Reja: Psixologiya sohasida ilmiy-tеkshirish olib borishning o‘ziga xosligi



Yüklə 35,91 Kb.
tarix14.11.2022
ölçüsü35,91 Kb.
#69034
2-mavzu


2-MAVZU: PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI
Reja:
1.Psixologiya sohasida ilmiy-tеkshirish olib borishning o‘ziga xosligi.
2.Psixologik tadqiqot mеtodlari.
3.Psixologik tadqiqot o‘tkazish shakllari.
4.Umumiy psixologiyasining asosiy metodlar.
5.Umumiy psixologiyasining yordamchi metodlari

Surdopsixologiya – eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning rivojlanishini o‘rganadi.


Tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati past yoki umuman ko‘rmaydigan kishi faoliyatini o‘rganadi.
Qiyosiy psixologiya –hayotning filogenetik shakllarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi.
Psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo‘ladi. U inson ruhiy faoliyatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o‘rganadi. Psixologiya falsafa, tarix, san’atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog‘liq.
Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika uchun o‘z ahamiyatiga ko‘ra psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o‘rinda turadi, deb ta’kidlagan.
Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o‘ynagan psixologlar quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, LS.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, shuningdek keyinchalik o‘zbekistonda ham yirik olimlar yetishib chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, M.Vohidov, V.A.Tokareva. R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, G‘.B.Shoumarov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin.

Psixologiyaning tamoyillari quyidagicha:


1. Determinizm tamoyili;
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili;
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili.
Tamoyil – ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir.
Determinizm tamoyiliga ko‘ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko‘ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o‘rganish orqali xatti-harakatlardan ko‘zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya’ni psixikani ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.
Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu sohalar o‘ziga xos ob’ektga ega bo‘lib, bir-biridan farq qiladi.
Professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:
Aniq faoliyat turlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
Shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
Aniq faoliyat turiga ko‘ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud:
- mehnat psixologiyasi. Mehnat psixologiyasining bir nechta bo‘limlari mavjud;
a) muhandislik psixologiyasi
b) aviatsiya psixologiyasi
v) kosmik psixologiya
- Pedagogik psixologiya. Pedagogik psixologiya bo‘limlari quyidagilardir:
a) ta’lim psixologiyasi;
b) tarbiya psixologiyasi;
v) o‘qituvchi psixologiyasi;
- Tibbiyot psixologiyasi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:
a) neyropsixologiya — psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadi;
b) psixofarmakalogiya — dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta’sirini o‘rganadi;
v) psixoterapiya — bemorni davolash uchun ruhiy ta’sir vositalarini o‘rganadi;
- Yuridik psixologiya. Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.
a) sud psixologiyasi
b) kriminal psixologiya
- Harbiy psixologiya.
- Sport psixologiyasi
- Savdo psixologiyasi
- San’at psixologiyasi
- Ilmiy ijodiyot psixologiyasi
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi sohalar.
Yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o‘rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi.
Patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o‘rganadi.
Oligofrenopsixologiya - miyaning tug‘ma kamchiliklari tufayli paydo bo‘ladigan bo‘limlarni o‘rganadi.
Surdopsixologiya – eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning rivojlanishini o‘rganadi.
Tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati past yoki umuman ko‘rmaydigan kishi faoliyatini o‘rganadi.
Qiyosiy psixologiya –hayotning filogenetik shakllarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o‘xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi.
Akmeologiya - yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng yuqori cho‘qqiga erishish xususiyatlarini o‘rganadi.
Inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
1. Ijtimoiy psixologiya – uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o‘zaro tasir jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik hodisalarni o‘rganadi.
2. Differentsial psixologiya – shaxs shakllanishining individual psixologik yo‘naltirilganligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi.
3. Din psixologiyasi – inson ongiga diniy qarashlarning tasiri masalalarini o‘rganadi.
4. Etnopsixologiya – inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy xarakter, milliy tuyg‘u, milliy g‘oya, o‘z-o‘zini anglash, etnik stereotip, ularning qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini o‘rganadi.
5. Boshqaruv psixologiyasi – bu psixologiya fanining shunday sohasiki, unda inson tomonidan – boshqarishning psixologik tomonlarini o‘rganadi.
6. Marketing psixologiyasi – yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish korxonalari va firmalarni boshqarishni va ular faoliyatini tashkil etishning psixologik muammolarini tadqiq qiladi.
Psixologiyaning tadbiqiy sohalari:
Eksperimental psixologiya – eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda asosiy rol o‘ynagan.
Ekstremal psixologiya – insonnning o‘zgargan muhit shart-sharoitlarida psixik faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o‘rganadigan psixologiya sohasi.
Psixofiziologiya – odamlarning individual psixologik va psixofizio-logik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixologiya sohasi.
Siyosiy psixologiya – jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta’sirchanlik va ta’sir ko‘rsatish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Oila psixologiyasi – oila psixologiyasini o‘rganuvchi, fanlararo tadqiqot qilishga yo‘nalgan psixologiya sohasi.
Parapsixologiya – hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin bo‘lgan psixik hodisalarni o‘rganadi.

Psixologik tadqiqot bosqichlarini




I

Tayyorlov bosqichi – ilgari surilgan vazifalarni o‘rganish, farqlarni aniqlash. Tadqiqot vazifalari va ilmiy farazini belgilash, metodikalarini ishlab chiqish.

II

Xulosalarning to‘g‘riligini isbotlash. Buning uchun turli metodlardan foydalaniladi.

III

Tadqiqot natijalari son tahlili. O‘rtacha kattalikni, korrelatsiya koeffitsentini aniqlash, ishlab chiqish va boshqalar. Grafiklarni tuzish

IV

Natijalarni sharxlash va xulosalarni ifoda etib berish.


Metod – uslubning manosi biror narsaga borish yo‘li demakdir. Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilishda metodlarning turli tasnifi mavjuddir.
Tadqiqot metodlarini ilmiy jihatdan tahlil qilgan rus psixologi B.G.Ananev mazkur metodlarni xususiyatlariga qarab klassifikatsiya qilgan.
B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini turli guruhga ajratib, o‘rgangan:
A) tashkiliy guruhga - qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi;
B) emperik guruhga kuzatish, eksperiment, suhbat, so‘rovnoma, test, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, biografiya, sotsiometriya;
V) natijalarni qayta ishlash yoki statistik metodlar;
G) sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi.

GLOSSARIY


ANKETA - oldindan tayyorlangan savollar asosida javob olish uchun tayyorlangan varaqa.
AUTOGEN MASHQ - o‘z-o‘zini ishontirish va o‘z-o‘zini idora qilishga asoslangan psixoterapevtik usul.
SUHBAT - psixologiya metodlaridan biri bo‘lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bilvosita ma’lumot olishdan iboratdir.
BIOGRAFIK METOD - kishining tarjimai holi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar orqali o‘rganish usuli.
VALIDLIK - psixologik tadqiqotda olingan natijalar ob’ektiv tashqi mezonlarga mos kelishi.
YOSH PSIXOLOGIYASI - psixologiya fani tarmoqlaridan bo‘lib, turli yoshdagi odamlarning psixologik hususiyatlarini o‘rganadi.
GENETIK METOD - psixik holatlarning paydo bo‘lishi va ularning quyidan yuqoriga qarab rivojlanishi jarayonini o‘rganish usuli.
DETERMINIZM - tabiatdagi barcha narsalar, shu jumladan psixik hodisalarning ro‘y berishi ob’ektiv sabablar va qonunlar bilan belgilanadi deb qarashdir.
PSIXIK TARAQQIYOT DIAGNOSTIKASI - psixik taraqqiyot darajasi va yakka psixologik hususiyatlarini aniqlash maqsadida odamni har tomonlama tekshirib ko‘rish usuli.
ONG VA FAOLIYAT BIRLIGI - psixologiyaning ong bilan faoliyat-ning birligi, uning o‘zaro uzviy bog‘liqligini e’tirof etuvchi tamoyil.
TABIIY EKSPERIMENT - tekshiriluvchini o‘ziga bildirmagan holda uni o‘yin, o‘qish yoki mehnat faoliyatida o‘rganishdan iborat psixologik tajribadir.
MUXANDISLIK PSIXOLOGIYASI - bu psixologiya fani sohasi bo‘lib, kishi mehnatining psixologik xususiyatlarini faoliyat jarayonida texnika vositalari bilan munosabatda bo‘lishini o‘rganadi. Shu bilan birga bu soha mashina va uskunalar loyihasini yaratishda inson omillarini hisobga olish talablarini ishlab chiqadi.
INTROSPEKDIYA - kishining o‘z-o‘zini kuzatishi.
INTERVYU, AXBOROT OLISH - bu ijtimoiy psixologiya metodi bo‘lib, qo‘yilgan savollarga berilgan javob tariqasidagi axborotlarni to‘plash usulidir.
SUN’IY AQL – bir odam yoki bir guruh kishilar bajara oladigan murakkab aqliy funktsiyalarni bajaradigan sun’iy yaratilgan qurilma.
KORRELYATSIYA - voqeliqdagi hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi yoki eksperimentdan olingan ma’lumotlar va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar me’yoridir.
LABORATORIYA EKSPERIMENTI - psixologiya metodlaridan bo‘lib, tekshiruvchiga ta’sir etadigan barcha omillarni qatiy nazorat qilgan holda sun’iy sharoitda olib boriladi.
SHAXSIY MUNOSABAT - psixologiya qoidalaridan bo‘lib, odamga shaxs tariqasida, uning voqelikni aks ettiruvchi va barcha psixik hodisalarni belgilab beruvchi sistema ekanligini tushungan holda yaqindan yondashishdir.
PSIXOLOGIYA METODLARI - psixik hodisalarni va ularning qonuniyatlarini ilmiy tomondan o‘rganishning asosiy yo‘l-yo‘riq va usullaridir.
KUZATISH - psixologiya metodlaridan bo‘lib, kishining xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan turli hodisalarni hisobga olish va sub’ektiv psixik hodisalar to‘g‘risida fikr olishdan iboratdir.
O‘RGATUVCHI YOKI SHAKLLANTIRUVCHI EKSPERIMENT – psi- xologiya metodi bo‘lib, bu metod orqali shaxsda zaruriy psixik jarayon yoki sifatlar rejasi shakllantiriladi.
PATOPSIXOLOGIYA - psixologiya tarmoqlaridan bo‘lib, turli kasalliklar natijasida psixik taraqqiyotning izdan chiqishini o‘rganadi.
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA - psixologiya tarmoqlaridan bo‘lib, ta’lim va tarbiya qonuniyatlarini o‘rganadi.
SOTSIOMETRIYA - J.Moreno tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, o‘zaro munosabatlar tuzilishi bilan psixologik qovushuvchanlikni aniqlash maqsadida guruh va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o‘rganishdan iborat psixologik tadqiqot metodidir.
O‘Z-O‘ZINI KUZATISH - sub’ektning o‘z psixik holatlari bilan o‘z hatti-harakatlarini o‘rganishidan iborat metoddir.
SISTEMALI YONDASHISH (PSIXOLOGIYADA) - psixikani oddiy elementlar yig‘indisiga kiritib bo‘lmaydigan murakkab birlik deb qarashni talab etuvchi printsip.
"ODAM-MASHINA" TIZIMI - odam - operator va mashinadan iborat sistema bo‘lib, buning vositasida odamning mehnat faoliyati amalga oshiriladi.
TEST - standartlashtirilgan psixologik sinov bo‘lib, buning natijasida u yoki bu xildagi psixik jarayonni baholashga yoki shaxsni bir butunligicha o‘rganishga qaratilgan usul.
EKSPERIMENT - psixologiyaning asosiy metodlaridan bo‘lib, o‘z- garuvchan mustaqil psixik holatlarning boshqa nomustaqil holatlarga ta’sir etishdagi aniq ma’lumotlarga tayanadi.

TOPSHIRIQLAR


Quyidagi psixologiya sohalariga muqobil variantlarni ko‘rsating.



