M. A. Galaguzova tomonidan turli og’ish turlarining tasnifini o‘rganishga doir topshiriqni bajarish
Topshiriqli keys
1-topshiriq; Deviant xulq – ijtimoiy-pedagogik muammosiga doir blis-so‘rov savollari
1. Nima uchun ijtimoiy pedagogikada norma va normadan og’ish tushunchalari o’rganiladi?
2. Bolalarda normadan og’ishning sababi nimada?
3. Normadan pedagogik og’ish deganda nima tushuniladi?
4. “ ijtimoiy og’ish” tushunchasining mohiyati nimada?
5. Normadan og’ishning qaysi nazariyalarini bilasiz?
6.Nima uchun ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og’ishganlik” tushunchalari ko’rib chiqiladi?
7.“Ijtimoiy og’ishganlik” tushunchasining mohiyati nimadan iborat?
8.“Deviant hulq”, “delikvent xulq”, “kriminal xulq” tushunchalari mohiyatini ochib bering.
9.Deviant hulqli o’smirning asosiy sabablarini ayting va asoslab bering
10.Deviant hulqni ogohlantirish va oldini olishda axborotli ijtimoiy-profilaktik, tibbiy-biologik va ijtimoiy-pedagogik yondoshuvlarning xususiyatlari nimalardan iborat?
Me’yordan og’ishganlik tiplari Me’yordan og’ishganlikni shartli ravishda to’rt guruhga bo’lish mumkin: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy me’yordan jismoniy og’ishlik insonning sog’lig’i bilan bog’liq bo’lib, tibbiy ko’rsatkichlar orqali belgilanadi. U bolalarning yosh va jinsiy ko’rsatkichlari bilan (vazni, bo’y uzunligi, ko’krak kengligi va boshqalar) ifodalanadi. Ular bolaning sog’lig’ini xarakterlaydi. Aslida bular ideal ko’rsatkichlar bo’lib, bunday ko’rsatkichlarga to’la muvofiq keladigan bolani topish qiyin bo’lsa kerak. Jismoniy jihatdan me’yordan og’ishgan bolalarni ijtimoiylashtirish alohida qiyinchilik bilan amalga oshirilib maxsus ishlarni talab etadi.