Innavotsion ijtimoiy va iqtisodiyot unversiti 201-guruh talabasi Abduahadov Shoxrux
Strategik rejalashtirish tizimida esa kelajakda albatta o’tgan davrga nisbatan yaxshi bo’lishi kerak degan tahmin qilinmaydi.Shu sababli strategik rejalashtirishda korxona kelajagining tahliliga katta e’tibor beriladi.Uning asosiy vazifasi bo’lib mavjud tendensiyani o’zgartiruvchi shart-sharoitlar,imkoniyatlarni aniqlash hisoblanadi.Bu tahlil raqobat kurashida korxona o’rnining tahlili bilan to’ldiriladi.

Strategik boshqarish evalyutsion yo’l bilan strategik rejalashtirishdan paydo bo’lgan,ya’ni strategik rejalashtirish uning mohiyatli asosini tashkil etadi.U prinspial yangi strategiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarga duch kelayotgan firmalarda borgan sari katta qiziqish uyg’otmoqda. Strategik boshqarishning mohiyatini kengroq tushunish uchun tijorat va notijorat korxonalarining tashkiliy «hulqi»ga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.Bu juda muhimdir. Chunki tashkiliy «hulq»stili bilan boshqarish ko’rinishlari o’rtasida uzviy bog’liqlik bor. Tashkiliy «hulq» stili asosan ikki xil ko’rinishda bo’ladi:
-O’sishga asoslangan (inkrementalistli).Bunda «erishilgan»dan kelib chiqqan holda maqsadni qo’yish bilan izohlanadi va mavjud (shakllangan)hulq stilidan minimal og’ishga qaratilgan (korxona ichida ham,tashqi muhit bilan munosabatlarda ham).Bu konservativ stil bo’lib,yirik tarmoq korxonalari bunga amal qilishadi.
-Ishbilarmonlikka asoslangan. Bu o’zgarishlarga, kelajakdagi xavflarni yengishga va yangi imkoniyatlarga intilish bilan izohlanadi.Bunda ko’p sonli muqobil strategiyalarni ishlab chiqish va ulardan optimalini tanlab olishda boshqarish yechimlari keng izohlanadi.Ishbilarmonlikka asoslangan korxona davomiy o’zgarishlar zanjiriga intiladi.Chunki bo’lajak faoliyatining samaradorligini va muvaffaqiyatini shunda deb biladi.Bu agressiv stil bo’lib, o’sishga va rivojlanishga qaratilgan.Bunga faoliyat samaradorligi bevosita bozor sinovlari bilan bog’liq bo’lgan tijorat korxonalari amal qilishadi.