Reja: Soliq qonunchiligining jinoiy alomatlari va jazo choralari


Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik



Yüklə 44,43 Kb.
səhifə3/3
tarix10.05.2023
ölçüsü44,43 Kb.
#110759
1   2   3
SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIKLAR VA ULARNI SODIR ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik 
Yuridik adabiyotlarda ma’muriy javobgarlikni qo’llashning ikki asosi 
ko’rsatib o’tilgan: birinchidan, qonun huquqiy (me’yoriy) asos sifatida; 
ikkinchidan, ma’muriy nojo’ya xatti-harakat, faktik asos sifatida.
Bu ikkala asos ham O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’z 
ifodasini topgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy 
javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 1moddasiga tayanadigan bo’lsasoliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikning
huquqiy asosini O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qodeksi, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O’zbe-kiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati to’g’risidagi qonun va boshqa qonun va qonunosti hujjatlari (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari) tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 10moddasi 1qismiga binoan esa, ma’muriy huquqbuzarlik deganda (faktik asosi) qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarliqqa tortish nazarda tutilgan, g’ayrihuquqiy, aybli sodir etilgan hara-kat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Amaldagi qonunchilikka binoan, soliq sohasidagi ma’muriy 
javobgarlik – qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, 
demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning 
muqarrarligi tamoyillariga asoslanadi.
Soliq sohasidagi ma’muriy javobgarliknining asosiy vazifalari bo’lib 
esa: soliq sohasida o’rnatilgan davlat boshqaruvini (tartibini); 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini; ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlash; ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarning o’z vaqtida va obyektiv ko’rib chiqilishi; bunday huquqbuzarliklarning oldini olish; fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash hisoblanadi. Umumiy qoidagako’ra, soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka huquqbuzarlikni sodir etgan paytda o’n olti yoshga to’lgan fuqarolar tortiladilar. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik 
to’g’risidagi kodeksning 17-moddasiga binoan esa, 
O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar umumiy asoslarda, ya’ni O’zbekiston Respub- likasi fuqarolari singari, ma’muriy javobgarlikka tortilishi belgilangan.
Soliq sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatlaridan kelib 
chiqadigan bo’lsak, shaxs nafaqat 16 yoshga to’lgan bo’lishi, balki 
qonun hujjatlari bilan unga soliq va boshqa to’lovlarni to’lash majburiyati ham yuklangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari, soliq sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs o’z xatti-harakatlarining oqibatini tushuna olishi, ya’ni aqli raso shaxs bo’lishi ham kerak. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgar- likning ikkinchi asosiy subyekti bu mansabdor shaxslardir.
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 15modda 2qismiga binoan mulk shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa,tashkilotda muayyan mansabni egallab turgan shaxs, basharti unga rahbarlik, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruvnazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar 
harakati bilan bog’liq bo’lgan vazifalar yuklatilgan bo’lsa, mansab-dor shaxs deb hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ba’zi davlatlarda soliq 
qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikning alohida 
subyekti sifatida – yuridik shaxslar ham namoyon bo’ladi.
Masalan, Rossiya Federatsiyasi O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 2.10bandiga binoan yuridik shaxslar, 2.6bandiga binoan esa horijiy yuridik shaxslarning soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarligi ko’rsatib o’tilgan. 
AQSH va ko’pgina G’arbiy Evropa davlatlarida soliq qonunchiliginibuzganlik uchun yuridik shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi belgilangan (bu davlatlarning javobgarlik tizimida ma’muriy javobgarlik mavjud emas).
Soliq sohasidagi ma’muriy javobgarlikning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, sodir etilgan huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo’lgan taqdirda, bu ishni ko’rib chiqishga vakolati bo’lgan organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etishi mumkin.
Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy jazo qo’llanish 
chog’ida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni engillash-tiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi. Amaldagi qonunchilik mazmunidan kelib chiqadigan bo’lsak, soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni engillashtiruvchi holatlarga quyidagilar kiradi: aybdorning o’z qilmishidan chin ko’ngildan pushay-mon bo’lishi; aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda to’lashi yoki keltirilganzararni bartaraf qilishi; huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og’ir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi; huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta’sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodir etilishi; huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi; huquqbuzarlikning homilador ayol yoki o’n to’rt yoshgacha bo’lgan bolasini yakka o’zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiquvchi organ 
(mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni engillashti-ruvchi holat deb topishi mumkin. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarga esa quyidagilar kiradi: g’ayrihuquqiy harakatlarni to’xtatish vakolati bor shaxslar 
tomonidan qo’yilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom 
ettirish; ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida 
yana o’sha xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek 
huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi;
voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish; huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi; huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda sodir etilishi; huquq-buzarlikning mast holda sodir etilishi.
Ma’muriy jazo chorasini qo’llanuvchi organ (mansabdor shaxs) sodir 
etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab mazkur ho-latni aybni og’irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.
Shaxs ikki yoki undan ortiq soliq sohasidagi ma’muriy 
huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ma’muriy jazo har bir 
huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qo’llaniladi.
Agar shaxs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo’lib, shu 
haqdagi ishlar bir vaqtning o’zida ayni bir organ (mansabdor shaxs) 
tomonidan ko’rib chiqilayotgan bo’lsa, bu shaxsga nisbatan qo’llaniladigan jazo og’irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya 
doirasida qo’llaniladi. Ma’muriy jazo soliq huquqbuzarligi sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmay qo’llanilishi mumkin. Jinoyat ishini qo’zg’atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo’lsayu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma’mu-riy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo’lsa, ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo’zg’atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay qo’llanili-shi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 38moddasiga asoslanadigan bo’lsak, soliq sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi, ya’ni davlat va mahalliy budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga qonun hujjatlari bilan belgilangan to’lovlarni o’tkazishi shart.
Soliq sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarning tarkibi - 
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning “Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” deb nomlangan XIII bobida ko’rsatib o’tilgan. Unga ko’ra quyidagi soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik qo’llaniladi:
1)Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin 
tovlash;
2)Daromadlar to’g’risida deklaratsiya taqdim etishdan bo’yin 
tovlash, deklaratsiyani o’z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin 
noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish;
3)Soliq solinadigan obyektlarning hisobini olib bormaslik yoki 
kassa operatsiyalarini yuritish tartibini, shuningdek to’lov intizomini 
buzish;
4)Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish;
5)Soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo’llanish 
tartibini buzish va boshqalar.
Masalan, Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash (O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 174moddasi). Soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirish (kamaytirib ko’rsatish) yoxud soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lashdan qasddan bo’yin tovlashfuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan yetti baravarigacha miq-dorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo’lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa o’n baravaridan o’n besh bara-varigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Yüklə 44,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin