Quymakorlikda qo’llaniladigan qoliplar Quymalar ishlab chiqarishda qoliplarning ish muddatlariga ko’ra bir martalik, bir necha martalik va ko’plab quymalar olishga yaroqlilarga ajratiladi. Ku’zatishlar shuni ko’rsatadiki, turli metall qotishmalardan olinuvchi quymalar massasi bo’yicha 70− 80 foizi bir marta lik quymalar olishga yaroqli nam va quruq qoliplarda, qolgan qismi esa bir necha unlab quymalar olishga yaroqli muvaqqat hamda yuzlab, minglab quymalar olishga yaroqdi qoliplarda olinmoqda.
Bir marta quymalar olishga yaroqli qoliplar. Bu qoliplarda bir martagina quyma olingandan so’ng, ular bo’ziladi. Bu qolip materiali tarkibi olinuvchi quyma materiali, shakli va o’lchamlariga ko’ra belgilanadi. Bu qolip material asosi kvarts qumi bo’lib, ularning donlarini o’zaro bog’lovchilar sifatida tegishli bog’lovchilar (gil, spirt bardasi, tsement, suyuq shisha, termoreaktiv smolalar, bitum, kanifol), quymaga quyib yopishmasligining oldini olish uchun toshko’mir kukuni, changsimon kvarts, grafit, gaz o’tkazuvchanligini oshirish uchun yog’och qipig’i, torfdan foydalaniladi. O’lchami 0, 25 dan 1 mm gacha bo’lgan qumlar ma’lum miqdorda tegishli qo’shimchalar qo’shib, maxsus aralashtirgich qurilmada suv bilan yaxshilab aralashtiriladi. Bu aralashma kutilgan xossaga ega bo’lgach, qurilmadan chiqarib, qolip tay yorlash uchastkasiga yuboriladi, u yerda qolip tayyorlanadi.
Muvaqqat qoliplar. Bu qoliplarda bir nechagina (unlab) quymalar olinadi. Bu qolip material asosi yuqori temperaturaga chidamli, sha mot, magnezit, qum, asbest kabi boshqa materiallar kukunlariga ma’ lum miqdorda tegishli bog’lovchilar (gips, tsement va boshqalar)ni qo’shib aralashtirgich qurilmada suv bilan qorishtirib, kutilgan xos saga kelgach, uni qolip tayyorlash uchastkasiga o’zatiladi va u yerda qolip tayyorlanadi. Bu qoliplarda odatda turli shaklli kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar olinadi. Ko’plab quymalar olishga yaroqli qoliplar. Bu qoliplar cho’yan, po’lat, mis va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanadi. Bu qoliplarda oddiy shaklli kichik va o’rtacha o’lchamli yuzlab va minglab quymalar olinadi. Shu boisdan ularga shartli ravishda doimiy qoliplar deb ham yuritiladi. Texnologik moslamalar va asboblar Quymalar qoliplarini tayyorlashda foydalaniladigan texnologik moslamalarga model, model tagligi, sterjen yashigi, suyuq metallni qolipga kiritish tizimi modellari, opoka va boshqalar kiradi. Quyida asosiy texnologik moslamalar haqida ma’lumotlar keltiriladi.