Ta'lim-tarbiya jarayonining unumdorligini oshiradi, o'quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi. An'anaviy o'qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o'g'zaki so'zlarga tayanib ish ko'rishi tufayli axborotli o'qitish sifatida tafsiflanadi, chunki o'qituvchi faoliyati birgina o'quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta'kidlagan holda baxolanmoqda.
O'zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko'p asrlar davomida qo'llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o'ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g'oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o'tmishda ko'plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo'lgan.
O'zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko'p asrlar davomida qo'llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o'ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g'oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o'tmishda ko'plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo'lgan.
Tarbiya jarayoni o'zaro bog'liq ikki faoliyatni - o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o'quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o'quvchida jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o'quvchining ongiga (ta'lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e'tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.