Reja Qon va uning funksiyalari. Qon plazmasi va shakli elementlari. Qonning ivish xossasi



Yüklə 1,56 Mb.
tarix02.01.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#39715
Qon tizimining fiziologiyasi

  • Mavzu: Qon tizimining fiziologiyasi.

Reja

  • Qon va uning funksiyalari.
  • Qon plazmasi va shakli elementlari.
  • Qonning ivish xossasi.
  • Qon guruhlari.

Qon va uning funksiyalari

  • Qon — odam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq toʻqima; hujayra va toʻqimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funksiyalarining bajarilishini taʼminlaydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi gemoglobin Q.ga qizil rang beradi. Q.ning tarkibi, osmotik bosimi va aktiv reaksiyasi (rN) deyarli oʻzgarmaydi. Q. organizmda xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi (nafas funksiyasi); ovqat hazm qilish aʼzolaridan oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni tashish funksiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish aʼzolariga (buyrakka) olib boradi. Q. aʼzolarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suvtuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Q.da antitoksinlar, lizinlar va antitelolar borligi, shuningdek, leykotsitlar mikroorganizmlar va yot jismlarni qamrab yutish xususiyatiga ega boʻlganligi tufayli Q. organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi. U gavda trasini doim bir maromda saqlashda muhim ahamiyatga ega.
  • Qon tarkibidagi uglevodlarga glyukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. Qonda 80–100 mg % gacha glyukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz miqdorda glyukozamin boʻladi. Uglevodlar va oqsillarning almashinuv mahsulotlari (glyukoza va boshqa monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillyarlaridan oqayotgan Qonga soʻriladi. Glyukozaning bir qismi aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, boshqa qismi esa jigarda glikogenga aylanadi.

Qon plazmasi va shakli elementlari

  • Qon plazmasi — qonning suyuq qismi. Unda qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leyko-sitlar, trombotsitlar) boʻladi. Qon plazmasi tarkibidagi oʻzgarishlariga qarab, turli kasalliklar (revmatizm, qandli diabet va boshqalar)ni aniklash mumkin. Qon plazmasidan dori preparatlar (albuminlar, fibrinogen, gamma-globulin va boshqalar) tayyorlanadi.

Qonning ivish xossasi

  • Qon ivishi — suyuq qonning yumshoq quyqum (laxta)ga aylanishi; odam va hayvon organizmining qon yoʻqotishga qarshi fiziologik himoya reaksiyasi. Qon tomir zararlanib, qon oqqanda qon plazmasida erigan fibrinogen oqsilning erimaydigan fibrin holiga aylanishi va bu tolalar qonning shaklli elementlari (trom-botsitlar) bilan oʻralashib quyqum hosil boʻlishi natijasida vujudga keladi va u tomirning shikastlangan joyini toʻsib qoʻyadi.
  • Qon ivishi murakkab fermentativ jarayon boʻlib, u bosqichma-bosqich (3 fazada) kechadi. Qon ivishi qon ivishi fak-torlari (Q.I.F.) — qon plazmasining qator oqsillari va Sa2+ionlari ishtirokida amalga oshadi. Asosiy Q.I.F. 13 ta boʻlib, ular rim raqamlari bilan belgilanadi. Bu faktorlarning bir nechtasi qonning shaklli elementlari tarkibida boʻladi.
  • Qon ivishining asosiy reaksiyalari quyidagilar: faol tromboplastin hosil boʻlishi; protrombin trombinga aylanishi; fibrinogen fibringa aylanishi; fibrinning stabilizatsiyasi.
  • Normada odam qoni tomirdan chiqqach, 5—12 min.da iviydi. Ayrim patologik holatlarda Qon ivishi sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin, bu trombozlarga olib keladi.
  • Tibbiyotda qon ivishini susaytiruvchi (antikoagulyantlar), kuchaytiruvchi va barqarorlashtiruvchi vositalardan keng foydalaniladi.

Qon ivishi…

  • Qonning ivishi murakkab biologik jarayon bo’lib, bunda quyidagi omillar ishtirok etadi: qon plazmasidagi fibrinogen (oqsil modda) mayda zarrachalardan ingichka tolachalarga (fibringa) aylanadi. Fibrin tolachalari qon tomiri devorining jarohatlangan (kesilgan) joyida to’r hosil qiladi va unga qonning shaklli, elementlari, ayniqsa trombositlar ilinib, to’siq hosil bo’ladi. Natijada qon oqishi to’xtaydi. Bu jarayonda qon tarkibidagi trombin fermenti, Ca ionlari, K vitamin va qonning antigemofil omili muhim rol o’ynaydi.
  • Sog’lom odamda qon 3-4 minut ichida iviydi. Ba’zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan biologik modda-antigemofil omil yetarli bo’lmaydi. Bu kasallik gemofiliya deb atalib, u nasldan-naslga, ya’ni ota-onadan bolaga o’tadi. Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko’p qon yo’qotish mumkin. Bundan tashqari, trombositlarning soni kamayganda, ovqat tarkibida kaltsiy (Ca) ionlari, kaliy (K) vitaminining miqdori yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.

Qon guruhlari

  • Barcha odamlar qoni to'rt guruhga bo'linadi. I guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen umuman bo'lmaydi plazmada agglyutinin ava {3 bo'ladi. Il guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen A, plazmada agglyutinin {3 bo'ladi. m guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin a bo'ladi. IV guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen A va B bo'lib, plazmada agglyutinin umuman bo'lmaydi. Ounyodagi ko'p mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon guruhlarini aniqlash natijasi shuni ko'rsatadiki, qoni I guruh bo'lgan odamlar ahoJining o'rtacha 40% ini, Il guruh - 39% ini, III guruh - 15% ini va IV guruh - 6% ini tashkil etadi.

  • E’tiboringiz uchun raxmat!

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin