“Tarbiya” arabcha “parvarish qilish”, “ta’lim berish”, “o‘rgatish”, “odob o‘rgatish”, “navozish, mehribonlik ko‘rsatish”, “ko‘z-quloq bo‘lish”, “himoya qilish”, “rahbarlik qilish”, “boshchilik qilish”, “yo‘naltirish” ma’nolarini anglatadi. “Tarbiyachi” so‘zi esa shu ko‘pqirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchidir. Globallashuv jarayonlari tezlashib borayotgan xozirgi davrda o‘quvchi-yoshlarning tarbiyasiga zamonaviy talablar asosida e’tibor qaratish, ularni milliy ruxda tarbiyalash muhim vazifalardan biridir.

Ana shu jihatlarni inobatga olgan holda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning taklifiga asosan joriy etilgan “Tarbiya” fani Vazirlar Mahkamasining va Xalq ta’limi vazirligining qator me’yoriy xujjatlari bilan mustahkamlandi. Bitiruv malaka ishida ana shu me’yoriy xujjatlarning mazmuni va unda belgilangan masalalar, milliy tarbiyani amalga oshirishning o‘ziga xos talablari hamda dars jarayonida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan amaliy tavsiyalar o‘z ifodasini topgan.

Bugungi kun yoshlarini tarbiyalashda ularga milliy ruhiyatni, milliy mentalitetimizga xos ezgu jihatlarni singdirish muhim vazifalardan xisoblanadi. Milliy tarbiya deganda yosh avlodni o‘z xalqiga xos milliy fazilatlar namunasida shakllantirish, ta’lim berish deganidir. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tarbiya xususida fikr yuritib, jumladan, shunday ta’kidladilar: “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir.