Reja: Qo‟l to‟pi o‟yin kelib chiqishi va rivojlanishi


O‘zbekistonda qo‘l to‘pining rivojlanishi



Yüklə 59,18 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü59,18 Kb.
#200651
1   2   3   4   5
QO\'L TO\'PI O\'YININING KELIB CHIQISH TARIXI

O‘zbekistonda qo‘l to‘pining rivojlanishi
Respublikamizda qo„l to„pi o„yini 1930-35 yillarda rivojlana boshladi, qo„l
to„pi bilan shug„ullanuvchilar soni ko„paya bordi. 1938 yilda Respublikamizda
gandbol bo„yicha birinchi chempionat o„tkazildi. Qo„l to„pini 11:11 variantida
1960 yilgacha Toshkent Oliy Harbiy bilim yurtida ta‟lim oluvchi kursantlar orasida
musobqalar o„tkazildi. 1960 yilda O„zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutida
qo„l to„pi mutaxasisligi bo„limi ochildi. 1960 yilda Toshkent shahar birinchiligi
o„tkazildi. Bu musobaqaga 16-20ta jamoa qatnashdi. O„zbekiston qo„l to„pi
jamoalari 1960 yildan boshlab Sobiq Ittifoq chempionatida qatnasha boshladi.
1962 yilda o„tkazigan 2- chempionatda erkaklar o„rtasida O„zbekiston terma
jamoasi muvaffaqiyatli qatnashib, oliy ligaga yo„llanmani qo„lga kiritdi.
O„zbekiston qo„l to„pi ustalari 1970-80 yillarda yuqori natijalarga erishdi.
Sobiq Ittifoq oliy liga jamoalari o„rtasida o„tkazilgan chempionatda oltinchi
o„rinni egalladilar. Talabalar o„rtasida o„tkazilgan Butunittifoq musobaqalarida
O„zDJTI jamoasi uch karra g„oliblik shohsupasiga ko„tarildi. 1975 va 1983
yillarda o„tkazilgan sobiq ITTIFOQ xalqaro Spartakiadasida O„zbekiston qizlar
terma jamoasi kuchli oltilikdan o„rin oldi.
O„zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so„ng, 1992 yili qo„l
to„pi federatsiyasi tashkil etildi. 1993 yil Xalqaro va Osiyo federatsiyalariga a‟zo
bo„ldilar. 1994-1996 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari klublari o„rtasida
o„tkazilgan chempionatda qo„l to„pichi qizlarimiz 1-o„rinni egalladilar. 1997 yili
respublikamiz qizlar jamoasi Iordaniyada o„tkazilgan Osiyo chempionatida
qatnashib, birinchi marta jahon chempionatida qatnashish xuquqiga ega bo„ldi.
1997 yilning dekabr oyida Germaniyada o„tkazilgan jahon chempionatida
O„zbekiston terma jamoasi Xitoy, Braziliya va Urugvay jamoalarini mag„lubiyatga
uchratdi.
Bu muvaffaqiyatlarga erishishda Valeriy Tyugay, SHoislom Pavlov va Ferdus
Abduraxmonovlarning kabi murabbiylarning xizmatlari kattadir.
Bundan yuz yillar muqaddam daniyalik o‘qituvchi Xolger Nilson yangi sport o‘yini — „Xandboll“ni o‘ylab topdi. Qo‘l to‘pi, deb nom olgan bu o‘yin dastlab qizlar uchun mo‘ljallangandi. O‘yin qiziqarli bo‘lganligi uchun keyinroq o‘g‘il bolalar ham shug‘ullana boshladilar. Bu sport turida o‘yin boshlanishidanoq har bir o‘yinchi faol va to‘laqonli ishtirokchi bo‘lib qoladi. Gap shundaki, gandboldagi har bir harakat inson bolaligidan boshlab o‘rganadigan harakatlarga juda yaqindir. Ya’ni yurish, yugurish, sakrash, uloqtirishlar o‘yin mazmunini tashkil qiladi. To‘p uchun kurash, g‘oliblik o‘rinlari, yaxshi natija uchun intilish — bular o‘yin mazmunini to‘ldiradi. Gandbol tezlik, kuch, chaqqonlik, qo‘rqmaslik kabi sifatlarni tarbiyalaydi, bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi. O‘yinda har bir ishtirokchi o‘z qobiliyatini yaxshi tomondan ko‘rsatadi.
Gandbol jamoa o‘yini bo‘lganligi sababli, o‘yinchilar harakati jamoa manfaatiga bo‘ysundiriladi. Shu bois o‘yinchi unga o‘zini to‘la bag‘ishlashi kerak. O‘yinda jismoniy sifatlargina emas, balki onglilik, faollik, intizom, maqsadga intilish, o‘zini tutish, hissiyotlarni jilovlash kabilar ham tarbiyalanadi. Shular qatori, o‘yinchida kuzatuvchanlik, e’tiborlilik, ijodiy tafakkur kabi xislatlar ham shakllana boradi. Gandbol o‘yinida ham boshqa o‘yinlarga o‘xshab belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda raqib darvozasiga ko‘proq to‘p kiritish va o‘z darvozasini to‘p kirishidan himoya qilishdir. Ko‘p to‘p kiritgan jamoa g‘alaba qiladi.
Maydonda 7 kishidan iborat ikki jamoa o‘ynaydi (bir darvozabon va 6 maydon o‘yinchisi). Bir jamoadan o‘yinda hammasi bo‘lib 12 o‘yinchi ishtirok etishi mumkin (10 o‘yinchi va 2 darvozabon). Ammo o‘yinchilar maydon markazida almashsalarda, to‘g‘ridan to‘g‘ri almashtirilavermaydilar.
Jamoa tarkibida besh o‘yinchi bo‘lsa, o‘yin boshlanaveradi. O‘yinchi biror sababga ko‘ra maydondan chiqarib yuborilganda ham o‘yin to‘xtatilmaydi. Darvozabon o‘yinchilarni almashtira olmaydi, ammo o‘yinchilar darvozabonning o‘rniga turishlari mumkin. O‘yin 15 daqiqadan 2 taym davom etadi (orada 10 daqiqa tanaffus bo‘lib, darvozalar almashiladi). Gandbol o‘yini har qanday to‘p bilan har qanday maydon va hatto ko‘cha maydonlarida ham o‘ynalishi mumkin. Faqat maydon chizig‘i hamda 2 · 3 m hajmdagi darvoza belgilansa kifoya. O‘yin maydonini belgilash unchalik qiyin emas, darvoza oldida 6 metrli yarim doira (to‘p aynan shu joydan uriladi) va maydonni ikkiga bo‘lib turuvchi o‘rta chiziq bo‘lsa yetarli.
Gandbol o‘yini mashg‘ulotlarida muayyan qoidalarga amal qilinadi. Organizmni mashg‘ulotga tayyorlash uchun tayyorgarlik mashqlari bajariladi. Bu ba’zi noxushliklardan saqlaydi. Tayyorgarlik mashqlarida dastlab sekin yuguriladi, so‘ngra tezlashib, yo‘nalishlar o‘zgartiriladi (oldinga, orqaga burilib), oyoqdan oyoqqa sakrashlar bajariladi.
To‘pni joyda turib va harakatda bir-biriga uzatish, darvozaga urish mashq qilinadi. Shundan so‘ng o‘yinni boshlash mumkin:

  1. Maydonda intizom va tartibga rioya qilish kerak.

  2. O‘yin paytida baqiriq-chaqiriq qilmaslik lozim.

  3. O‘yinchilar o‘zaro urilib ketmaslikka harakat qilishlarizarur.

  4. Gandbol o‘ynaganda yengil, yumshoq, qulay poyabzalkiyilgani ma’qul.

Yüklə 59,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin