Reja: Sotsiologiyada sotsial institutlar. Sotsial institutlar amal qilishining ob’ektiv va sub’ektiv asoslari. Sotsial tashkilotlar, ularning tarkibi va asosiy elementlari. Sotsial tizimlar va ularning asosiy xususiyatlari


Sotsial tizimlar va ularning asosiy xususiyatlari



Yüklə 73 Kb.
səhifə4/4
tarix17.03.2023
ölçüsü73 Kb.
#88387
1   2   3   4
Reja Sotsiologiyada sotsial institutlar. Sotsial institutlar am

Sotsial tizimlar va ularning asosiy xususiyatlari.
Sotsial institutlar, tashkilotlar va ijtimoiy hodisalar turli xil o’ziga xos kesishmalarda sotsial tizimni tashkil etadi. Odatda tizim deyilganda bir-birlari bilan o’zaro aloqada bo’lgan va muayyan butunlikni tashkil etuvchi, alohida tarzda tartiblashgan elementlar majmui tushuniladi. Sistemali yondashuvning asosiy vazifalaridan biri ob’ekt to’g’risidagi barcha bilimlarni bir butun sistemaga keltirishdir.
Sotsial tizimlar formatsion, madaniy, individual-shaxsiy sifat va darajalarida kurilishi mumkin.
Formatsion yondashuvda jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar sotsial, mafkuraviy va siyosiy munosabatlar sotsial, mafkuraviy va siyosiy munosabatlardan iborat tabiiy-tarixiy bir butun sistemadir.
Sotsial tizimlarning murakkab iyerarxiyasi mavjud. Jamiyatning o’z butunligi sifatida eng katta tizim hisoblanadi. Uning iqtisodiy, sotsial, siyosiy va mafkuraviy kabi muhim ost tizimlari mavjud. Boshqa ost tizimlar - sinflar, etnik va xokazolardir. Sanab utilgan ost tizmilar o’z navbatida bir qancha boshqa tizimlardan iboratdir. Sotsial tizimlar ko’p xollarda bir-biri bilan “kesishgan” bo’ladi, aynan bir individlar turli xil tizimlar elementi bo’lishi mumkin. Ularning har bir bosqichlari bilan aloqada yoki ulardan mustasno ravishda nisbiy mustaqildir.
Sotsial tizim qonuniyatlari uning ichki atributidir. Bu qonuniyatlarni tizimga ta’sir ko’rsatuvchi qandaydir asosiy omil deb qarash mumkin emas. Sotsial aloqadorlik qonuniyati - bu mazkur sotsial tizim va uning tuzilishi qonuniyatidir. Muayyan sotsial tizim almashuvi bir vaqtning o’zida tegishli sotsial aloqadorliklarning almashishi hamdir, chunki ular sotsial tizim vujudga kelishi bilan paydo bo’ladi va sotsial tizim tarkalishi yoki o’zgarishi bilan to’xtab qoladi. (Individning o’zi yashab turgan sotsial tizim qonunlariga bo’ysinmasdan iloji yukdir).
Sotsial tizim qonuniyatlari individ xayoti-faoliyatini belgilab beradi. Individ u yoki bu tarzda sotsial sistema norma va qadriyatlarni qabul qiladi, ijtimoiylashadi. Uning faoliyati ijtimoiy belgilangandir.
Shu bilan birga faoliyat ko’rsata olishlikning bir qancha varianlari ham mavjud bo’lib, ular orasidagi o’ziga ma’qulini tanlab olish mumkin.
Sotsial tizimlar xillarini ko’rsatish ir muncha shartlidir. Sotsial tizimni u yoki bu mezon asosida ajratish sotsiologik tadqiqot vazifasi bilan belgilanadi.
Aynan bir xil sotsial tizim (masalan, oila) teng ravishda ham sotsial na’zorat tizimi, ham sotsial institut, ham sotsial tashkilot sifatida qaralishi mumkin.
Bizning xozirdagi mavjud jamiyatimizni sotsial tizimning muayyan qoqret shaqli sifatida. Uning funksianal va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo’lakchalarining o’ziga xos tamoillarini, o’zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o’rganib, tugri boshqarish muhim ahamiyatga egadir. Chunki o’z vaqtida keyingi oqibati oldindan sotsiologik asosda tahlilqilinmagan va oldi olinmagan nuksonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.
Sotsiologiya tarixida jamiyat o’z ijtimoiy extiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushuniladi. Shu bilan birga jamiyat ayrim kishilarning birligigagina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.
Sotsiologiya ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi va funksional qonuniyatlari, harkatlantiruvchi kuchlarini o’rganuvchi fandir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o’rtasidagi aloqalarni, shuningdek, shaxs, kishilarning ijtimoiy hulqi. uning jamiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Xozirgacha jamiyat xayotini sotsiologik jihatdan tatqiq qilish asosan, ikki yo’nalishda rivojlanib keldi. Birinchi yo’nalish: O.Kontdan fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym orqali rivojlantirilgan elemenlar amerikalik olim T.Parsonlarning psixologik ta’limoti. Bu yo’nalishda ijtimoiy tizim o’zgarishi tashqi kuchlar ta’siri orqali tushuntirilib, ko’proq psixologik kishilarga e’tibor berilgan.
Ikkinchi yo’nalish: marksistik sotsiologik ta’limot bo’lib, unda ijtimoiy tizim ichki ziddyatlar asosida, ichki kuch ta’siri orqali tushuntirilib materialistik mohiyatga ega bo’lgan moddiy munosabatldarning belgilovchi ro’liga asosiy e’tibor qaratilgan.
G’arb va amerika sotsiologiyasida ijtimoiy tizimning muhitidagi “muvozanatini” saqlashga asosiy e’tibor beriladi.
O.Kont va E.Dyurkgeym sotsiologik kurashlarga asoslanib, jamiyatning bir butunligi uning “ijtimoiy muhitidagi doimiy muvozanati” ichki va tashqi ta’sirini muvofiqlashtirish sotsiologiyaning asosiy vazifasi qilib belgilangan. Umuman, ijtimoiy tizim tarkibidagi o’zgarish va integratsiya sifatidagi parsolening funksional sotsiologik ta’limoti muvozanat to’g’risidagi nazariyasidir.
Marks sotsiologiyasida esa ijtimoiy tizimlarning o’zaro ziddiyatlilik harakteri “muayyan muvozanatdan og’ish” emas, balki ularning (ijtimoiy tizimlarning) tarkibiy tuzilishi mohiyati qonuniyatli ikki rivojlanishning zaruriy natijasidir.
Ijtimoiy tizimlar mohiyatini bunday tushunish-jamiyatda ichki ijtimoiy ziddiyatlar (konfliktlar) sinfiy kurashlar ro’y berilishi va ular jamiyat rivojining asosini, mohiyatini belgilashni anglatadi. Marks va Engelsning “Xozirgacha utgan jamiyat tarixi-sinflar kurashi tarixidan iboratdir” - degan iborasi fikrimizning dalilidir.
Har ikki ta’limot ham jamiyat xayotidagi muhim belgilrani o’zga mujassamlashtirgan.
Sotsiologik amaliyot funksional o’zgarishlarsiz, evomotsiyasiz, revomotsiya tushunchasi bilan, funksional munosabatlar taxlilstz ijtimoiy tizimlar rivojlanishini faqat ziddiyat va konfliktlar orqali asoslashga urunuvchi ta’limot jamiyat xayotini bir tomonlama o’rganishga olib kelishini ko’rsatmoqda.
Burjua sotsiologiyasi nomi bilan atalgan g’arb, sotsiologik ta’limotida ham o’ziga xos ijobiy jihatlar bilan bir qatorda ijtimoiy tizimlar rivojlanishining ichki ziddiyatli xususiyatlarini hisobga olmaslik ham jamiyatni bir tomonlama tushuntirshga olib keladi.
“Jamiyat xayotining inustrlashuvi ob’ektiv ravishda,qaysi ijtimoiy tizim”lar bo’lishidan qat’iynazar, ijtimoiy anarxiyaning bir xil (yagona)tipiga olib boradi degan amerika sotsiologlarining fikri xozirgi tarixiy rivojlanish amaliyotida ta’kidlanmoqda.
Ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi tabiiy - tarixiy jarayon tarzida boradi. Har bir ijtimoiy tizim boshqasining, yuqori darajadagi tizimining tarkibiga kiradi. O’zi esa quyi, kichik tartibdagi tizimlarni o’z tarkibiga oladi. Jamiyat xayotida biron-bir ijtimoiy tizim alohida ravishda, boshqalaridan, ijtimoiy muhitdan ajragani holda yashiy olmaydi.
Har bir ijtimoiy tizim o’zgarmas va abadiy emas. Ular tarixiy taraqqiyot davomida doimo o’zgarib, rivojlanib boradi. Ichki, tashqi funksional va ziddiyatli munosabatda bo’ladi. Har qanday ijtimoiy tizim o’zining tarkib topish rivojlanish, gullab yashash va tanazzulga ega bo’ladi.