Psixologiya sohalari




Variantlar

1

Neyropsixologiya



A

miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o‘rganadi

2

Oligofrenopsixologiya



B

hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin bo‘lgan psixik hodisalarni o‘rganadi

3

Tiflopsixologiya



C

inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy xarakter, milliy tuyg‘u, milliy g‘oya, o‘z-o‘zini anglash, etnik stereotip, ularning qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini o‘rganadi

4

Differentsial psixologiya



D

shaxs shakllanishining individual psixologik yo‘naltirilganligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi

5

Etnopsixologiya



E

ko‘rish qobiliyati past yoki umuman ko‘rmaydigan kishi faoliyatini o‘rganadi

6

Parapsixologiya



F

miyaning tug‘ma kamchiliklari tufayli paydo bo‘ladigan bo‘limlarni o‘rganadi

7

Patopsixologiya



G

psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadi

Javoblar:

1-

2-

3-

4-

5-

6-

7-

Psixologik tadqiqot bosqichlarini quyidagi sxemada ketma-ket joylashtiring.




I




II




III




IV



Tadqiqot natijalari son tahlili. O‘rtacha kattalikni, korrelatsiya koeffitsentini aniqlash, ishlab chiqish va boshqalar. Grafiklarni tuzish


Tayyorlov bosqichi – ilgari surilgan vazifalarni o‘rganish, farqlarni aniqlash. Tadqiqot vazifalari va ilmiy farazini belgilash, metodikalarini ishlab chiqish.
Natijalarni sharxlash va xulosalarni ifoda etib berish.
Xulosalarning to‘g‘riligini isbotlash. Buning uchun turli metodlardan foydalaniladi.
Psixologiya fanining fanlar tizimidagi o‘rnini ko‘rsating.
Ijtimoiy fanlar
A.

Aralash fanlar


Psixologiya Tabiiy fanlar
B. Aniq fanlar

Tabiiy fanlar Psixologiya Ijtimoiy fanlar



Ijtimoiy fanlar

C.
Psixologiya

Tabiiy fanlar Texnik fanlar


Psixologiyaning asosiy tamoyillarini ularning izohlari bilan juftlang





Psixologiya tamoyillari



mazmuni

1

Determinizm

A

Psixikani to‘g‘ri tushunish va uni ong orqali anglash fikrlash va faoliyat.

2

Ong va faoliyat birligi

B

Ong va faoliyat bir butunlikni tashkil qilmaydi. Ong insonning ichki rejasini tuzib beradi.

3

Psixika-ongni faoliyatda rivojlanishi

C

Psixika-hayot sharoiti bilan bog‘liqlikni anglatib tashqi sharoitlar o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.

Javob:

1 -

2 -

3 -




Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va tadqiqot metodlari mavzusi yuzasidan anagramma




R

E

T

E

D

N

E

Y

R

O

M

E

T

A

M

I

N

I

Z

M

X

I

S

P

O

D

O

Y

A

Y

I

G

O

L

O

I

O

L

L

O

G

I

P

S

I

X

O

F

I

Z

G

O

A

K

M

E

E

T

N

O

P

S

A

Y

I

I

G

O

L

O

G

O

L

O

X

I

E

T

I

Y

A

E

M

P

I

Y

A

M

A

R

K

G

N

L

K

I

R

E

G

E

N

E

T

I

K

D

O

O

N

G

I

T

S

P

E

R

I

M

E

N

N

A

L

D

U

Y

K

P

E

R

S

E

P

T

A

K

A

Z

O

O

E

R

T

E

M

O

T

O

E

M

Sh

A

S

P

O

N

G

P

I

T

E

L

O

G

I

Y

I

X

P

R

I

N

S

T

S

A

Y

I

G

O

L

O



1. Determinizm

9. Genetik

2. Metodologiya

10. Donalash

3. Neyropsixologiya

11.Perseptometr

4. Psixofiziologiya

12. Eksperiment

5. Etnopsixologiya

13. Ong

6. Marketing

14. Prinsip

7. Emperik

15. Zoopsixologiya

8. Longityud

16. Test




17. Akmeologiya


ADABIYOTLAR

  1. F.I.Xaydarov, N.I .Xalilova Umumiy psixologiya T 2010

  2. P.Ivanov, M.Zufarova Umumiy psixologiya T 2008

  3. www.psichology.uz

  4. www.tdpu.uz

Yüklə 35,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin