Seanslar sathi (Sesions layer) – bu sath dialogni boshqarishni ta’minlaydi, tomonlardan qaysi biri hozirda faol ekanligini aniqlab borish vazifasini bajaradi va ishlash jarayonini bir-biriga moslashtirish vositalarini (sinxronlash) vositalarini taqdim etadi.
Taqdimlash sathi (Presentation layer) – tarmoq orqali uzatilayotgan aborotni mazmunini saqlagan holda, shaklini o‘zgartirish vazifasini bajaradi. Bu sathda ma’lumotlarni almashinish davomida maxfiylikni ta’minlash uchun shifrlash va deshifrlash amalga oshiriladi. Bunday protokolga misol qilib Amaliy sath protokollari uchun maxfiylikni ta’minlab beradigan TCP/IP stekining SSL (Secure Socket Layer) protokolini keltirish mumkin.
Amaliy sath (Application layer) – bu shunday protokollar to‘plamiki, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilvrini tarmoq resurslariga murojaat qilish imkoniyatlari ta’minlanadi, bular – fayllar, printerlar yoki gipermatnli Web-sahifilar, hamda elektron pochta xizmati. Bu sathda juda ko‘p xildagi xizmat ko‘rsatish turlari mavjud. Fayl xizmatining amalga oshirilgan keng tarqalgan xillari quyidagilardir: Novell NetWare operatsion tizimining NCP xizmati, Microsoft Windows NT dagi SMB xizmati va TCP/IP stekiga kiruvchi NFS, FTP va TFTP xizmatlar.
Nazorat savollari 1.Tarmoqlarni qurishda ko‘psathli yondoshish deganda nima tushuniladi?
2.Ochiq tizimlarning birgalikda ishlash modeli sathlarining nomlarini aytib bering.
3.Interfeys, protokol va protokollar steki iboralarining ma’nosini tushuntirib bering.
4.Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida xabarlarning hosil bo‘lish jarayonini tushuntirib bering.
5.Protokollarning qanday xillarini bilasiz?
6.OSI modelining 1 va 2 satxlari, ularning vazifalari va xususiyatlari. Birinchi sath protokoliga misol keltiring va tushuntirib bering.
7.OSI modelining 3 - 7 satxlari, ularning vazifalari va xususiyatlari. Uchinchi satx protokollarining xillari.