Reja: Sifat ko‘rsatkichlari kattaligini aniqlash usullari


Mahsulotni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin namunasi har tomonlama tekshiriladigan qabul sinovlari



Yüklə 37 Kb.
səhifə3/5
tarix12.04.2023
ölçüsü37 Kb.
#96458
1   2   3   4   5
Mahsulot sifatiga xarajatlar hisobi va tahlili

Mahsulotni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin namunasi har tomonlama tekshiriladigan qabul sinovlari.
Ishlab chiqarish jarayonining oxirida tayyor mahsulotni NTX talablariga yoppasiga ba’zi ko‘rsatgichlar bo‘yicha texnik nazorat bo‘limi (TNB) tomonidan tekshirish. Natijalar tovarlarga qo‘shib jo‘natiladigan xujjatlarda belgi qo‘yiladi.
Sanoat korxonasida sifatni barqarorligini ta’minlash uchun davriy tekshiruv o‘tkazilib turiladi.
Bir andozadagi (namunali) sinovlar.
Har 2-3 yilda o‘tkaziladigan sinovlari (mustahkamligini sinash uchun);
Remontga yaroqliligini 5 yilda bir marta sinaladi..
Tovarlar 3 ta belgi bo‘yicha (sifat, miqdor, alternativ) turli sifat guruhlarga bo‘linadi.
Tovarni sifat belgisi bo‘yicha navlarga ajratilib qabul qilinadi. Deraza oynalar oliy toifa 1 va 2 navlarga, modelli poyafzallar 2 navlarga bo‘linadi.
Nuqsonlar namoyon bo‘lishiga qarab yaqqol ko‘rinib turadigan va pinxona (yashirin) turlarga bo‘linadi.
Yana nuqsonlar katta-kichikligi bo‘yicha jiddiy, yirik va ahamiyatsiz turlarga ajratiladi. Nuqsonlar kelib chiqish bo‘yicha hom-ashyo, konstruksiya, texnologiya va pardozlash nuqsonlariga bo‘linadi.
Tovarlarni miqdor belgisi bo‘yicha qabul qilish. Tovarni sifat ko‘rsatgichlarini miqdordan aniqlab normativ-texnik xujjatlar talabiga solishtirish ko‘zda tutilgan. Sement sifati uni siqishga chidamligiga (markasiga) qarab aniqlanadi. Buni uchun sementdan kubiklar yasaladi, presslangan bosim yo‘li bilan uni pishiqligi aniqlanadi. 3 kun saqlangan kubiklar sement pishiqligini yarmini bildiradi. 28 kundan keyin to‘la pishiqligi ko‘rinadi. 5% ortiq farq bo‘lmasligi kerak. Ko‘p farq qilsa markasi pasayadi 285 kg/sm gacha bo‘lsa 200; 380 kg/sm gacha bo‘lsa – 300.
Tovarlarni alternativ belgisi bo‘yicha tekshirish savdoda keng qo‘llaniladi, tovarlar standart talablariga javob berishiga qarab ishlatishga yaroqli va yaroqsiz turlarga bo‘linadi .

Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin