Tarbiya jarayoni o'zaro bog'liq ikki faoliyatni - o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o'quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o'quvchida jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o'quvchining ongiga (ta'lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e'tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.
A) O'quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo'qotish maqsadida rejalashtiriladi.
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo'qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi.
V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi.
Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g'oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o'rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo'ladi. Ma'lumki, ta'limda ilg'or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o'quv mashg'ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo'llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Quronov M. Milliy tarbiya yo‘riqnomasi: /arb va Sharq tarbiyaviy tajribalari namunalari tahlili. /Xalq ta’limi, 1993 yil 8-9son, 6-10b/
2.Abdukarimov X. Tarbiya va tarbiyachilik muammolari. - // Xalq so‘zi, 1994 yil 24 iyunь.
3.Jo‘raev A.J. Tarbiyaviy darslarni o‘tish: Sinf rahbarlari uchun qo‘ll. -T.: O‘qituvchi, 1994. –136 b.
4.Quronov M. Milliy tarbiya mezonlari. /Xalq ta’limi, 1995 yil 1-2, 7-10 bb. /