SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIKLAR VA ULARNI SODIR ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Soliq qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik
Mamlakatimizda yuz berayotgan iqtisodiy qayta qurishlar, xo’jalik
faoliyatini yuritish sharoitlarining o’zgarishi, tadbirkorlikning rivojlanishi, turli subyektlar o’rtasida raqobatning avj oldirilishi va boshqa
bozor iqtisodiyoti munosabatlarining rivojlanishi va chuqurlashib
borishi natijasida, jamiyatda soliq sohasida bizga ma’lum bo’lmagan yangi ko’rinishdagi huquqbuzarliklarni yuzaga keltirdi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda soliq sohasida yuz beradigan huquqbuzarliklar odatiy va ko’p tarqalgan hodisalardan biri bo’lib, ular
o’rtasida soliq jinoyatlari (o’zining ijtimoiy xavfliligi va xususiyatlari bilan) ajralib turadi. Sobiq Ittifoq davridagi jinoyat qonunchiligi soliq va boshqa to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun
javobgarlikni nazarda tutmagan hamda bu borada hech qanday amaliyotga ega bo’lmagan. Davlat o’ziga kerak bo’lgan moliyaviy mablag’larni, davlat mulki hisoblangan tashkilotlarning ajratmalaridan shakllantirgani sababli, soliqlar budjet manbasi sifatida “ikkilamchi” xususiyatga ega bo’lgan. Jamiyatning rivojlanishi va aynan 1985 yildan boshlab qayta qurish siyosatining olib borilishi natijasida, Sobiq Ittifoq jinoyat qonunchiligiga (1986 yilda) 179moddasi, ya’ni daromad-lar haqida deklaratsiya berishdan bo’yin tovlaganlik uchun jinoiy javob-garlik o’rnatildi. Har qanday jinoyat to’g’risida so’z yuritganda, birinchi navbatda uning ijtimoiy xavfiga e’tiborni qaratish lozim.
Soliq jinoyatlarining ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlash vaqtida,
birinchi navbatda uning ijtimoiy zararini, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlari bilan belgilangan, soliq va boshqa to’lovlarni to’lashda ifodalangan – ommaviy huquqiy majburiyatga tajovuz qilinishini e’tiborga olish lozim.
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 14-moddasiga binoan
Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (ha-rakat yoki harakatsizlik) jazo qo’llash tahdidi bilan jinoyatdeb topiladi.
Jinoyat kodeksi bilan qo’riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan
yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.
Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha
alomatlari mavjud bo’lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka
tortish uchun asos bo’ladi. Jinoiy javobgarlik - jinoyat qonunchiligi me’yorlarini ijro etilishini;
jinoiy munosabat ishtirokchilariga yuklatilgan huquq va majburiyat-larni amaliy bajarilishi jarayonini; maxsus organ sud tomonidan
shaxsning ijtimoiy xavfli xatti-harakatining salbiy baholanishini; bu shaxsga nisbatan
davlat majburlov chorasi - jinoiy jazo qo’llanilishini anglatadi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi soliqlar yoki boshqa majburiy
to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash deb nomlanib, unga ko’ra:
Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib
ko’rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki boshqa majburiy to’lovlarni
to’lashdan qasddan bo’yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy
jazo qo’llanilganidan keyin ro’y bergan bo’lsa, - eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq
bilan jazolanadi.
Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash: takroran yoki ko’p
miqdorda sodir etilgan bo’lsa, - eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash juda ko’p miqdorda
sodir etilgan bo’lsa, - eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko’rsatilgan foyda (daromad) bo’yicha soliqlar va boshqa
majburiy to’lovlar to’liq to’langan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo
qo’llanilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-moddasida soxta tadbirkorlik uchun
jinoiy javobgarlik belgilangan bo’lib, unga ko’ra ustavida ko’rsatilgan faoliyatni amalga oshirish
maqsadini ko’zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish
(soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko’rish maqsadida korxonalar va boshqa
tadbirkorlik tashkilotlari tuzish - eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Soliq to’lovchining O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida
javobgarlik belgilangan g’ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki
harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik
uchun javobgarligi o’n olti yoshdan boshlab vujudga keladi. Hech kim soliqqa oid huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutil-ganidan boshqa asoslar bo’yicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Hech kim soliqqa oid sodir etilgan aynan bitta huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Agar jismoniy shaxs sodir etgan soliqqa oid huquqbuzarlikda O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bo’lmasa, bu huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan javobgarlik kelib chiqadi.
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka
tortilishi tegishli asoslar mavjud bo’lgan taqdirda, uning mansabdor
shaxslarini ma’muriy, jinoiy va boshqa javobgarlikdan ozod etmay-di. Soliq to’lovchining soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilishi uni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatidan ozod etilmaydi.
Javobgarlikka tortilayotgan shaxs o’zining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikda aybsiz ekanligini isbotlashi shart emas.
Soliq to’lovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik so-dir etilgan taqdirda, jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar uncha
og’ir bo’lmagan moliyaviy sanksiyaniog’irroq jarima bilanqamrab olish yoxud tayinlangan jarimalarni to’liq yoki qisman qo’shish orqali so-liqqa oid huquqbuzarluklar majmui bo’yicha qo’llaniladi. Bunda jarimaning uzilkesil miqdori jarimaning yuqori miqdori nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan eng ko’p miqdoridan oshishi mumkin emas. Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi faktining yo’qligi yoki soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yo’qligi mavjud bo’lgan taq-dirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas: Soliq to’lovchi soliq tek-shiruvi o’tkazilguniga qadar xatoni o’zi tuzatgan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi, penya to’lash bundan mustasno.
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini
istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:
a) soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari bo’lgan qilmishning tabiiy ofat
yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib bo’lmaydigan holatlar oqi-batida sodir etilganligi (mazkur holatlar hammaga ma’lum faktlarni-ng mavjudligi, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ma’lumotlar va isbotlash uchun maxsus vositalar talab etilmaydigan boshqa usullar bilan belgilanadi);
b) soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari bo’lgan qilmish bunday
qilmish sodir etilgan paytda kasallik oqibatida o’z harakatlarini o’zi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan holatda bo’lgan (mazkur holatlarmazmuni, mohiyati va sanasi bo’yicha soliqqa oid huquqbuzarlik sodiretilgan o’sha soliq davriga taalluqli bo’lgan hujjatlarni taqdim etish orqali isbotlanadi) jismoniy shaxs soliq to’lovchi tomonidan sodir etilganda;
v) vakolatli organlar yoki ular mansabdor shaxslarining soliqqa oid
qonun hujjatlarining qo’llanilishi masalalari bo’yicha o’z vakolatlari
doirasida bergan yozma tushuntirishlari soliq to’lovchi tomonidan
bajarilganda. Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun
javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar
e’tirof etiladi:
- huquqbuzarlik sodir etish vaqtida o’n olti yoshga to’lmagan
jismoniy shaxs tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda;
- soliq majburiyatlari bo’yicha da’vo muddatlari tugaganda.
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni engillashtiruvchi
holatlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:
- og’ir shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar kechishi oqibatida
huquqbuzarlik sodir etish;
- tahdid yoki majburlash ta’sirida yoxud moddiy, xizmat yoki boshqa
jihatdan qaramlik sababli huquqbuzarlik sodir etish;
- sud tomonidan javobgarlikni engillashtiruvchi deb topilishi mumkin
bo’lgan boshqa holatlar.
Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik
uchun javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi
javobgarlikni og’irlashtiruvchi holat deb e’tirof etiladi.
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik
chorasi bo’lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida qo’llaniladi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga - soliq
to’lovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qo’llaniladi, soliqlar
va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddati o’tkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq to’lovchi sodir etilgan
huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to’la-gan hollar bundan mustasno.
Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar
faqat sud tartibida qo’llaniladi, penya hisoblash hollari bundan mustasno
Soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penya materiallar sudga
berilgan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda to’langan taqdirda tadbirkorlik subyekti soliq to’lovchi o’ziga nisbatan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lamaganligi uchun jarimalar
qo’llanilishidan ozod qilinadi.
