Integratsiya ta'lim jarayonini optimallashtirish vositasi Reja



Yüklə 42 Kb.
tarix29.03.2023
ölçüsü42 Kb.
#91071
1426042536 60312


Integratsiya - ta'lim jarayonini optimallashtirish vositasi
Reja:
1 Integrallashgan ta'lim afzalliklari.
2. Ta'lim integratsiyasi yo'nalishlari.
3. O'quv fanlararo bog'lanishni ta'minlash.
4. Ta'limni psixologik muhofaza qilish.


Asosiy tushunchalar: integrallashgan ta’lim, yo’nalish, o’quv fani, fanlararo bog’lanish, integrasiyaning darajalari.

Davlat ta`lim standartlari qabul qilingach ta`lim mazmunini qisman yangilanadi. Davlat ta`lim standarti talabalari asosida yangi o`quv dasturlari va darsliklar ishlab chiqildi. Lekin kuzatishlar shuni ko’rsatadiki o`quv rejasida o`quv predmetlarining soni ortib ketgan. Bugungi kunga esa o`quv rejasida 27 ta o`quv fani mavjud. Shu o`rinda bir savol tug`iladi. O`quv fanlari miqdorini ko`paytirish orqali o`quvchining bilim darajasini oshirishga erishilayaptimi? Yo`q albatta!



  1. O`quv fani ko`paygan sari o`quvchilarga taqdim etiladigan bilimlar maydalashib bormoqda.

  2. O`quv darsliklarda takror materallarning miqdori ortmoqda.

  1. O`quvchining ijtimoiy tajribasida kirmay qolayotgan bilim va tushunchalar ko`paymoqda.

  2. DTS lari bilan o`quv dasturlari orasida nomunofiqlik vujudga kelmoqda.

5. DTSda 4ta ta`lim sohasi ya`ni “ona tili”, “matematika”, “tabiat”, “inson va jamiyat” ta`lim sohalari berilgan bugungi kunda o`quv rejasi 10ta o`quv predmeti mavjud. Singapur ta`lim tizimida boshlang`ich siniflar uchun 4ta o`quv predmeti mavjud ekan. Ular “ona tili”, “matematika”, “estetika”, hamda “jismoniy tarbiya”. Ta`lim jarayonida muayyan o`quv fani “ona tili”, “tarix”, “adabiyot” kabilarga oid bilimlar bilan xalqning ijtimoiy tajribasi, til boyligi, manaviy, manaviy qadriyati bilim va tushunchalar shaklida o`rnatilishi lozim.
Amaldagi ta`lim jarayonini tahlil qilish natijalari shuni kursatadiki, u yoki bu o`quv fani mazmunida o`quvchining tajribasiga kirmay qolgan bilim va tushunchalar mavjud. Buning asosiy sababi o`quv fanining mazmuni uta murakkab yoki soda ekanligidadir. Agar o`quv matereali murakkab bo`lsa, o`quvchi uni to`liq uzlashtirishga qiynaladi. Bugungi kunga kelib jaxondagi mamlakatlarning 70% ta`lim tizimida entigrativ xarakterdagi o`quv dasturlari va darsliklardan foydalanib kelmoqda. Har bir mamlakat ayni shu davlatning ta`lim tizimiga quyilgan buyurtmaning tabiatdan kelib chiqqan holda joriy qilib kelmoqda. Buyuk Biritaniya ta`lim tizimida entigratik fanlar joriy qilingan bo`lsa, Koreya va Shveytsariyada entegratsiyalashgan fanlar yoki alohida o`quv predmetlari kong va Germaniyada ham alohida fanlar, Vengriyada madaniy yunalishdagi o`quv predmetlari, inson va tabiat entegratik fanlar Niderlandiyada alohida o`quv predmetlari mujassamlashtirilgan holda o`qitiladi.
DTS“ona tili”, “matematika”, “tabiat”, “inson va jamiyat” ta`lim sohalari belgilab berilgan. Ta`lim jarayonini intigartiv dasturlar va darsliklar asosida tashkil etish orqali o`quv- biluv jarayoni natijasida samaradorlikka erishish nazarda tutiladi. Intigratsiyaning turli darajalarda foydalanish maqsadga muofiqdir.
1. Mavzularni ketma- ket taqdim etish asosidagi intigratsiya. Bunda o`quv matereallarini bayon qilishda konsentrizim prinsipiga amal qilinadi, ya`ni oldingi o`quv matereali keyingisini to`ldiradi.
2. O`quv dasturlarida o`zaro uyg`unlashgan nuqtalarni vujudga keltirishga asoslangan integratsiya. Bunda ham takror tarzda beriladigan taftalogiya asosidagi o`quv materiallarining oldini olish uchun dasturlarda mavzular aro uyg`unlikni ta`minlash muhim ahamiyatga ega.
3. Modullashgan integratsiya; bunday intigratsiya doirasida turdosh o`quv fanlariga oid bilim va tushunchalar bir tizimga solingan holda, uzviy tarzda o`quvchilarga taqdim etiladi.
4. Integrativ dasturlar ushbu tipdagi dasturlar bir necha o`quv predmeti yoki o`quv fanlariga oid mavzularni nazarda tutadi. Bugungi kunga kelib o`quv rejasida o`quv predmetlarining soni maksimum ko`payib ketgan. Bunday tipdagi dasturlar yaratishga kuchli ihtiyoj sezilmoqda. Dastur va darsliklarni o`rganish, tahlil qilish natijalari shuni ko`rsatadiki boshlang`ich siniflarda yo`l harakati qoidalari, odob noma, Konstitutsiya saboqlariga oid tushunchalarni yagona holda “ona tili”, “o`qish” dasturlariga uyg`unlashotirish lozim.
5. Mavzular aro intigratsiya bir kurs doirasida beriladigan o`quv matereallari boshqa bir kurs doirasidagi mohiyatidagi yaqin bo`lgan matereallari uyg`ulashtiriladi. Ta`imda entegratsiyani amalgam oshirish ham iqtisodiy jihatdan ham pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Dasturda o`quv fani mazmunining maksimum dara jasi hamda sinfma- sinf belgilab berilgan DTS asosida o`quvchining bilim hamda tayorgallik darajasiga qo`yiladigan minimum talablar o`z ifodasini topadi.
5-9 sinf o`quv dasturlari jiddiy islohga muhtoj
1. Ona tili va o`qish fanlari mazmunida umumiy kompanentlar nutq o`stirish milliy va umuminsoniy muloqot madaniyati miyorlarini mashiqlar hikoyalar orqali yetkazish nazarda tutilganda “odobnoma”, “Atrofimizdagi olam”, “Iqtisodiy bilim asoslari”, “Konistutsiya saboqlari” darslariga ehtiyoj qolmaydi.
2. 5-9 sinflarda ham “ona tili”, “adabiyot”, “tarix”, “davlat va huquq aso slari” kabi o`quv fanlari uyg`unlashtirish saboqlari optimallashtirish nuqtai nazardan samaralidir.
5-9 sinflarda o`quv fanlarini intigratsiyalash natijasida o`quv rejasiga ijtimoiy gumanitar fanlarni kiritish mumkin. Bunda birinchi navbatda o`quv materallarining mazmun jihatdan boy va ko`p mamlakatlarning ta`minlash muhim ahamiyatga ega. Integrasiyaning u yoki bu darajasini ta`lim jarayonida qo`llash natijasida o`quvchining vaqti va kuchi tejaladi, uning bilish imkoniyatlari kengayadi. Ota- onalarning hamda davlatning o`qish jarayoniga sarflaydigan mablag`ini iqtisod qilish imkoniyati vujudga keladi. Mavzular aro integratsiya asosida o`quv biluv jarayoni natijalarini istiqbollik qilish mexanizimlari yaratiladi. O`quv biluv jarayoni integral dasturlar asosida tashkil etish sohasidagi xalqaro tajribalarda keng foydalanish uchun qulay imkoniyatlar tug`iladi.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent “O`zbekiston” 1997
2. Barkamol avlod orzusi. Tuzuvchi muallif. SH. Karimov va boshqalar. Toshkent “Sharq” 1999
3.Mavlonova.R,Raxmonqulova.N.Boshlang`ich ta`limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Toshkent “O`qituvchi” 2006
4.Tursunov.I,Nishonaliyev U pedagogika kursi.Toshkent“O`qituvchi” 1997
Yüklə 42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin