Bola huquqlarini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi BMTning:
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya;
Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya va Qiynoq va muomala va jazoning shafqatsiz, noinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi boshqa turlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kabi boshqa asosiy xalqaro shartnomalariga ham tayanadi.
BMTning oltita asosiy xalqaro hujjatiga qo‘shilgach, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq tarzda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muayyan xalqaro majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.
BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida” gi Konvensiyasi
BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul qilingan. 1990 yil 2 sentabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan
O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi №757-XII Qaroriga muvofiq qo‘shildi. O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi Konvensiya ishtirokchi-davlatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan tamoyillariga muvofiq, jamiyat barcha a’zolarining o‘ziga xos bo‘lgan qadrqimmati, teng va ajralmas huquqlari yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikni ta’minlashning asosi ekanligi e’tirof etilganligini hisobga olib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Nizomda insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur hujjatlarda ko‘rsatib qo‘yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga ko‘ra har qanday tafovutdan qat’i nazar, ega bo‘lishini e’lon qilganligi va rozilik bildirganligini e’tirof etib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini eslatib,
Jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sib-ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 23 va 24-moddalarda), iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-modda), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli hujjatlarida e’tirof etilganligini e’tiborga olib, bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, «bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetmagan bo‘lsa, maxsus ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka, binobarin, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj» ekanligini e’tiborga olib, ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari («Pekin qoidalari») va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risida deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib, quyidagilar haqida kelishib oldilar:
Dostları ilə paylaş: |