Reja: Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurash usullari



Yüklə 159 Kb.
səhifə4/19
tarix19.05.2023
ölçüsü159 Kb.
#117584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
QISHLOQ XO\'JALIGI EKIN KASALLIKLARI TURLARI BO\'YICHA MA\'LUMOTLAR BAZASINI SHAKLLANTIRISH

3. Fizik va mexanik tadbirlar
O‘simliklarni kasalliklardan fizik va mexanik yo‘l bilan himoya qilish arzon va qulaydir. Bu usulda himoya qilish kasallangan ko‘chatlar yoki ularning zararlangan qismlarini kesib tashlash, kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning oraliq o‘simliklarini yo‘qotish, kasallik qo‘zg‘atuvchi patogenlarni termik (issiqlik) yo‘llari bilan yo‘q qilish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Ba’zan bu usulning samaradorligini oshirish uchun uni kimyoviy va boshqa tabdirlar bilan birga o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Kasallangan yoki qurib qolgan daraxtlar asosiy infeksiya manbai bo‘lib xizmat qiladi, chunki ularda zamburug‘ sporalari, bakteriya va boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchi patogenlar rivojlanadi. Infeksiyalar kasallangan o‘simlikning sog‘ o‘simlikka yaqin bo‘lishi yoki bir-biriga qo‘shilib o‘sishi natijasida ham o‘tishi mumkin. Shuning uchun kasallangan o‘simlikni yoki uning zararlangan qismlarini tezda olib chiqib, yo‘qotish lozim. Ko‘chatzorlarda yotib qolgan qo‘chatlar bo‘lsa, ularni kuydirib tashlash kerak. Virus va vertitsillyoz so‘lish kasaliklari bilan kasallangan o‘simliklarni butunlay yoqib tashlash zarur.
Ko‘chatzorlarda bakterial rak bilan kasallangan ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tqazgan vaqtda kasallangan ildiz qismlarini kesib tashlash, kuchli kasallanganlarini esa umuman yo‘qotish kerak.
Daraxtlarni kesish vaqtida chirigan o‘simtalar va yuqorigi qismi qurib qolganlari o‘rmonzorlardan olib chiqib kuydiriladi.
Daraxtlarni kesgandan keyin qolgan to‘nkalarni kavlab olib tashlash yoki kuydirish kerak. Bu tadbirda zamburug‘larning meva tanalari va sporalari yoki zararkunandalar ham nobud bo‘ladi. Kasalliklarning infeksiya mintaqasini kamaytirish uchun ko‘chatzor va shkolkalarda barglarni kuzda to‘plab, kuydirib tashlash kerak.
Mevali bog‘lardagi «jodugar supurgisi», omela paraziti va po‘kak zamburug‘larning meva tanalarini kesib, yo‘qotish kerak, ammo bu tadbirlar vaqtinchalik ijobiy natija beradi, chunki zamburug‘larning ko‘p yillik mitseliylari daraxtlarning ichida joylashgan bo‘ladi, shuning uchun ular yana o‘sib chiqaveradi. Kesilgan joylarni bo‘yoq bilan bo‘yash ham vaqtinchalik tadbirdir. Shuning uchun kesilgan joylarni asfalt yoki sement bilan suvash ancha yaxshi natija beradi.
Yuqorida keltirilgan xirurgik tadbirlar istirohat bog‘larida yoki yuqori qiymatli daraxtlarni saqlab qolish uchun o‘tkaziladi. Ko‘chatzorlarga ekiladigan urug‘larni tozalash ham katta ahamiyatga ega. Urug‘lar yuvilganda kasallangan va pishmagan urug‘lar suv yuzasiga qalqib chiqadi. Mog‘orlagan urug‘larni terib tashlash urug‘larning unib chiqishini va kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
Parnik va issiqxonalarda ba’zan tuproqqa bug‘ yoki qaynoq suv bilan 75-800С haroratda 1 soat davomida ishlov beriladi. Buning uchun maxsus moslamalardan foydalaniladi.
Termik chora-tadbirlar ayrim virus kasalliklari paydo bo‘lganda issiqxonalarda, qalamcha yoki tuganaklarni ishlashda ham qo‘llaniladi. Kartoshkagul (georgin) tuganaklari 350С da 5 kun yoki 500С da 30 daqiqa davomida qizdirilsa virus kasalliklaridan tozalanadi.
Begona o‘t urug‘lari va zamburug‘ sporalari 30 daqiqa davomida 1000С haroratda yoki uzoq muddat (10-15 kun) biroz pastroq haroratda (45-500С) ushlansa o‘lib ketadi.
Chirindi uyumi namligi o‘rtacha bo‘lganda aerob termofil bakteriyalar rivojlanib, organik moddalarni parchalaydi va chirindi uyumi haroratini 60-650S gacha isitadi. Natijada begona o‘t urug‘lari va zamburug‘ sporalari o‘lib ketadi. Chirindi uyumini yaxshi dezinfeksiya qilish uchun har 1-1,5 oyda aralashtirib turish kerak.
Yuqori haroratli chora-tadbirlar daraxtlarning yog‘och qismini dezinfeksiya qilishda ham qo‘llaniladi. Buning uchun yog‘och quruq bug‘ bilan maxsus avtoklavlarda 700С haroratda bug‘lantiriladi.
Ko‘chatlarni bahorgi sovuq urib ketishdan saqlab qolish uchun nam somonni yoqish ham fizik yo‘l bilan himoya qilishga kiradi.
Quyosh nurlaridan daraxtlarni asrash uchun daraxt tanalarini oqlash yaxshi natija beradi.

Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin