Sarf o‘lchagich nomidan ma’lumki,biror bir mahsulotning sarfini o‘lchash uchun yaratilgan qurilmadir. Turli xil sarf o‘lchagichlarni harakat prinsiplari bo‘yicha quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin: - Bosim tushgandagi tezlik oqimi uzatgichlari - Issiqlik sarf o‘lchagichlari - Ultratovushli sarf o‘lchagichlari - Elekrtik sarf o‘lchagichlari - Mikrosarf sarf o‘lchagichlari - Uyurmali sarf o‘lchagichlari - Oqim tezligida o‘zgaruvchi detektorlar Sarf o‘lchagichlarni har xil jihatdan sinflashtirish mumkin. Bu yerda asboblarning ishlash prinsiplari ularni sinfga ajratishda muhim rol o‘ynaydi.SHu qarash asosida harakat prinsipi klassifikatsiyasi qabul qilingan.
Ultratovush chiziq o‘lchagichlar Bundan tashqari oqimnning likal tezligini o‘lchash uchun Doppler effekti qo‘llanilishi mumkin. Buning uchun priyomnik va manba rasmdagiday joylashtiriladi.CHiqayotgan signal va priyomnik signali aralashtirgichda yuboriladi.Priyomnik yozib olgan ultratovush chastotalari oqim tezligida mos ravishda o‘zgaradi. 1-usulda Ultratovushli signalning tarqalishidagi vaqt intevali o‘lchanadi.Bu to‘xtalish oqimning yo`nalishi va harakat tezligiga bog‘liq. Trubaga 2 ta datchik,priyomnik o‘rnatiladi.CHap datchik o‘ng tomondagi datchikka nisbatan signalni tezroq qabul qiladi.
Bu intervallar o‘rtasidagi farqni kuzatib,oqimning harakat tezligida baho berish mumkin.Bu usulda apparaturaning elektron nachinkasi yetarlicha tez harakat qilishi kerak. SHunday qilib vaqtning eng kichik intervali – nanosekundda o‘lchay oladigan qobiliyat zarur.
Sarf tezlik mahsuloti sifatida qaraladi.Datchiklar truboprovodning 2 tomonini dioganal katta bo‘lganida ham bir day aniqlay oladi.
Vaqt to‘xtalishini o‘lchash usuli toza suyuqliklarda yaxshi natija beradi.
2-usul Doppler effekti fizikasi – harakatdagi obyektdan kelayotgan signal chastotasining o‘zgartirishiga asoslangan.
Effekt 1843-yil Kristian Doppler tomonidan ochilgan va tebranish manbasining tezligi natijasida tebranish chastotasining o‘zgarishi bilan tugaydi.
Bu prinsip turli xil suyuqlik sarfi va harakat tezligiga asoslangan.
Toza suv anchagina qiyinchilik talab qiladi.
Bu usulda suyuqlik qancha “iflos” bo‘lsa shuncha yaxshi,bu tezlik o‘lchashning ancha aniq bo‘lishini ta`mnlaydi.