Reja: Sotish jarayoni haqida tushuncha va unda xarajatlarni o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 186,93 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü186,93 Kb.
#211360
1   2   3   4
5 мавзу Бош ҳис лотинча

7-muomala. Royalti bo’yicha olinadigan summa aks ettirilganda
D-t 4850-«Olinadigan royalti» scheti – 12300 so’m
K-t 9510-«Royalti ko’rinishidagi daromadlar» scheti – 12300 so’m.
8-muomala. Qisqa muddatli bank krediti bo’yicha foizlar hisoblanganda
D-t 9610-«Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar» scheti – 12000 so’m
K-t 6920-«Hisoblangan foizlar» scheti – 12000 so’m
9-muomala. Foydadan byudjetga to’lovlar bo’yicha summalar hisoblanganda
D-t 9810-«Daromad(foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» – 82600 so’m
K-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)"scheti–82600 so’m
10-muomala. Daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schetlar to’liq yopildi va yakuniy moliyaviy natija aniqlandi:
10 a) Daromadlarni hisobga oluvchi schetlarning yopilishi:
Debet 9010-«Tayyor mahsulotni sotishdan daromadlar» scheti–826000 so’m
Debet 9510-«Royalti ko’rinishidagi daromadlar» scheti – 12300 so’m
Kredit 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» scheti – 838300 so’m
10 b) Xarajatlarni hisobga oluvchi schetlarning yopilishi:
Debet 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» scheti – 618000 so’m
Kredit 9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi» scheti –506000 so’m
Kredit 9410-«Sotish xarajatlari» scheti – 17400 so’m
Kredit 9610-«Foiz ko’rinishidagi xarajatlar» scheti – 12000 so’m
Kredit 9810-«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» scheti –82600 so’m


2.Sotish jarayonida boshqaruv hisobi byudjetlari va ular ahamiyati.


Iqtisodiy adabiyotlar tahlil qilinganida byudjet va byudjetlashtirish, daromad va xarajatlar byudjetiga doir umumiy metodologik usullar yoritilganligini ko’rishimiz mumkin. “Byudjet” so’zi qadimgi normand tilidan olingan bo’lib, “bougette” xalta, karmon, charm qop, pul to’la qop degan ma’nolarni anglatadi1. B.Nidlz, M.Pauers, S.Millz va G.Andersonlarning fikricha: “byudjet – kelgusidagi iqtisodiy operasiyalar, xo’jalik faoliyati va natijalarni moliyaviy va nomoliyaviy ko’rsatkichlar ifodasida bashorat qiluvchi harakatlar rejasidir”2. Rossiyalik iqtisodchi olimlar Ye.A.Anankina, S.V.Danilochkin va N.G.Danilochkinlarning fikricha, “byudjet – korxonaning yaxlit yoki alohida bo’limlari faoliyatini miqdoriy eks etgan rejasidir”3. Respublikamiz iqtisodchi olimlari A.X.Pardayev va Z.A.Pardayevalarning fikricha, “byudjet – bu rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirishdan oldin tuziladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi”4. Buyuk Britaniyadagi boshqaruv hisobi bo’yicha Qirollik universiteti (CIMA) ma’lumotlariga ko’ra, “byudjetlashtirish iqtisodiy boshqaruvning eng mashhur vositasi hisoblanib, 80% kompaniyalarda qo’llaniladi”5.
Ko’pgina iqtisodchi olimlar byudjetlashtirishga turlicha yondashishadi, masalan - moliyaviy rejalashtirish jarayoni6, moliyaviy nazoratni optimallashtirish vositasi7, boshqaruv hisobi vositasi8, korxona faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish vositasida byudjetlarni ishlab chiqish jarayoni9, operativ boshqaruv uslubi10.
Respublikamiz iqtisodchi olimlaridan B.A.Xasanov va A.A.Xashimovlarning fikricha, “byudjetlashtirish – korxonaning ma’lum davrga mo’ljallangan moliyaviy-xo’jalik faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi”11.
Jahon tajribasiga ko’ra “byudjetlashtirish quyidagi ijobiy jihatlarga ega:
- jamoaning ruhiyatini ko’tarishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi;
- korxona faoliyatini yaxlit holda muvofiqlashtirish imkonini beradi;
- byudjetga o’z vaqtida tuzatishlar kiritish imkoniyati mavjud;
- oldingi davrlarda tuzilgan byudjetlarning ijobiy jihatlarini olish imkoniyati mavjud;
- resurslarni taqsimlash jarayonini takomillashtirish imkoniyati mavjud; - rejalashtirilgan va erishilgan natijalarni taqqoslash vositasi bo’lib xizmat qiladi
Byudjetlashtirishning salbiy jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Byudjetlashtirish tizimining murakkabligi va qimmatga tushishi;
- Byudjet bo’yicha ma’lumotlarning har bir xodimga yetib bormasligi ularning ish natijalariga va ruhiyatiga ta’sir etmasligi;
- Byudjetlashtirish tizimidagi arzimagan o’zgartirish reja va hisobot ko’rsatkichlarini qaytadan ko’rib chiqish va byudjetni boshqadan tuzishni taqozo etishi mumkin”12.
Umuman olganda byudjetlashtirishning ahamiyati quyidagilarda ko’rinadi:
“rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
kompaniya moliyaviy barqarorligining barcha jihatlarini baholash;
korxona tashkiliy tuzilmalari tomonidan moliyaviy tartib-intizomni mustahkamlash;
alohida xo’jalik faoliyati va tarkibiy tuzilmalar faoliyati samaradorligini uzluksiz nazorat qilish;
kompaniya moliyaviy holatidagi o’zgarishlar ustidan doimiy nazorat qilish”13.
“Bozor iqtisodiyoti sharoitida aynan byudjetlashtirish asosiy rejalashtirish jarayoni bo’lib, boshqaruvning muhim funksiyasini tashkil qiladi. Byudjetlashtirishning jahon tajribasiga e’tibor qaratiladigan bo’lsa, uning tashkiliy, metodologik va dasturiy-texnik muammolarini ko’rib o’tish mumkin.
Metodologik xarakterdagi asosiy kamchiliklar sifatida byudjetlarning yagona tasnifi, byudjetlarni ijro etishda tahlil va nazorat qilish texnologiyasi, moliyaviy natijalar va moliyaviy holatni baholashning optimal metodikasi mavjud emasligini keltirib o’tish mumkin.
Byudjetlarni tasniflashning asosiy muammolariga quyidagilarni kiritish mumkin: byudjet moddalari bo’ysunuvchanligi belgilanmagan; byudjet nomlanishida yagona terminologiya mavjud emas; muayyan bir xil ko’rsatkich turlicha talqin etiladi.
Korxona moliya-xo’jalik faoliyatidan kelib chiqqan holda uning faoliyatini har tomonlama qamrab olgan, shuningdek yakuniy moliyaviy natijalarni tavsiflovchi byudjetlarning kompleks tizimi samarali hisoblanadi. Bu kabi byudjetlarni tuzish yagona axborot bazasini shakllantirishni taqozo etadi. Mazkur axborot bazasi har bir byudjet uchun hisob-kitob ko’rsatkichlarini aniqlash, ularni hisob-kitob qilish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini berishi kerak.
Daromad va xarajatlar byudjeti kompaniya faoliyati samaradorligini boshqarishni ta’minlaydi. Amaliyotda foydaning bir nechta turlari mavjud: yalpi foyda, marjinal foyda, operasion foyda, soliq to’langunga qadar foyda va sof foyda. Daromad va xarajatlar byudjetining mazkur ko’rsatkichlari muayyan maqsadga xizmat qiladi.
Daromad va xarajatlar byudjetidan foydalanishda hisob siyosati muhim o’rin tutadi, ya’ni moliyaviy byudjetlar qabul qilingan hisob siyosatiga juda ham bog’liq. Ammo bu masalaga hamisha chuqur e’tibor qaratilmaydi. Bunda korxonada hisob siyosatini ishlab chiquvchi yetuk mutaxassis mavjud emasligi asosiy muammo emas, korxona menejerlari hisob siyosatiga ikkinchi darajali masala sifatida qaratiladi. Menejerlar uchun hisob siyosati masalalari murakkab va unchalik muhim emas bo’lib tuyuladi. Ammo menejerlar boshqaruv hisobotlari, masalan daromad va xarajatlar byudjetini qabul qilishda foyda va zarar miqdori xususida juda ko’plab savollar (nima uchun o’tgan yilga nisbatan foyda kam, nima uchun xarajatlar oshib bormoqda) berishadi. Hisob siyosatining asosiy qoidalarini tushunmaslik oqibatida menejerlar moliyaviy hisobot ma’lumotlarini, daromad va xarajatlar byudjeti ma’lumotlarini talqin qiladi. Yana bir bor shuni ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini bilmaslik, samarasiz qarorlarni qabul qilinishiga va muammoli vaziyatlarning o’z vaqtida aniqlanmasligiga olib keladi.
Moliyaviy byudjetlarning uchta asosiy turi mavjud: daromad va xarajatlar byudjeti, pul mablag’lari harakati byudjeti, balans moddalari byudjeti. Moliyaviy byudjetlar bilan birgalikda operasion byudjetlarning 10 dan ortiq turi ham mavjud. Operasion byudjetlar byudjetlashtirish obyektlariga qarab turlicha bo’ladi (sotish byudjeti, ishlab chiqarish byudjeti, sotish xarajatlari byudjeti va hokazo).
Demak, moliyaviy byudjetlarning uchta asosiy turi bo’yicha mulkdorning aniq maqsadlari mavjud: biznes qancha foyda keltiradi, qancha miqdorda pul mablag’lari kirimi va chiqimi yuz beradi, biznesni yuritishda aktivlardan qay darajada samarali foydalaniladi.
Yuqoridagi uchta maqsadga erishishda moliyaviy byudjet ma’lumotlarini yaxlit holda tahlil qilish orqali korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holati haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin. Shuningdek, yuqoridagi uchta holat bo’yicha korxona rahbariyati axborotlarga ega bo’lgan holda faoliyatni boshqarish va nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Daromad va xarajatlar modeli byudjetlashtirish moliyaviy modelining muhim elementi hisoblanadi. Daromad va xarajatlar modeli yordamida korxona faoliyati samaradorligini aniqlash mumkin. Shu boisdan daromad va xarajatlar summalarini ularning operasion byudjetlar daromad va xarajatlari bilan bog’liqlikda tekshirish kerak. Darvoqye, daromad va xarajatlarni konsolidasiyalash uchun talab etiladigan asosiy axborotlar funksional va investision byudjetlarni tuzish jarayonida tayyorlanishi kerak.
Daromad va xarajatlar modelini tuzishda asosiy muammolardan biri xarajatlar qismining shakllanish metodikasiga bog’liq. Bunda asosiy e’tibor mahsulot tannarxiga qaratilishi kerak, chunki mahsulot tannarxi avvalo daromad va xarajatlar byudjetida foyda summasiga ta’sir qiladi, shuningdek buxgalteriya balansida zaxiralar va tayyor mahsulot qiymatiga ta’sir qiladi. Xarajatlar to’g’risidagi boshqa ma’lumotlar ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Ya’ni daromad va xarajatlar byudjetiga korxonaning barcha xarajatlari kiritilishi kerak. Xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarning to’liq aks ettirilmasligi korxona faoliyatining haqiqiy holati xususida noto’g’ri ma’lumotlar shakllanishiga olib keladi.
Bundan tashqari daromad va xarajatlar byudjetiga ma’lumotlar faqat funksional byudjetlar ma’lumotlaridan emas, balki investision loyihalar byudjetlaridan ham shakllanadi. Masalan, korxona faoliyatini kengaytirish maqsadida loyihalash xarajatlarini daromad va xarajatlar byudjetiga kiritilmasligi oqibatida, joriy davrda korxonaning foydasi oshishiga olib keladi. Yana shunday holatlar ham bo’ladiki, korxona qimmat turadigan asosiy vositasini sotishi orqali foyda miqdori keskin oshib ketishi mumkin. Korxona rahbariyati foydaning keskin oshib ketishi sabablariga e’tibor qaratishi uchun daromad va xarajatlar byudjeti natijalarini chuqur tahlil qilishi kerak.
Quyidagi 1-jadvalda ishlab chiqarish korxonasining daromad va xarajatlar byudjetining namunasi keltirilgan.
Daromad va xarajatlarning 1-jadvalda keltirilgan ushbu namunasi umumiy ko’rinishga ega. Ya’ni bu yerda mahsulot turlari yoki faoliyat turlari bo’yicha batafsil namuna keltirilmagan. Masalan, mahsulot sotishdan tushgan sof tushum, sotilgan mahsulot tannarxi va sotish xarajatlari ko’rsatkichlarini mahsulot turlari bo’yicha keltirish mumkin. Bu holatda ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratishga to’g’ri keladi.

Yüklə 186,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin