3. Juft sifatlar ikkita so‘zning teng bog‘lanishi asosida tuzilgan sifatlardir. Juft sifatlar tarkibi har ikkiala qismi lug‘aviy ma’noli yoki bir qismi lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuzilishi mumkin.
Har ikkala qismi lug‘aviy ma’noli so‘zlardan tuzilgan juft sifatlar quyidagi tarkibga ega bo‘ladi: 1) turli antonim so‘zlardan tuziladi: a) tub so‘zlardan: olis-yaqin, og‘ir-yengil, oq-qora, past-baland\\baland-past, yaxshi-yomon\\yomon-yashi, yosh-qari, katta-kichik, o‘ng-ters; b) tub va yasama so‘zlardan: uzun-qisqa, haq-nohaq, huda-behuda; d) yasama so‘zlardan: kerakli-keraksiz, qo‘lli-oyoqli, issiq-sovuq. 2) sinonim so‘zlardan tuziladi: och - nahor, ola - chipor, soya - salqin,
o‘ydim-chuqur, puxta-pishiq, uzuq-yuluq, mo‘min-qobil, xor-zor.
Bir qismi lug’aviy ma’noli, ikkinchi qismi lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuziladi: bo‘sh-bayov, xom-xatala, chala-chulpa, eski-tuski, egri-bugri, yarimta-yurimta, achchiq-tizziq.
Har ikkala qismi yolg‘iz holda ma’no anglatmaydigan so‘zlardan tuziladi: uvali-juvali, dalli-g‘ulli, ikir-chikir, ayqash-uyqash.
Juft sifatlar chiziqcha bilan ajratilib yoziladi. Biroq ular orasida –u, -yu yuklamalari bog‘lovchi vazifasida ishlatilganda chiziqcha tushiriladi: halol-harom\ halol-u harom, issiq-sovuq\ issg‘-u sovuq, sog‘-salomat\sog‘-u salomat.
4. Takroriy sifatlar bir xil shaklga ega bo‘lgan so‘zlarning aynan takroridan tuziladi. Masalan: baland-baland, mayin-mayin, shirin-shirin. Ba’zi takroriy sifatlarning birinchi qismida qo‘shimchalar mavjud bo‘lishi ham mumkin: poyma-poy, ko‘pdan-ko‘p, kattadan-katta, xilma-xil, limmo-lim. Bunday sifatlar ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash uchun ishlatiladi.
ADABIYOTLAR
М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 1978.
Ш. Шоабдурахмонов, М.Аскарова, А.Хожиев, И.Расулов, , Х.Дониёров Хозирги њзбек адабий тили. Т., «Укитувчи» 1980.
М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992.
А.Баскаков, А. Содиков, А.Абдуазизов Умумий тилшунослик. Т., «Укитувчи» 1981.
Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993.
У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Рахматуллаев Хозирги њзбек адабий тили.. 1-кисм. Т., «Укитувчи» 1979.
N. Turniyozov A.Rahimov O‘zbek tili (ma’ruzalar matni)
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |