Reja: Sifat ko‘rsatkichlari kattaligini aniqlash usullari


Mahsulot sifatini boshqarish



Yüklə 37 Kb.
səhifə4/5
tarix12.04.2023
ölçüsü37 Kb.
#96458
1   2   3   4   5
Mahsulot sifatiga xarajatlar hisobi va tahlili

4. Mahsulot sifatini boshqarish
Mahsulot sifatini boshqarish bu mahsulotni yaratish davrida, ekspluatatsiya qilish jarayonida yoki iste’mol qilishda sifat ko‘rsatgichlarini kerakli darajada tutib turish uchun xarakatdir. Sifatni boshqarish - bu loyihalash va konstruksiyalash bosqichida optimal darajani ta’minlash, zamonaviy ilmiy-texnik imkoniyatlarga va xaridor talabiga mos keltirish, so‘ngra ishlab chiqarish jarayonida bu sifat ko‘rsatgichlarini real mahsulotda ta’milab berish demakdir. Bu darajaga mahsulot sifatini kompleks boshqarish sistemalarini ishlab chiqib va tatbiq etib erishish mumkin.
Davlat standartlashtirish sistemasi mahsulot sifatini boshqarishni asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.
Sifatni boshqarish kompleks sistemasiga quyidagilar kiradi: standartlar - maqsadni belgilovchi, ya’ni mahsulot sifatiga qo‘yilgan talablarni normativlari, maqsadga yetishni ta’minlovchi standartlar, ya’ni sifatga ta’sir etuvchi omillarni reglamentlashtirish.
Ehtiyojni oldindan bilish standartlari, mahsulot sifat texnik darajasini standartlari. Savdo assortimentini va sifatni boshqarishni hamma bosqichlarida ishtirok etishi kerak.
Loyihalash va tadqiqot qilish bosqichida savdo tashkilotlari ishlab chiqarish va loyihalash korxonalariga yangi turdagi tovarlarni yaratishga yoki yangilashga buyurtmalar berishlari kerak. Tajribaviy na’munani qabul qilishda savdo xodimlari xal qiluvchi ovozlardan birini beradi, chunki yangi mahsulotni iste’mol xossalariga to‘g‘ri baho berishi kerak.
Tayyorlash bosqichida bunda mahsulotni attestatsiyadan o‘tkaziladi. Savdo xodimlari Davlat Attestatsiya komissiyaga a’zo bo‘lib kirishadi.
Bunda aholi talabi va ehtiyojidan kelib chiqgan xolda mahsulot sifatiga obyektiv baho berishi kerak.
Muomala va taqsimot bosqichida savdo xodimlari tovarlarni saqlash, tashish, sotish sharoitlarini shunday yaratilishi kerakki uyda mahsulot sifatida zarar yetmasligi kerak.
Bu bosqichda tovarlar sifat ko‘rsatichlari bo‘yicha qabul qilinishi kerak.
Ekspluatatsiya va iste’mol qilish bosqichida tovarlarni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish, ularga xizmat qilish, sifatini tiklash, eskirgan tovarlarni chiqitga chiqarish jarayonlarini tashkil qilish kerak. Savdo bu haqidagi axborotni xaridorlarga yetkazishi kerak.

Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin