Oilaning ijtimoiy maqomi, tipologiyasi va asosiy vazifalari. Oila shaxs tarbiyasida muhim o’rin tutadi. Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. “Jamiyat” va “oila” tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog’liq.
www.arxiv.uz
Oilaning ijtimoiy maqomi quyidagi to’rt jihatni o’zida aks ettiradi:
– oiladagi sog’lom psixologik muhit oila a’zolarining bir-birlari bilan yaqinliklari, o’zaro hamkor, hamfikr va teng huquqli ekanliklarini anglatsa, nosog’lom psixologik muhit esa aksincha, oilada janjal-nizolarning ko’pligi, oila a’zolarining bir-birlariga nisbatan mehrli, oqibatli emasliklarini ko’rsatadi.
www.arxiv.uz
Oilaning ijtimoiy- madaniy darajasi
– oila a’zolarining axloqi, atrofdagilar bilan munosabati, ma’lumotlilik darajasi, kasb yoki hunar egasi ekanliklari, oilaning muayyan an’anaga egaligi, oila a’zolarining qiziqishlari, ma’naviy ehtiyojlari, maishiy hayotni birgalikda tashkil etishlarini ifodalaydi
– oilada ota-onalar, farzandlarning o’zlariga yarasha vazifalari mavjudligini, ularning mehnat taqsimotidagi ishtiroklari, oila xo’jaligini tashkil etishdagi ishtiroklarini belgilaydi.