Reja: Shaxs tushunchasi



Yüklə 78,5 Kb.
səhifə4/5
tarix21.10.2022
ölçüsü78,5 Kb.
#65721
1   2   3   4   5
9-Amaliy mashgʻulot.

1-keys bayoni
Komil Rustamovich tarbiyasi og’ir bolalar tarbiya muassasasiga musiqa o’qituvchisi etib tayinlandi. Muassasada ish faoliyatini olib borar ekan, shunga guvoh bo’ldiki, bu yerda tarbiyalanuvchilarga past nazar bilan qaraladi, ular shaxs sifatida tan olinmaydi. Ayniqsa, muassasa rahbari tarbiyalanuvchilar bilan munosabatda nihoyatda qattiq qo’l bo’lib, tarbiyalanuvchilarning arzimagan xatti-harakatlari uchun ham jazolashni odat qilib olgan. SHunday sharoitda ham Komil Rustamovich muassasa tarbiyalanuvchilaridan iborat xor jamoasini shakllantira oldi. Tez orada xor jamoasining muvaffaqiyatli faoliyati butun tumanga tarqaldi.
Keys savollari

  1. Ayting-chi, Komil Rustamovich bunga qanday erishgan?

  2. Sizningcha, Komil Rustamovich bunday muvaffaqiyatga erishishda qanday tarbiya metodlaridan foydalangan?

2-keys bayoni
Uzoq yillik ish tajribasiga hamda talabalar o’rtasida alohida hurmatga ega tarix fani o’qituvchi auditoriyaga kirib, doskada o’zining karikatura janrida ishlangan rasmini ko’radi. Karikatura yorqin ishlangan, har bir shtrix aniq ishlangan, qolaversa, rasm juda kulgili chiqqan. Butun guruh o’qituvchining karikaturagaya, uning ijodkoriga nisbatan munosabatini kutyapti. Biroq, o’qituvchi shoshilmasdan, katta qiziqish bilan karikaturani tomosha qiladi va shunday dedi: “Karikatura shunchalik yaxshi chiqibdiki, uni hatto o’chirgim kelmayapti. Rasm ijodkori – yosh rassom uni qog’ozga ko’chirib olishi kerak. Men karikaturist (rassom)ni munosib baholayman!”.
Keys savollari
1. O’qituvchining mavjud vaziyatdagi holatini shaxsan Siz qanday baholaysiz?
2. Bu vaziyatda o’qituvchi qanday tarbiya metodini qo’lladi?
3-keys bayoni
Tasavvur qiling, Siz “Umumiy pedagogika” fani bo’yicha davlat attestatsiyasi (avlat imtihoni)dan o’tyapsiz. Yakuniy attestatsiya nufuzli hay’at a’zolari tomonidan og’zaki shaklda olinmoqda. Attestatsiya yakuni Sizga ta’lim sohasidagi nufuzli muassasada xorijlik pedagoglar bilan ishlash imkonini beradi. SHu sababli savollarga javob berishda tushunchalarni aniq qo’llash, ularga to’g’ri ta’rif berish talab etilgan.

Yüklə 78,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin