Huquq tizimi va huquqshunoslik fanlar tizimi Huquq tizimini yuqorida ko’rib utdik. Huquq tizimida qonunlar va huquqshunoslik fanlar tizimi asos qilib olinsada, lekin bular o’rtasida farq bor. Qonunlar yok normatif huquqiy hujjatlarning tizimi ya’ni tartibga solib nashr etish quyidagi 2 hil usul bilan amlga oshiriladi. Inkorparatsiya va kdifikatsiyaya.Inkorparatsiya (lotincha; (Kushish») hayotda amal qilayotgan qonun va boshqa normativ hujjatlarning mazmuniga o’zgartish kiritmasdan hranologik yoki alifbo tartibida, sohalar buyicha alhida tizimga solib, chiqariladi. Masalan; (1938-1971 yillarda chiqarilgan O’zSSr qonunlar tuplami.Inkorparatsiyaning uch turi mavjud; 1. Rasmiy inkorparatsiya-qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarni ularni chiqaorgan davat organlari tomonidan tartibga solib, nashr etib chiqariladi. Masalan; O’zbekisto Respublikasining Oliy Majlisi Oliy vaqillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qabul qilingan qonunlar va qarorlarni har oyda chiqadigan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ahborotnomasida chiqaradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi hukumati amaldagi qonunlarga asosan O’zbekiston huquqida barcha organlar, korhonalar, muasasalar, tashkilotlar, mansabdor shahslar va fuqarolar tomonidan, bajarilishi majburiy bo’lgan qaror va farmoishlar chiqaradi. Bu qarorlar va farmoishlarni har oyda chiqadigan O’zbekiston Respudlikasi huquqmatining qarorlar tuplpmidp chiqariladi.Ofitsioz inkorparatsiya bunda qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning tartibga solishda vakolatli davlat organlari tomonidan tuplab chiqariladi. Masalan; O’zbekiston Rnspublikasining Adliya Vazirligi tomonidan nashr klingan qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar tuplami.Norasmiy inkorparatsiya bunda qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning mahsus vakolati bo’lmagan idora va tashkilotlar tomonidan chiqariladi. Masalan; O’zbekistonda yuridik «Adolat» tomonidan ko’p tomlik O’zbekstonning yangi qonunlarini nashr etib chiqarilishi.Kodeks (lotincha sadeh-kitob) huquq normalarining huquq sohalari buyicha tartibga solingan normativ huquqiy hujjat. U qonunlarni huquq sohalari buyicha tartibga solishning eng mukammal shaklidir. Kodeks jamiyatda kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soladi. Masalan; O’zbeiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi, mehnat, jinoyat, fuqarolik, hujalik protsessual va oshka kodekslar.Huquqshunoslik fanlar tizimi, huquq tizimida keng bo’lib, ko’pgina huquqshunoslik fanlarining nomi huquq tizimiga to’g’ri keladi. Masalan; jinoyat huquqi, fuqaroik huquqi, jinoyat protsessual huquqi va boshqalar. Aksincha shunday huquqshunoslik fanlari tizimi borki, ular huquq tizimiga to’g’ri kelmaydi. Masalan; davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarizi va hokozalar.Huquqshunoslik fanlari ham sohalarga bo’linadi, lekin ular huquq tizimi sohalariga mos kelmaydi. Huquqshunoslik fanlari quyidagi sohalarga bo’linadi; davlat va huquq nazariyasi va tarixi, konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquqi, yer huquqi, jinoyat huquqi va jinoyat protsessual huquqi, halkaro huquq va halkaro umumiy, hususiy huquq, kriminalistika, kriminalogiya va hujalik huquqi.Yuridik adabiyotda huquqshunoslik fanlari quyidagi asosiy 4 guruhga bo’linadi; 1.umumnazariy metadologik va tarixiy fanlar (davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarixi; 2. Mahsus huquq sohalari bilan bog’liq bo’lga fanlar (konstitutsiyaviy huquq, yer, suv, jinoyat huquqi va boshqalar); 3) halqaro va chet el huquqini o’rganuvchi fanlar (halkaro huquq va chet mamlakatlar davlat va huquq tarixi); 4) amaliy huquqshunoslik fanlari (kriminalistika, sud meditsina, sud psihatriyasi, sud himiyasi va hokozalar).O’zbekiston Respublikasining huquq tizimi jamiyatda kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning uhshash belgilariga qarab joylashtirilib, huquqiy normalar, huquqiy institutlari va turli huquq sohalaridan iborat. O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiga utish davrida bu huquq sohalari kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda urin va mavkiye usib bormokda. Shuning uchun jamiyat taraqqiy etishi bilan huquq tizimi ham rivojlanib bormoqda.
Jamiyatda qonunlar bilan kishilar O’zbekiston Respublikasida turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinib qonunlar hayotda to’g’ri qo’llaish uchun qonuniylikni tegishli usullar orqali amalga oshiriladi. Bunday usullar davlat tomonidan belgilangan bo’lib, qonuniylikni kafolati deb ataladi.
Qonuniylikni amalga oshirish kafolati quyidagiarldan iborat;
Iqtisodiy kafolat. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 53-moddasiga asosan jamiyatning iqtisodiy negizini bozor iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilga turli hil shakllardagi mulk tashkil qiladi. Davlat istemolchilarining huquq ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirorlik va mehnat q’ilish erkinligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat q’ilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqligini muhofaza qiladi.O’zbekistonda hususiy mulk va boshqa mulk shakllarining hilma-hilligi, halkning moddiy va ma’naviy farovonligini oshirishga hizmat qiladi. Bu esa fuqarolarning mehnat q’ilish huquqi, karigan chogida kasal bo’lmaganida, vaqtincha mehnat kobiliyatini yo’qotganida va boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqi uchun moddiy negiz yaratadi.Siyosiy kafolat. Bu O’zbekiston Respublikasining demokratik huquqiy davlat ko’rishidan, huquqiy davlat esa umuminsoniy va milliy qadriyatlarga amal q’ilishlik, uning siyosiy tizimidan, shuningdek, davlat va jamiyat birlashmalarini boshqarishda keng halk ommasining ishtirok etishini ta’minlaydi.Mafko’raviy kafolat. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafko’ralar va fikrlarni hilma-hilligi asosida rivojlanadi. Hech kasi mafko’ra davlat mafko’rasi sifatida urnatilishi mumkin emas. Bu hol siyosiy mafko’ra ishidan holi bo’lib, barcha fuqarolrni qonunlarni hurmat q’ilish va qonunlarga ogishmay himoya etish ruhida tarbiyalaydi.Huquqiy kafolat. Qonuniylikni amalga oshirish uchun barcha huquqiy normalarni bajarish, ular bo’zilgan holatlarini aniqlab olish usullari, , qonun bo’zilishini oldini olish, qonunni bo’zgan kishilarga nisbatdan turli jazo choralari; intizomiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoiy choralar ko’rishdan iborat.Jamoatchilik kafolatlari. Qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash faqat davlat organlarining ishi bo’lmasdan, bu barcha jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, hotin-kizlar, fahriylar va yoshlar tashkilotlari, ijtimoiy uyushmalar, omaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalrining vazifasidir.Bu kafolatlar O’zbekistonda barcha halkning qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlariga amal qilib, qonuniylikka rioya q’ilishni va ularni huquqiy jihatidan tarbiyalab, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantiradi.O’zbekiston Rnspublikasida qonuniylik va huquqiy tartibotni bo’zgan kishilarga nisbatan mahsus usullar qo’llainiadi. Bu ishontirish va majbur q’ilish usullaridir. Ishontirish usuli keng halk ommasiga qonunlarni va huquqiy normalarni tushuntirish orqali, bularning ular ongining yetkazish yo’li bilan va boshqa tarbiyaviy choralar ko’rish yo’li bilan amalga oshiriladi. Majbur q’ilish usulida qonunlar va boshqa huquqiy normalar bo’zilgan holdadavlat organlari tomonidan uning kuchi bilan majburiy choralar ko’rish yo’li bilan majbur etish orqali amalga oshiriladi.