Ilk o’rta asr mahalliy davlatlar boshqaruv tizimi va davlatchilik tuzilishi
Eftalitlar turli manbalarda turlicha nomlanadilar. Misol uchun, xitoy manbalarida ular “ida, iyeda, idan, idyan” deb, suriya va lotin manbalarida esa “eplalit, eftalit, abdal” arab va fors mualliflarida “haytal, yaftal, yeftal” degan nomlar bilan eslatiladi.
Xitoy manbalari eftalitlarni turklar (tukyuye) bilan bog„liq ravishda ta‟riflaydilar. Vizantiyalik tarixchilar, masalan, Prokopiy (VI asr) eftalitlarni xunlardan deb ko’rsatar ekan, “ular (ya‟ni eftalitlar) xunlardandir , tanalari esa oq” deb eslatadi. Eftalitlarning kuchaygan davri V asrning o’rtalariga (456-457 yy.) ya‟ni ular Xitoyga birinchi marta elchi yuborgan davrga to’g’ri keladi. Ma‟lumotlarga ko’ra, shu davrdan to 531 yilga qadar eftalitlar Xitoyga 13 marta elchi jo’natadilar. Kuch-qudrat jihatdan mustahkamlanib olgan eftalitlar O’rta Osiyo va Shimoliy Hindistondagi kata yerlarni ishg’ol etishga kirishadilar.
Eftalitlarning janubdagi asosiy raqiblari Eron sosoniylari edi. Eftalitlar astasekin janubiy hududlarni o’zlariga bo„ysundirar ekanlar, ularning sosoniylar Bilan munosabatlari keskinlasha boradi. Eftalitlar va sosoniylar o„rtasidagi kurashlar podsho Pero’z (459-484 yy.) davriga to’g’ri keladi. 484 yilda eftalitlar va sosoniylar o’rtasida Marv yaqinida bo’lib o’tgan jangda sosoniylar mag’lubiyatga uchraydilar. Eftalitlar 467-473 yillarda Sug’dda mustahkam o’rnashib olgan bo’lsalar, 477-520 yillar mobaynida Gandxarni ishg’ol etib, u yerdan kidariylarni siqib chiqaradilar. 490 yilda eftalitlar Urumchini, 497-509 yillar orasida Qashg’arni bosib, deyarli butun Sharqiy Turkistonda o’z hukmronliklarini o’rnatadilar. Shunday qilib, VI asrning boshlariga kelib, eftalitlar anchagina katta hududlarni egallagan edilar, ko’pchilik manbalar eftalitlarning dastavval ko’chmanchi xalqlar bo’lib, keyinchalik o’troqlashganligi haqida ma‟lumot beradi. Shuning uchun ham ayrim tadqiqotchilar ularni ko’chmanchilar deb hisoblasa, ayrimlari ularni shahar va qishloqlarda yashaganligini ta‟kidlaydilar. Eftalitlarning poytaxti Balx shahri edi. Ko’pchilik tadqiqotchilarninng e‟tirof etishlaricha, eftalitlar davlati unchalik ham mustahkam emas edi va shuning uchun ham uzoq yashamadi.