Reja: Simpatik, parasimpatik va metasimpatik nerv tizimi


Avtonom nerv tizimining reflektor faoliyati



Yüklə 36,21 Kb.
səhifə6/8
tarix16.12.2023
ölçüsü36,21 Kb.
#183452
1   2   3   4   5   6   7   8
Reja Simpatik, parasimpatik va metasimpatik nerv tizimi-hozir.org

4. Avtonom nerv tizimining reflektor faoliyati
Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, avtonom nerv tizimida reflektor faoliyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan hamma tuzilmalar mavjud. Avtonom markazlarga aloqador retseptorlarning ta'sirlanishi vissero-visseral, vissero-somatik, vissero-sensor va aksonreflekslar yuzaga chiqarishi mumkin,
Vissero-visseral reflekslar. Bu reflekslar ichki a'zolardagi retseptorlarning qo'zg'alishi natijasi bo'lib, boshqa bir a'zo faoliyatida ma'lum o'zgarish paydo qiladi. Vissero-visseral reflekslar tabiiy sharoitda juda keng tarqalgan. Mumtoz Gols refleksi bunga misol bo'la oladi. Ichak tutqich retseptorlarining qo'zg'alishi yurak faoliyatini susaytiradi. Yana bir misol: karotid koptokcha va aortaning refleksogen sohasini ta'sirlash qon bosimi va yurak urishi o'zgarishiga olib keladi.
Vissero-somatik reflekslar. Vissero-somatik reflekslar ichki retseptorlar qo'zg'alganda ichki a'zolar faoliyati o'zgarishi bilan bir qatorda skelet muskullarining faolligi o'zgarishi shaklida namoyon bo'ladi. Masalan, karotid koptokcha retseptorlarining qo'zg'alishi biror sababdan oshgan qon bosimini asli holiga qaytaradigan o'zgarishlarni sodir qiladi – yurak urishi susayib, qon tomirlar kengayadi. Ayni paytda organizmning umunmiy harakat faolligi kamayadi. Me'da-ichak tizimi retseptorlarining qo'zg'alishi qorin va qo'l-oyoq muskullari qisqarishiga olib kelishi mumkin.
Vissero-sensor reflekslar. Vissero-sensor refleks deganda ichki retseptorlar qozg'alishi natijasida ichki a'zo;ar faoliyatining o'zgarishi, skelet muskullari faoliyatida siljishlar ro'y berishi bilan bir qatorda, somatik sezgirlikning o'zgarishi tushuniladi. Bunday refleks paydo bo'lganda ichki retseptorlardan impulslarni qabul qiluvchi segmentdan afferent tolalar olgan tana sohasida sezgirlik ortadi.
Akson-refleks, periferik reflekslar. Qo'zg'alishning neyron tanasi ishtirokisiz, aksonning bir shoxidan ikkinchi shoxiga o'tishi natijasida ro'yobga chiqadigan reaksiyalarga akson-refleks deyiladi. Bu hodisani somatik va avtonom efferennt neyronlarning shoxlarida kuzatish mumkin. Akson-refleksning yuzaga chiqishi jarayonida aksonning bir shoxida paydo bo'lgan qo'zg'alish, tola ikki tomonlarna o'tkazish qobiliyatiga ega bo'lganidan, markazga intilib, boshqa shoxga o'tadi va markazdan qochish yo'nalishida effektorga yetib, uni ishga soladi. Masalan, orqa miya bolan aloqasi uzilgan me'da osti nervining markaziy uchi ta'sirlansa, qovuq muskullari qisqaradi. Ba'zi tadqiqotchilar akson-refleksni tabiiy sharoitda uchramaydigan sun'iy hodisa, deydilar.
Akson-reflekslarning ahamiyati uncha aniq bo'lmasada, ularga o'xshagan periferik reflekslar ichki a'zolar faoliyatini boshqarishda katta rol o'ynaydi. Bu reflekslar chin refleks yoyiga ega – uning retseptori, afferent neyroni, oraliq neyroni, efferent neyroni va effektori bor. Faqat afferent neyron efferent neyron bilan (odatda oraliq neyron ishtirokida) markaziy nerv tizimida emas, balki periferik tugunda tutashadi. Bu tugunni markaziy nerv tizimi bilan bog'lab turuvchi preganglionar tolalar kesilsa ham periferik refleks shikastlanmaydi.
Ye. Sinelnikov o'z vaqtida hayvon tanasidan ichki a'zolarni yaxlit ajratib oldida, fiziologik eritmaga solib tajriba o'tkazdi va shu yo'l bilan to'g'ri ichak cho'zilganda bachadon va qovuq muskullarining qisqarishini ko'rsatib berdi.



Yüklə 36,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin