Reja: Shaxs ijtimoiy munosabatlar tizimida



Yüklə 128 Kb.
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü128 Kb.
#167175
1   2   3   4   5   6   7   8
GURUHIY O`ZARO MOSLIK LIDERLIK VA KONFORIZM HODISALARI

aktiv holat. Bu — agar kreslo yoki divan kabi mebel bo’lsa, unga bemalol yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi xarakatlar bilan uning har bir so’ziga qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi;


  • suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o’ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o’zining har bir so’ziga uni ham ko’ndirishning samarali yo’lidir.


  • o’ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o’zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo’li.

    Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o’z-o’ziga xurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko’pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo’lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g’oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.


    Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon — gapirish va tinglashning faol o’zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo’lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o’rgatishga juda katta e’tibor beriladi. Bu boradagi fanning o’z uslubi bo’lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT — muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
    Amaliy muloqot treningi — IPTning bir ko’rinishi bo’lib, u yoki bu professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo’ladigan kommunikativ malaka, ko’nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo’l-yo’riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so’zlashga o’rgatish, majlislar o’tkazish, janjalli, konfliktli xolatlarda o’zini to’g’ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bundagi asosiy narsa — trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, o’zini o’zga o’rniga qo’ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o’zinikini uyg’unlashtira olish g’oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o’yinlarning eng optimal variantlari sinab, mashq qilinadi.

    Shaxslararo munosabatlar asosan guruh sharoitida, shaxs ma’lum insonlar davrasida, guruhida, jamoada bo’lgan taqdirda ro’y beradi. Shuning uchun ham mutaxassislar jamoalarda ro’y beradigan shaxslararo ta’sirning qonuniyatlari va mexanizmlarini bilishlari va ularni guruhda odamlar mehnatini tashkil etishda albatta inobatga olishlari kerak.



    Har bir shaxsning fe’l-atvorida, xatti-harakatlarida u mansub bo’lgan millat, xalq, xudud, professoinal toifa, mehnat qiladigan jamoasi, yaqin atrofdagi muqim guruhi, oilasining ta’siridan paydo bo’lgan sifatlari va xususiyatlari bo’ladi. Tarixiy shart-sharoit, davr, davlat tuzimi va o’sha jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ta’sirlar haqida yuqorida gapirgan edik. Bu ta’sir makro bosqichdagi ta’sirlar deb atalib, yaqin muhitning tasiri — mikro bosqichdagi ta’sirlar deb yuritiladi. Ikkala bosqichdagi ta’sirlar ham ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli va tarbiyaviy mohiyatga egadir. Chunki har bir sharoitda shaxs o’ziga xos ijtimoiy rollarni bajaradi va o’zining «qiyofasini» namoyon etadi. Mehnat jamoasida professional rollarni bajarish jarayonidagi xulq-atvori shaxsning ma’naviy va psixologik ko’rinishidagi asosiy omil bo’lib, katta yoshdagi odam psixologiyasini tubdan o’zgartirish uchun uning professional faoliyatini ham o’zgartirish kerak, deyiladi.
    Shunday qilib, shaxsga bir vaqtning o’zida turli ijtimoiy guruhlarning ta’siri bo’lib turadi. To’g’ri, ma’lum davrda bir ijtimoiy guruhning shaxsga ta’siri sezilarliroq va ahamiyatliroq, ikkinchisiniki esa sal kamroq bo’ladi. Masalan, o’quvchilik yillarida maktabdagi o’quvchilar guruhining ta’siri mahalladagi o’rtoqlar davrasinikidan kuchliroq bo’lishi, yangi xonadonga kelin bo’lib tushgan qiz uchun yangi oila muhitining ta’siri talabalik guruhinikidan kuchliroq bo’lishi tabiiy. Lekin har bir alohida daqiqada biz doimo ma’lum guruhlar ta’sirida bo’lamiz. Ho’sh, guruhning o’zi nima? Guruh — ma’lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to’plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir. Demak, guruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud: biror faoliyatning bo’lishligi (mehnat, o’qish, o’yin, muloqot, maishiy manfaatlar) hamda u yerda odamlarning o’zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi.
    Har bir shaxs uchun taraqqiyotning har bir alohida bosqichida shunday odamlar guruhi bo’ladiki, u ularning niyatlari, qiziqishlari, harakat normalari, g’oya va fikrlariga ergashishga tayyor bo’ladi, harakatlaridan andoza oladi, ularga taqlid qiladi. Bunday guruh psixologiyada referent guruh deb ataladi. Amerikalik sosiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini farqlaydilar.

    Yüklə 128 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin