aaab tarzidagi qofiyalanish ham keng tarqalgan. Tubandagi satrlari 11 hijoli to ‘rtlik shunday xususiyatga ega: Erta bilan chiqdim агра о ‘rgani, Choshka bo’lmay keldim yorni ко ‘rgani. Yorda holat bormi eshik ochgani Ot egarlab keldim olib qochgani. Xalq qo’shiqlarida radif, alliteratsiya singari tasviriy vositalar g’oyat faol. Radif bir so’zdan yoki bir necha so’zdan iborat murakkab (tarkibli) bo’Iishi mumkin. Bir so’zli radifga misol:
Osmondagi oy о ‘zing, a 7
Qoshi-kamon- yoyo’zing, a 7
Sevgan yoring dilida b 7
Kecha-kunduz joy о ‘zing. a 7
Yana: Olma deb otganing kesak ekan-ey, a 11
Koshki olma bo’lsa, yesak ekan-ey. a 11
Ikkimizni oshiq-ma’shuq deydilar. b 11
Koshki oshiqlikni bilsak ekan-ey. a 11
Ikkala to’rtlik ham aaba tarzida qofiyalangan: birinchisida «oy,
yoy, joy» so’zlari to’q qofiyalar bo’lib, o’shalardan so’ng takrorlanib
kelgan «O’zing» olmoshi; ikkinchisida «kesak, yesak, bilsak» so’zlari
yaratgan to’q qofiyalardan keyingi takroriy «ekan-ey» to’liqsiz o’tgan
zamon fe’li radif bo’lgan. Mana bunisi murakkab tarkibh radifga misol:
Havodagi bir tup g’oz-e, endi yor mani yor o’ldirsa, yor o’ldirsin,
Pastlab-pastlab o’tingla-e, endi mani yor o’ldirsa, yor o’ldirsin.
Man yorimni yitirdim-e, endi mani yorb’Idirsa, yor o’ldirsin,
So’rog’iga bo’lingla-e, endi mani yor o’ldirsa, yor o’ldirsin.
To’rtlik bava tarzida qofiyalangan bo’lsa-da, qofiyasiz satrda ham,
qofiyali satrda ham ikkinchi ritmik bo’Iak sifatida «endi mani yor
o’ldirsa, yor o’ldirsin» murakkab tarkibli radifi takrorlanib kelib,
qo’shiq ohangi o’ynoqiligini, ravonligini ta’minlangan. Alliteratsiya
ham qo’shiqda musiqiy tovlanishni kuchaytiradi:
Qoshingni qarosiga qotgil mani, a 11
Oshiqning bozoriga sotkil mani. a 11
Oshiqning bozoriga men o’tmasam, b 11 Kiprigingdan o’q yasab otqil mani. a 11 «Q» va «sh»« undoshlari hamda «o» va «I» unlilari alliteratsiyasi, aaba tarzida «qotgil, sotqil, otqil» so’zlari asosida to’q qofiyalanish va satrlar oxirida qofiyadosh so’zdan keyin radif sifatidagi «mani» so’zining takrori qo’shiq musiqiy jozibasini oshirgan. «Yor-yor», «hay, yor-yor», «ajab yorlarim», «alyor», «yalli-yalli» singari iboralar goh radif vazifasida qo’llansa, goh xilma-xil strofik bo’Iak (band) oxirida takrorlanib, poetik o’ynoqilikni kuchaytiradi. Band oxiridagi qaytariqda bunday iboralar radif emas, balki ma’no tovlanishlarini kuchaytiruvchi poetik takror vositasiga aylanadi. Eshigingda nelar bor, chama nnoringdan, O’rdak bilan g’ozlar bor, bo’yloringdan, O’rdak o’lib, g’oz qolsin, chamannoringdan, Dushman o’lib, do’st qolsin, bo’yloringdan «Chamannoringdan» va «bo’yloringdan» so’zlari takrori erkalash ohangini bo’rttirgan.
Ba’zan butun bir satr qo’shiqda satr osha takrorlanishi mumkin: Olmani otdim otganga,
Nima-nima-nima deysiz"? Gulbog’chada yotganga, Nima-nima-nima deysiz? Achchig’ingiz kelmasin, Nima-nima-nima deysiz? Qo’l ushlashib yurganga. Nima-nima-nima deysiz? Bu xildagi takror ayni shu qo’shiqda savol-javobdan iborat ikki xil ohangni, intonatsiyani yuzaga keltirgani sezilib turibdi. Qo’shiqlarda naqarot - har banddan so’ng takrorianuvchi satr, bayt yoki band ham poetik fikr va musiqiylikni kuchaytiruvchi va ravonlashtiruvchi vositalardan bo’lsa-da, aslida u ham poetik takrorning o’ziga xos ko’rinishlaridan hisoblanadi. Qo’shiq janri tabiatiga xos bunday xususiyatlar uzoq zamonlardan buyon takomillashib, uning sinkretik mohiyatini to’ldirib, badiiy-g’oyaviy kamolotini ta’minlab kelayotir. Shu tariqa qo’shiqlar yaratuvchilar va ijro etuvchilarning mehnat faoliyati — ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik ishlari, kulolchilik, o’ymakorlik va boshqa san’atlarga bevosita aloqadorligi hamda qadimiy urf-odatlari, xilma-xil marosimlari va e’tiqodlari negizida yashab kelmoqda. Binobarin, qo’shiq hamisha, har qanaqa vaziyatda inson yo’ldoshi, uni kurashga chorlovchi, umidiga kuch bag’ishlovchi ma’naviy yo’ldoshidir. O’zbek xalqi ham qo’shiqlarga behad boy. Xalqimiz o’z mehnatining barcha jarayonlarini qo’shiq bilan ziynatlagan, qo’shiq bilan izhori dil qiladi, yovuzlikka nafratini qo’shiqda ifoda etadi, mavsumlar almashinishini qo’shiq bilan kutib oladi, qo’shiqqa sig’inadi, Shuridandirki, qo’shiq bilan chaqaloqni uxlatadi, farzandini uylantiradi, hatto eng yaqin kishisidan ajralganida ham uni yig’i va yo’qlovlarni bo’zlab kuylagan holda so’nggi manzilga kuzatadi.
Xalq qo’shiqlarining paydo bo’lishi va rivojida mifo-poetik tafakkur muhim ahamiyat kasb etgan. Mifologik mushohadaning badiiy ifodasi esa, an’anaviy xalq qo’shiqlaridagi u yoki bu ramziy obraz bag’rida bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.
Mifologik dunyoqarashga ko’ra, hatto turkiy xalqlar qo’shiqning o’zini ham jonli mifik mavjudot deb tasawur qilganlar. Qo’shiqning magik qudratiga sig’inganlar. Shu boisdan qo’shiqlar mazmunan ijtimoiy turmushning barcha sohalarini qamrab olgan. Turmushda ro’y bergan har bir ijtimoiy hodisaga ular hozirjavobdir. Shu xususiyatiga ko’ra, ularni an’anaviy va zamonaviy qo’shiqlarga bo’lib o’rganish mumkin.
Xalq qo’shiqlarining asosiy salmoqli hissasini badiiy jihatdan pishiq va yuksak ohangdorlikka ega an’anaviy qo’shiqlar tashkil etadi. Biroq hayot muttasil harakatda bo’lgani bois unga hozirjavoblik bilan yaratilayotgan, yangi zamon va uning kishilari ruhiyatini ifodalayotgan zamonaviy qo’shiqlar ham ijod qilinmoqda.
Oqibatda keyingi yillarda istiqlolga tashna xalqimizning orzu-o’ylari, kechinmalarini ifodalovchi yangi qo’shiqlar bot-bot quloqqa chalina boshladi. Ularning an’anaviy xalq qo’shiqlari ruhida yaratilganligi jozibadorligini ta’minlovchi omil bo’layotir. An’anaviy xalq qo’shiqlarida tashqi ma’no bilan bir qatorda tinglovchi birdaniga ilg’ay olishga qiynaladigan, xalqning tarixiy-mifologik dunyoqarashi, ibtidoiy tasawur-tushunchalari, irimlari, urf-odat va e’tiqodlariga daxldor ichki ma’nosi ham bo’ladi. Shu xususiyati bilan ular hozir yaratilayotgan qo’shiqlardan birmuncha farqlanib turadi.
O’zbek xalq qo’shiqlari yaxlit tizim holida shakllangan bo’lib, shakliy xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ular janr mansubiyati, ijro maqsadi, o’rni va vazifasi jihatidan ikki katta guruhga bo’linadi:
I. Marosimga aloqador xalq qo’shiqlari yoki marosim folklori:
mavsumiy, oilaviy-maishiy va so’z magiyasiga mansub marosimlarga
daxldor qo’shiqlami o’z ichiga oladi.
II. Marosimga aloqasi bo’lmagan xalq qo’shiqlari yoki
nomarosimiy folklor bu guruhga mansub qo’shiqlar ham janriy shakli,
ijro xususiyati va motivlari hamda ijtimoiy-estetik vazifasiga qarab
to’rt ko’rinishda namoyon bo’luvchi mehnat qo’shiqlari, lirik
qo’shiqlar, tarixiy qo’shiqlar va termalarai qamrab oladi. Qo’shiq kishining ongi va hissiyotlariga ta’sir etish qudratiga ega. Aksariyat qo’shiqlarda xalqning urf-odati. milliy an’analari, axloq normalari o’z aksini topgan. Shu vazifasiga binoan ular etnopedagogik qimmat kasb etadi.
Xalq qo’shiqlarida voqelik garchi yakka shaxsning kechinmalari orqali aks ettirilsa-da, biroq bu kechinmalar ommaning, ko’pchilikning his-tuyg’ulari bilan uyg’unlashgan holda namoyon bo’ladi.
Qo’shiqlar xalq ma’naviyatining, ijodkorining buyuk qudratini, mehnatkash omma irodasining bukilmasligini ifodalaydi. Kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, mehnatsevarlikka, insonparvarlikka, do’stlikka va vafodorlikka chorlaydi.
Qo’shiq qaysi tarixiy sharoitda, qanaqa munosabat bilan yaratilgani — uning ruhiyatidan bilinib turadi. Shoirlar xalq qo’shiqlaridan ijodiy ta’sirlanib, ular shakli va ohangini stilizatsiya qilgan holda she’rlar yozishmoqda. Buning natijasida o’zbek she’riyatida adabiy alia, she’riy topishmoq, baxshiyona singari badiiy-kompozitsion folklorizmlar, xalq qo’shiqlari vazni, motivi va ohangida bitilgan hamda ulardagi poetik obrazlardan ijodiy foydalanib yaratilgan badiiy-ma’naviy folklorizmlar tobora chuqurlashib, sayqallanib bormoqda. Ayni choqda bunday xalqona ruhdagi qo’shiqlar tez ommalashib ketayotir.