Reja: Shaxs ijtimoiy munosabatlar tizimida


Yozma bahsni o’tkazish usuli



Yüklə 128 Kb.
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü128 Kb.
#167175
1   2   3   4   5   6   7   8
GURUHIY O`ZARO MOSLIK LIDERLIK VA KONFORIZM HODISALARI

Yozma bahsni o’tkazish usuli. Pedagogik amaliyotda bahsning mohiyati ko’pincha faqat og’zaki dialoglar va tortishuvlar tarzida tasavvur qilinadi. Lekin og’zaki bahslarning yanada samarali va ta’sirchan bo’lishi uchun yozma bahs shakli ham qo’llaniladi. Bu usul o’quvchilarning berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish, munozara madaniyatini oshirish va har bir fikrni asoslash qobiliyatini rivojlantiradi. O’qituvchi esa o’quvchi yoki talabalarning bilimlarini asosli baholash va bilimdonlikni to’la ma’noda tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu usul ayniqsa, milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantiruvchi fanlar — ijtimoiy-gumanitar fanlar yuzasidan o’tkazilsa yanada samarali bo’ladi.
O’quvchilar oldindan mavzu bilan tanishtiriladilar, uyga berilgan topshiriqlar orasida qay biri yozma tarzda o’tkazilishi ma’lum qilinadi. Yozma bahs o’tkaziladigan kuni o’qituvchi uni quyidagi tarzda amalga oshiradi:
  1. O’qituvchi guruhni ikkiga bo’ladi va ularni alohida qatorlarga o’tqazadi. Har bir guruh mavzu bo’yicha qaysi nuqtai nazarni himoya qilishini ma’lum qiladi. Masalan, birinchi guruh bolalarning aqliy darajalarini muntazam o’lchab turish va shu orqali ta’lim muassasalariga jalb etishni himoya qilsa, ikkinchi guruh — bu fikrni asosli tarzda inkor qiladi.


  2. Shundan so’ng o’qituvchi qarama-qarshi guruh a’zolarini juftlaydi va ularga nomeri yozilgan varoqlarni tarqatadi. Har bir ishtirokchiga biror fikrni yozma asoslashga 5 daqiqadan beriladi. Yozma dalillar ravon tushunarli tilda, asosli tarzda yozilishi kerak.


  3. Yozilgan varaqchalar qarama-qarshi sheriklarga beriladi. Ular o’z «raqiblari» fikriga qarshi fikrni 8-10 daqiqa mobaynida o’ylab, yozishlari kerak bo’ladi va narigi tomondagi sherigiga beradi.


  4. Yozma dalillar almashinuvining bunday tartibi 2-3 marta takrorlanadi, har safar har bir o’quvchi sherigining dalil-isbotini diqqat bilan o’rganib chiqib, javob qaytaradi. Oxirgi raundda o’quvchilarning o’zlariga yakunlash imkoni beriladi va yozma ishlar yig’ib olinadi.


  5. O’qituvchi yozma baholarni yakunlashda tomonlarga «Qarshi tomonning eng yaxshi dalil-isboti qaysilar bo’ldi?» deb so’raydi va o’quvchilar bilan oldindan kelishgan xolda ular bilimlarini yakka-yakka yoki guruhiy baholaydi.


Yuqorida keltirilgan yozma bahslarni o’tkazish tamoyillari Fred Nyumen materiallari asosida tayyorlandi. O’ylaymizki, bizning sharoitimizda ham bu usullar ancha samara beradi.

Rahbar lavozimiga tayyorlanuvchi shaxslar dastavval ularning oldilariga qo’yiladigan talablar bilan tanishishi va o’zidagi mukammallik zaifliklari yuzasidan qat’iy qarorga kelishi lozim. Bu mulohazalarning zaifliklari yuzasidan qat’iy qarorga kelishi lozim. Rahbar psixikasiga lavozim taqozo etuvchi talablar o’z ichiga uch xil turkumga taalluqli jabhalarni qamrab oladi: bilimga doir, emosional his-tuyg’u irodaviy fazilatlar. Bilishga va bilish jarayoniga aloqador talablar quyidagilardan iborat:

  • Diqqat xususiyatlarining egallaganlik darajasi;


  • Sezgi va idrokni yuksak darajasiga erishganlik;


  • Tasavvuf obprazlari, vaqtni payqash o’quvchanligi;


  • Tasavvur obrazlari va ijodiy xayolga moyillik;


  • Xotiraning mustahkamligi, barqarorlik puxtaligi va ko’lamining kengligi mantiqiyligi, tezkorligi va mazmundorligi;


  • Nutq, nutq faoliyati va nutq qobiliyatining mazmundorligi;


  • Nutq, nutq faoliyati va nutq faoliyatining ko’rsatkichi;


  • Fikrlash, muhofaza yuritish faoliyatining sermazmunligi samaradorligi, teranligi, ijodiyligi, topqirligi nostandartligi.


Rahbar kadr uchun emasional holatlar va his – tuyg’ularni oqilona boshqaruv uquviga ega bo’lish har qanday vaziyatda ham o’zini – o’zi boshqarish o’zga kishilarning kechinmalarini his eta olish. Emosional holatlarga o’z munosabatini bildirish, reaksiyaga kirisha olish bu narsalarga loqayd bo’lmaslik, yumor hissining mavjudligi hamisha muayyan mezonga rioya qilgan holda tobe kishilar bilan munosabat muomalaga rioya qilish;


  • hissiyotning qonuniyatlarini egallash va jamoaning boshqariluv tuyg’usini oldindan aniqlash ularga asoslanib a’zolari bilan munosabatiga kirishishi zarurat tug’ilganda tezkor qaror qabul qilish.


Emosional holatlarga baho berish va ularning har birini tahlili qilish imkoniyati


  • Rahbar kayfiyatini aniqlovchi omillarning barqarorligi.


Emosional reaksiyalar ifodalashishining tashqi vositalari,


Emosional barqarorlik rahbar shaxsining xislatini ekanligi,
Rahbarlik faoliyati va rahbar shaxsi uchun idoraviy sifatlar juda muhim ahamiyatga ega, uni boshqarish esa psixologik to’siqlar vaziyatlar, nizom holatlarni yengish manbai bo’lib hisoblanadi.
Rahbar kadrning nufuzi barqaror iroda subyekti ekanligini har qaysi harakat va faoliyatda namoyish qilishda o’z ifodasini topadi.
Shaxslararo munosabatda ishq tuyg’uni vujudga keltiradi, insonni inson tomonidan to’g’ri idrok qilishga sharoit tug’diradi, individual uslubni shakllantiradi, obro’ – e’tibor ma’naviy boylik bo’limidan tashqari ishlab chiqarish samaradorligining omili, iliq psixologik muhitning mexanizmi hisoblanadi. Shaxsning irodasiga quyidagi talablar qo’yiladi:
  • Irodaviy kuch – quvvatning mujassamlashuvi;


  • Boshqaruv faoliyatining mashaqqatlari maqsadga intilish va sobitqadamlilik;


  • Tashabbus, mustaqillik ijodiylik;


  • Dadillik jasoratlik to’siqlarni pisand qilmaslik;


  • Sabotlilik, qat’iylik prinsipiallik;


  • Vazminlik esankiramaslik o’zini qo’lga ola boshlashlik;


  • Intizomlik o’zini o’zi uddalash o’ziga o’zi buyruq berish;


  • O’z kuchiga ishonch, o’zini qila olishlik va boshqalar.


Ma’lumki boshqaruv jarayoni uchun ijrochilikning psixologik xususiyatlari va ularning o’ziga xosligi muhim ahamiyatga ega. Xuddi shu boisdan jamoa guruh va ularning a’zolari yuzasidan muayyan darajadagi psixologik ma’lumotlilik faoliyat va muomalali tashkil qilish, uyushtirish muloqotga kirishishi voqyelikga tortilganlik masalalarni e’tiborga olish boshqaruv jarayonini maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlaydi.


Rahbarlik psixologik savodxonlik har qaysi alohida xususiyat, vaziyat, holat, ziddiyat, shaxs qarshiligi, munosabat muammo yechimiga oqilona va omilkorlik bilan individual yoki differensial yondashishni amaliyotga tatbiq etishga keng ko’lamli imkoniyat puxta shart – sharoit shaxsiy uslub vujudga kelishiga negiz yaratadi. Binobarin rahbar xodimlarning individual tipologik xususiyatlari bo’yicha psixologik bilimlar bilan qanoat hosil qilmasdan, balki ijtimoiy psixologik holatlar, qonuniyatlar, hodisalar rivoji, ularni keltirib chiqaruvchi omillar harakatlanuvchi mexanizmlar ijtimoiy muammolarning yechimi jarayonda qat’iy qabul qilish va uni bajarilishi bosqichlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan qo’llanilishi lozim.

XULOSA
Maktab jamoasini boshqarishda yuzaga keladigan kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri rahbariyat va o’qituvchining psixologiyasidir. Lekin bunga ko’pincha e’tibor berilmaydi. Shuning uchun o’qituvchilar jamoasini psixologik nuqtai nazardan o’rganish, uni muvaffaqiyatli boshqarishning psixologik yo’llarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga egadir.Pedagogik jamoani muvaffaqiyatli boshqarish uchun jamoa tarkibini o’rganish, kamchiliklarini korreksiyalash va haqiqiy pedagogik jamoa sifatida shakllantirish lozim.
Jamoada ishlash ko’nikmalarining rivojlangan darajasi ham muvaffaqiyatli jamoa uchun asosiy omillardan biridir. Jamoada ishlash muloqot vositasida amalga oshadi. Pedagogik jamoaning rivojlanishida shaxslararo muloqot muhim ahamiyatga ega.
O’qituvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirish va buni amalda isbotlash davr talabiga mos keluvchi nihoyatda muhim pedagogik muammolardan biridir. Muloqot madaniyatini shakllantirish murakkab jarayon bo’lib, u o’qituvchi shaxsining intellektual salohiyatiga, insoniylik sifatlariga, ruhiy sog’lomligi va adekvatligiga bog’liq. Muloqot madaniyati idrok va zehn mahsulidir. Nutqiy, mantiqiy va ijodiy omillar muloqot madaniyatining asosini tashqil qiladi.
O’qituvchilar jamoasini boshqarish mavzusini yoritishda boshqaruv psixologiyasini, pedagogik psixologiyani, shaxs psixologiyasi hamda muloqot psixologiyasini uzviy o’rganish va ularning kesimida yangi ilmiy muammoni yaratish bugungi yuksak taraqqiyot davrida ta’lim tizimi va jamiyatimiz taraqqiyoti uchun muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
O’qituvchi alohida e’tibor talab qiladigan obyektdir. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, odatda o’qituvchilar psixolog bilan hamkorlik qilishga tayyor bo’ladilar. Hamma gap psixolog o’zini qanday tutishiga borib taqaladi. Bunda psixologning o’qituvchilarga nisbatan egallaydigan pozisiyasi juda muhim rol o’ynaydi.
Psixolog pozisiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:
a) pedagog bilan bo’lgan munosabatga ustanovka;
b) pedagoglarni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka.
v) subyekt – subyekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik xarakteridagi munosabatlarga ustanovka.
Mana shunday pozisiya pedagoglar bilan bo’lgan konstruktiv hamkorlikni ta’minlay oladi.
Dastlabki kezlarda psixolog o’qituvchilarga o’z yordamini haddan tashqari faollik bilan tiqishtirmasligi zarur. Kamtarona ravishda, agar zarur bo’lsa, yordam berishga tayyorligini ma’lum qilsa, shuning o’zi kifoya. Kimdir darrov hamkorlikka shoshiladi kimdir birozdan so’ng kimgadir umuman psixolog yordami kerak bo’lmaydi. O’qituvchilar bilan ishlashda bolada ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarga asosan o’qituvchi sababchi bo’layotganini ta’kidlab turishi kerak. Psixologning ishi «soyada» qolishi kerak. Shunda u pedagoglar orasida tan olinadi. O’qituvchilar bilan olib boriladigan individual ishlardan tashqari ular bilan seminarlar shaklida psixologik targ’ibot ishlarini olib borish maqsadga muvoviqdir.
Bundan ko’zlangan asosiy maqsad kimgadir o’z bilimlarini ko’z-ko’z qilish emas, balki pedagoglarning psixologik madaniyatini oshirishdir. Ushbu mashg’ulotlarni shunday tashkillashtirish kerakki, o’qituvchilar passiv tinglovchi bo’lib qolmasinlar. Buning uchun har bir psixologik ma’lumotga ularni o’z tajribalaridan misollar keltirishga undash kerak. Oxirida esa biror bir hazil aralash testni bajarish hammaga yaxshi kayfiyat Bahsh etadi.
Tadqiqotimiz natijasida maktab jamoasi va maktab rahbariyati uchun psixologik bilimlar berilishi muhimligi o’z isbotini topdi.
Olib borgan tadqiqotlarimizdan yana shunday xulosaga keldikki, maktabda tashkil etilgan psixologik xizmat va psixodiagnostikaning zamonaviy, yangi metodlarini amaliyotga kiritish, boshqarishning to’g’ri yo’llari ishlab chiqish, kadrlarni to’g’ri tanlash va kadrlar beqarorligiga chek qo’yish, o’qituvchilar jamoasini to’g’ri shakllantirish (bilimli, ruhan sog’lom, zamonaviy tafakkur va dunyoqarashga ega kadrlarga ega bo’lish) ta’lim-tarbiya jarayonining

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin