Hozirda va istiqbolda firma faoliyatining natijalarini baholashda foydalaniladigan qoidalar guruhi. Ushbu guruhning sifatli tomoni mo’ljal, son jihati esa topshiriqni tashkil etadi
1.Hozirda va istiqbolda firma faoliyatining natijalarini baholashda foydalaniladigan qoidalar guruhi. Ushbu guruhning sifatli tomoni mo’ljal, son jihati esa topshiriqni tashkil etadi.
1.Hozirda va istiqbolda firma faoliyatining natijalarini baholashda foydalaniladigan qoidalar guruhi. Ushbu guruhning sifatli tomoni mo’ljal, son jihati esa topshiriqni tashkil etadi.
2.Firma assortimenti, sotish bozorlari va iste’molchilari, raqobatchilik priyomlarini belgilovchi qoidalar guruhi. Bu guruh mahsulotli-bozor strategiyasini namoyon etadi.
3.Tashkiliy konsepsiyani aks ettiruvchi firma ichidagi munosabatlar va tartib-qoidalar guruhi.
4.Boshqaruvning asosiy tezkor priyomlarini aks ettiruvchi kundalik faoliyatni tashkil etish qoidalari guruhi.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida strategiya quyidagi o’ziga hos xususiyatlarga egadir.
1.Strategiya albatta tezkor harakat bilan yakunlanmasligi kerak.Strategiyani ishlab chiqish firmaning o’sishi va mustahkamlanishini ta’minlovchi umumiy yo’nalishlarni belgilash bilan yakunlanadi.
2.Ifodalangan umumiy strategiya izlanish uslubi bilan strategik loyihalarni ishlab chiqishda foydalanilishi kerak.
Strategiya ma’lum uchastkalarda imkoniyatlarni mujassamlash hamda strategiyaga mos kelmaydigan boshqa imkoniyatlarni uloqtirishni ta’minlashi kerak.
3.Real vaziyat korxonani mo’ljallagan maqsadiga yetkazdi deguncha strategiyaga zarurat qolmaydi.
4.Strategiyani ishlab chiqish odatda muqobillar to’g’risida umumlashtirilgan va to’liq bo’lmagan ma’lumotlar sharoitiida amalga oshiriladi.
5.Strategik rejani izlash maqsadida konkret muqobillarni aniqlanishi davomida aniq ma’lumotlar ham paydo bo’ladi.Shunday qilib strategiyaning muvofiqli ishlatilishi aksiy aloqalarsiz mumkin emas.
6.Mo’ljal firmaning maqsadini tashkil qilsa, strategiya esa maqsadlarga erishish vositasi bo’lib hisoblanadi.Mo’ljal almashganda strategiya ham o’zgaradi. Strategiya va mo’ljallar boshqaruv iyerarxiyasining pog’onalari va faoliyat vaziyatiga qarab o’z joylarini almashishlari mumkin