MAVZU: QISHLOQ XO'JALIGI EKIN KASALLIKLARI TURLARI BO'YICHA MA'LUMOTLAR BAZASINI SHAKLLANTIRISH. REJA: Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurash usullari
O‘simliklarni kasalliklardan himoya qilishda qo‘llaniladigan tashkiliy-xo‘jalik tadbirlari.
Fizik va mexanik tadbirlar
Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurash usullari O‘simliklarda uchraydigan barcha kasalliklar ularning faqat o‘sishlariga salbiy ta’sir qilmasdan, ularning hosildorligini, mahsuldorligini va hosil sifatini pasaytiradi. Shuning uchun o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilish to‘g‘ri va aniq tuzilgan rejalar asosida amalga oshirilishi katta ahamiyatga egadir.
Bu muammolarni ijobiy hal qilish uchun profilaktik chora-tadbirlardan oqilona foydalanish yoki kasallik qo‘zg‘atuvchilarni butunlay yo‘q qilish usullarini ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Profilaktik va himoya qilish deganda biz o‘tkazilgan tadbir-choralar natijasida o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchilarning o‘sish va rivojlanishlari uchun noqulay sharoit tug‘diruvchi tadbirlarni tushinishimiz kerak.
Xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan tadbirlarga quyidagilar kiradi: chidamli o‘simlik turlarini va navlarini tanlash, o‘simliklarni o‘stirish uchun munosib agrotexnik uslublarini ishlab chiqish, ko‘chatzorlarga ekiladigan urug‘larga kimyoviy moddalar bilan ishlov berish yoki butun dalalarga ishlov berish.
Kasalliklarni qiruvchi chora-tadbirlarga patogenni bartaraf qilish yoki uning o‘simlikka yetkazadigan salbiy ta’sirlarini kamaytirish, uning o‘sish va rivojlanish qobiliyatini pasaytirish va o‘simliklarni davolash kiradi. Bunga uyg‘unlashgan tadbirlar yoki kimyoviy kurash choralarini qo‘llash orqali erishiladi.
Keyingi yillarda oldini oluvchi choralarning yaxshi natijalar berishi va iqtisodiy jihatdan arzonligi ko‘pgina tajribalar bilan isbotlangan. Zero, kasallangan o‘simlikni davolashga nisbatan, uning oldini olish yengilroq kechadi. Shuning uchun ko‘pgina mamlakatlarda o‘simliklarni himoya qilish uchun har xil usullar ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
Ma’lumki, profilaktik va patogenni bartaraf qilish choralari doimo bir-birini to‘ldirib keladi. Ularning o‘simliklarga ta’sirchanligini va texnik qo‘llash usullarini nazarda tutib ularni bir nechta guruhlarga bo‘lish mumkin: 1) seleksiya va urug‘chilik; 2) agrotexnik yoki agrotexnologik; 3) fizik-mexanik; 4) biologik; 5) kimyoviy; 6) o‘simliklar karantini.