Soliq kodeksi soliqqa oid huquqbuzarliklarning quyidagi turlarini
belgilab bergan:
1) davlat soliq xizmati organidahisobga turishdan bo’yin tovlash;
2) Kirim qilinmagan tovarlarni saqlash yoxud tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko’rsatish);
3) soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish;
4) buxgalteriya hisobini yuritish tartibini buzish;
5) faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi
hujjatlarsiz shug’ullanish;
6) hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishtartibini buzish;
7) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalariningqo’llanilish tartibini
buzish;
8) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddatlarini
buzish;
9) yer uchastkalaridan ularga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi
hujjatlarsiz foydalanish. O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda amalga oshirilayotgan sud huquq tizimini isloh qilish hamda erkinlashtirilishi sharoitida soliq
siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri bu soliq yukini kamaytirish, soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni liberallashtirish,
shuningdek soliq xizmati organlarida faoliyat yurituvchi kadrlarni tanlash va joyjoyiga qo’yishdan iboratdir. Ushbu masalalarni hal qilish yuzasidan davlatimiz tomonidan bir qator soliq islohotlari amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga 2013 yil oktabr va dekabr oylarida hamda 2015 yilning avgust va dekabr oylarida soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni engillashtiruvchi bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, Kodeksning 115 moddasida soliq hisobotini o’z vaqtida taqdim etmaganlik yoki kameral nazorat natijalari bo’yicha aniqlangan tafovutlar asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaganlik uchun belgilangan muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun bir foiz miqdorida, biroq belgilangan to’lov muddatida to’lanishi lozim bo’lgan to’lov miqdoridan tegishli hisobot davri uchun ilgari hisoblangan to’lovlar chegirib tashlangan summaning o’n foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda jarima sanksiyasi bekor qilindi. Ushbu moddaning sanksiyasi soliqto’lovchi yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to’lovchi jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi, deb o’zgartirildi. SHuningdek, 37
O'RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2013 y., 41-son, 543-modda. (buxgalteriya hisobini yuritish tartibini buzish) hamda 117-moddalarining (faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug’ullanish) sanksiyalariga o’zgartirish
kiritilib, yuridik shaxslar emas, balki soliq to’lovchi yuridik shaxs-ning mansabdor shaxsi ma’muriy javobgarlikka tortilishi yoki faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug’ullanganlik uchun shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’lishligi belgilandi. Bizningcha, ushbu o’zgartirish juda adolatli hisoblanadi. Mansabdor shaxsning aybi uchun yuridik shaxsga moliyaviy sanksiyaning qo’llanilishi ishlab chiqarishga, tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Darhaqiqat, buxgalteriya hisobining yo’qligi yoki buxgal-teriya hisobini belgilangan tartibni buzgan holda yuritganlik, hisoblanishi lozim bo’lgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasini aniqlab bo’lmasligiga olib kelish bu yuridik shaxsning emas bal-ki mansabdor shaxsning aybi hisoblanib, ana shu ayb uchun man-sabdor shaxs jazoga tortilishi adolatdan hisoblanadi. SHuningdek, mazkur Kodeksning 120moddasida soliqlar va boshqa majburiy to’l-ovlarni to’lash muddatlarini buzish to’lovning belgilangan muddati-dan keyingi kundan e’tiboran muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun hisoblanishi nazarda tutilgan 0,05 foiz miqdorida penyaning
miqdori 0,033 foizga o’zgartirilish ham soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni bir muncha engillashtirishigasabab bo’ldi. Bundan tashqa-ri, Soliq kodeksining 114-moddasida kirim qilinmagan tovarlarni saqlash (ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar tashqari) —kirim qilinmagan tovar qiymatining 20 foizi miqdorida (avvalgi tahririda: kirim qilinmagan tovar qiymati miqdorida deb belgilangan edi) jarima solishga sababbo’ladi. Kirim qilinmagan tovarlar qo’zg’atilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yoki jinoyat ishi doirasida davlat daromadiga o’tkazilgan taqdirda, kirim qilinmagan tovar qiymatining 20foizi miqdorida jarima solish jazosiqo’llanilmaydi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko’rsatish) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)realizatsiya qilishdan tushgan tushum yashirilgan (kamaytirib ko’rsatilgan) summasining 20 foizi miqdorida (avvalgi tahrirda yashirilgan
(kamaytirib ko’rsatilgan) tushum summasiga teng miqdorda deb belgilangan edi) jarima solishga sabab bo’ladi, deb o’zgartirildi. Tovar-larni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan
tushumning yashirilgan (kamaytirib ko’rsatilgan) summasiga qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash amalga oshiriladi. Oldingi tahririda esa yashirilgan
(kamaytirib ko’rsatilgan) tushum summasi soliqlar va boshqa majbu-riy to’lovlarni hisoblab chiqarish maqsadida hisobga olinmaydi hamda mazkur soliqqa oid huquqbuzarlik yuzasidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qayta hisobkitob qilinmaydi, deb belgilan-gan edi. Kirim qilinmagan tovarlar qo’zg’atilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yoki jinoyat ishi doirasida davlat daromadiga o’tkazilgan taqdirda, kirim qilinmagan tovar qiymati miqdorida jarima
solish jazosi qo’llanilmaydi.
Yuqoridagi Soliq kodeksiga kiritilgan o’zgartirishlardan ko’rinib
turibdiki, soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni adolatli
bo’lishi, shuningdek javobgarlikni liberallashtirilishi birinchi navbatda davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qo’llab quvvatlashga, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgar-likni liberallashtirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlardir.
O’RQ398-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2016 y., 1-son, 2-modda.
O’RQ398-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2015 y.,33-son, 439-modda.
O'RQ-359-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2013 y., 52-son, 685-modda.