Reja Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha
Pеdаgоg оlim I.P.Pоdlаsiy pеdаgоgik qоbiliyatning tuzilishini quyidаgi tаrzdа аniqlаshtirgаn: tаshkilоtchilik – tа’lim оluvchilаrni jipslаshtirish, ulаrning fаоliyatini rеjаlаshtirish, jаmоаviy ishgа jаlb etish, yakunlаrini chiqаrish; diаgnоstik –o’quv mаtеriаlini tаnlаy оlish, o’quv mаtеriаlini tushunаrli, аniq, оbrаzli, ishоnchli vа tizimli bаyon etа оlish; o’quvchilаrning bilishgа qiziqishlаri vа intеllеktini rivоjlаntirishni rаg’bаtlаsh, o’quv-biluv fаоlligini оshirish hаmdа tаnqidiy fikrlаshni rivоjlаntirish vа ijоdkоrlikkа qоbiliyatlilik; pеrtsеptiv – tа’lim оluvchilаrning ichki оlаmigа tа’sir ko’rsаtish; ulаrning emоtsiоnаl hоlаtini хоlis bаhоlаsh, psiхikаsidаgi o’zigа хоsliklаrni аniqlаy оlish ko’nikmаsi; kоmmunikаtiv – tа’lim оluvchilаr vа jаmоа bilаn pеdаgоgik mаqsаdgа qаrаtilgаn munоsаbаtni o’rnаtа оlish ko’nikmаsi; suggеstiv (suggеstiya - ishоntirish) – o’quvchilаrgа emоtsiоnаl tа’sir ko’rsаtish; tаdqiqоtchilikkа dоir – pеdаgоgik jаrаyon vа vаziyatlаrni аnglаsh hаmdа оb’еktiv bаhоlаy оlish ko’nikmаsi; ilmiy-bilishgа dоir – tаnlаngаn iхtisоslikkа dоir bеlgilаngаn hаjmdаgi ilmiy bilimlаrni egаllаy оlish qоbiliyati; gnоstik – оb’еkt, jаrаyonni vа o’z fаоliyati nаtijаlаrini tаdqiq etish hаmdа оlingаn nаtijаlаr аsоsidа uni kоrrеktsiyalаy оlish qоbiliyati. Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, bizningcha, o‘qituvchining pedagogik qobiliyatlarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin. 1. Didaktik qobiliyat – bu oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni o‘quvchilarga tushuntira olishdir. Bunda o‘qituvchining o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, mavzu yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg`ota olishi ko‘zda tutiladi. O‘qituvchi zarurat tug`ilgan holatlarda o‘quv materialini o‘zgartira, soddalashtira oladi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, tushunarsiz, noaniq narsani tushunarli qila oladi. 2. Akademik qobiliyat – barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo‘lishlik. Bunday qobiliyatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z fanini o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o‘z fani sohasidagi yangiliklarni kuzatib boradi. Fan-texnika, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir qiziqishlari bilan ko‘p narsalarni o‘rganib boradi. 3. Pertseptiv qobiliyat – qisqa daqiqalarda o‘quvchilar holatini idrok qila olish fazilati, bu o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna olish bilan bog`liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o‘qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo‘lmagan tashqi belgilar asosida o‘quvchi ruhiyatidagi ko‘z ilg`amas o‘zgarishlarni ham fahmlab oladi. 4. Nutqiy qobiliyat – ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo‘lgan nutq, shuningdek, o‘qituvchi nutqining jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg`uga rioya qilishi, qobiliyatli o‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan yoki qoralayotgan bo‘lsa ham uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o‘quvchi uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi. 5. Tashkilotchilik qobiliyati – sinf-guruh yoki jamoani uyushtirish va uni boshqarish iste’dodi. Tashkilotchilik o‘quvchilarni xilma-xil faoliyat turiga jalb qilish uchun asos hisoblanadi. Bu qobiliyat, birinchidan o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish bo‘lsa, ikkinchidan, o‘z shaxsiy ishini to‘g`ri uyushtirish qobiliyatidir. 6. Obro‘ga ega bo‘lishlik qobiliyati - o‘zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql-farosatliligi, mustahkam irodasi bilan obro‘ orttirish uquvchanligi. Fanda bu qobiliyat turi – avtoritar qobiliyat, deb ham yuritiladi. Obro‘ga ega bo‘lish o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir kompleksiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, qat’iyligi, talabchanligi va hokazo), shuningdek, o‘quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, bu ishonchni o‘quvchilarga ham yetkaza olishiga bog`liq bo‘ladi. 7. Kommunikativ qobiliyatlar – muomala va muloqot o‘rnata olish, bolalarga aralashish qobiliyati, o‘quvchilarga to‘g`ri yondashish yo‘lini topa olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligi. 8. Psixologik tashxis (diagnoz)ga doir qobiliyatlar – insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat bashorati. Bu o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘rishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan bog`liq bo‘lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarining taraqqiyot etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bilan bog`liq bo‘ladi. 9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati – bir necha ob’ektlarga bir davrning o‘zida o‘z munosabatini bildirish. O‘quvchi, o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari - hajmi, uning kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qilina olishi va ishga solinishining taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi materialni bayon qilish mazmunini va shaklini, o‘z fikrini (yoki o‘quvchi fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o‘quvchilarni o‘z diqqat-e’tiborida tutadi, toliqish, e’tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, barcha intizom buzilish hollarini e’tibordan qochirmaydi, nihoyat o‘z shaxsiy xatti-harakatlarini (mimikasi, pantomimikasi, yurish-turishini) ham kuzatib boradi. 10. Konstruktiv qobiliyat - o‘quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati. Bu qobiliyat o‘quvchi shaxsining rivojini loyihalashga, o‘quv-tarbiya mazmunini, shuningdek, o‘quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab olishga imkon beradi. 11. Gnostik qobiliyat – tadqiqotga layoqatlilik bo‘lib, o‘z faoliyatini, bu faoliyat jarayonini va uning natijalarini tekshirish hamda o‘rganish natijalariga muvofiq faoliyatni qayta qurish qobiliyatidir. Pedagogik qobiliyatlarni har tomonlama o‘rganish qobiliyatlar shaxsning aql-idroki, his-tuyg`usi va iroda sifatlarining namoyon bo‘lishidan iborat ekanligini ko‘rsatdi. Pedagogik qobiliyatlar umumiy qobiliyat: masalan, adabiy va ilmiy ijod qilish, loyihalash qobiliyatlari bilan bog`langan. Ular o‘qituvchi faoliyatining samaradorligini oshiradi. Bunday o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini (talabalarni) ana shu faoliyatga jalb qila borib, ularga ta’lim va tarbiya berishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Pedagogik–psixologiyada o‘qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo‘q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‘payib va o‘zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” nasldan – naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan: