. Tarmoqlardan iborat tarmoq. Tarmoq sathi har-xil texnologiyali tarmoqlarni bir-biri bilan kelishib ishlashini ta’minlaydi. Tarmoq sathi xabarlari paketlar deb ataladi. Tarmoq sathiga tegishli ikki xil protokol mavjud:
1.Tarmoq protokollari (routed protocols) – paketlarni tarmoq orqali harakatlanishini ta’minlab beradigan protokollar.
2.Marshrutlash protokollari (routing protocols) – bu protokollar yordamida marshrutizatorlar tarmoqlar aro bog‘lanishlar haqida axborot yig‘ishni amalga oshiradilar.
Tarmoq sathi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining IP-tarmoqlararo birgalikda ishlash protokolini va Novell stekining IPX-tarmoqlararo peketlar almashinish protokolini keltirish mumkin.
Transport sathi (Transport layer) – bu sath ilovalarga yoki stekning yuqori sathlariga ma’lumotlarni kerakli darajada ishonchlilik bilan uzatishni ta’minlab beradi. Transport sathi tomonidan xizmat ko‘rsatishning besh xil sinfi mavjud:
1.Tezkorlik.
2.Uzilgan aloqani tiklash imkoniyati.
3.Bir-nechta har-xil amaliy protokollarni umumiy transport protokoli orqali bog‘lab, ularni ishlashini ta’minlab berish vositalari. Bu xuddi temir yo‘l transportida har-xil yuklar ortilgan vagonlprni bir poyezdga birlashtirib manzilga yetkazib berishga o‘xshaydi.
4.Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.
5.Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xolatlar – ma’lumotlarni yo‘l davomida o‘chib ketishi, yo‘qolib qolishi va bir xil paketlarni bir necha marta uzatilishi kabi xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.
Transport sathi va undan yuqorida joylashgan sathlar protokollari kompyuterlarning (stansiyalar, serverlar va uzellarning) programma vositalari, ya’ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi programmalar tomonidan amalga oshiriladi. Trasport satxi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining TCP va UDP, hamda Novell stekining SPX protokolini keltirish mumkin.