Ijtimoiy tizimlarga tarixiylik xos bo’lib, tarkibidagi element va mayda tizimlarning o’zaro aloqadorligi - ularning rivojlanish mixiyatini belgilaydi. Tashqi o’zaro aloqadorlik ham ijtimoiy tizimlar aro munosabatlar asosini tashkil qiladi.
Aloxida olingan inson va jamiyat xayotidagi barcha ijtimoiy jarayonlar tizimi o’rtasidagi munosabatlar o’zaro iorarxik tuzilishga egadir. O’zaro iorarxik tuzilish ularni boshqarish imkonini beradi.
Ijtimoiy tizimlar maqsadga yunalganligi, moslashuvchi, o’zni katta tiklash, funksional va rivojlanish kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Har bir ijtimoiy tizim tashqi ijtimoiy muhit bilan doimiy aloqadorlikda bo’ladi. Kishilar, ijtimoiy voqelik, jarayonlar va g’oyalar ijtimoiy muhit elemenlari sifatida namoyon bo’ladi.
Xozirgi ijtimoiy yangi munosabatlarning tarkib topishi jarayonida ijtimoiy muhitni sotsiologik jihatdan tahlilqilish ilmiy muhim ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy tizimlar o’zgarish ijtimoiy vazifalari, funksiyalari bilan o’zaro farq qiladi. Ular muayyan iqtisodiy - siyosiy ahloqiy va boshqa qonuniyatlar asosida faoliyat ko’rsatadilar.
Parsons fikriga ko’ra, ijtimoiy tizim, eng avvalo faoliyatli tizimdir. Masalan, iqtisod, siyosat, huquq kabi o’zaro ta’sirda buluvchi ijtimoiy tizimlar ahloqqa ma’naviyatga faol ta’sir ko’rsatadilar.
Har qanday ijtiomiy tizimlarda ikki tipdagi: funksional va rivojlanish qonuniyatlariga amal qiladi. Ularning funksional va rivojlanish xususiyatlari ikki omil - ichki va tashqi omillar bilan belgilanadi. Ichki omillarga: tizim va uning komponantlari, komponantalrining o’zaro munosabatlariga kiradi. Tashqi omillarga: ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan aloqadorligiga kiradi.
Ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan o’zaro aloqadorligi ularning asrsiy mavjudlik va yashash sharti hisoblanadi. Tashqi ijtimoiy muhit muvozanatini soklashi va o’zgarishini hisobga olish - ijtimoiy tizimning funksional o’zgarishi va rivojlanishi sotsiologik tatqiq qilishdan birinchi darajali ahamiyatga ega.
Demak, sotsiologiyada ijtimoiy tizimlarni ichki va tashqi jihatdan tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Jamiyatning moddiy ishlab chiqarish jarayoni sotsiologiyada ijtimoiy tizim sifatida olib qaraladi. Moddiy ishlab chiqarish tizimi - ijtimoiy xayot sotsial bo’lib, kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liqdir. Moddiy ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlaridan tashkil topadi. Moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning iqtisodiy asosi bo’lib, iqtisodiyot bilan bog’liq bo’lgan barcha tizimlar va ular o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi.
Siyosiy tizim” - jamiyatni boshqarish bilan bog’liq bo’lgan tizim hisoblanadi. Bu tizim tarkibiga barcha siyosiy tashkilotlar, davlat, huquqiy organlar (sud, proko’ratura, militsiya, kamokxona va boshqalar), siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ular bilan bog’liq bo’lgan siyosiy munosabatlar kiradi.
Adabiyotlar:


  1. Bekmurodov M.B.Sotsiologiya. A.Qodidriy nomidagi halq merosi nashriyoti. T. 2002 y.

  2. Entoni Giddens. Sotsiologiya. T. Sharq. 2002 y.

  3. Lavriyenko V.N.Nartov N.A. Osnovi sotsiologicheskix znaniy. VUZ. (Sotsiologiya) - M.:1995

  4. Biryukova A.O. O predmete sotsiologi kak obshey nauki ob obshestve. Sotsiologicheskiye issledovaniya. 1991 №5.

  5. Radugin A.A. Radugin K.A. Sotsiologiya 1995.

  6. Aliqoriyev I.S. Umumiy sotsiologiya. 1999.




Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin