Reja Sotsiologiyada sotsial institutlar. Sotsial institutlar am
Sotsial tashkilotlar, ularning tarkibi va asosiy elementlari. Sotsial institutlar singari sotsial tizim amal qilishini ta’minlaydigan ijtimoiy strukturaning asosiy “xujayra”laridan biri sotsial tashkilotlardir. Sotsial institutlardan farqli ravishda, sotsial tashkilotlar odamlarning ish jarayonida muayyan vazifalarni bajarishdagi ixtiyoriy yoki majburiy uyushmasi tushiniladi. Tashkilot a’zosi bo’lgan odamlarning manfaatlari umumiyligi tashkilotning ideal xoliga ega, tashkilotning maqsadi uning barcha a’zolari maqsadi bilan muvofiq kelishi ko’zda tutiladi. Sotsial tashkilotni boshqa sotsial guruhlashuvlardan farqi - uni tashkil etuvchi individ qat’iyravishda muayyan sotsial ro’l va pozitsiyalarni ijro etishlaridadir. Jamiyat sotsial tashkilotlarni turli xildagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g’oyaviy maqsadlarga erishish vositasi deb qaraydi. Sotsial tashkilotlar individlarning extiyoj va manfaatlarini ma’lum bir qat’iyme’yorda qondirilishiga xizmat qiladi. Bu me’yor odamning mazkur sotsial tashkilotda qabul qilingan sotsial norma va qadriyatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy maqomi bilan belgilangan bo’ladi.
G’arb sotsiologiyasida sotsial (ijtimoiy) tashkilotlarni tatqiq qilishda, ularning psixologik qonuniyatlariga ko’proq e’tibor beriladi. Masalan: M.P. Blau, G. Zimmel sotsiologik nazariyalarida ijtimoiy tashkilotlardagi sub’ektning hulqi va motivini psixologik asosda tushintirishga asoslaniladi.
Amerikalik mashxur sotsiolog J. Xomansning ijtimoiy tashkilotlarni tatqiq qilishdagi sotsiologiya, psixologiya va pozitiv mantiqka asoslanish zarurligi to’g’risidagi fikri, xozirgi davrda nazariy jihatdan sotsiologiyani rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.
T. Parsonsning tarkibiy funksional tahlilsotsiologik maktabida ham ijtimoiy tashkilotlarni o’rganishda, jamiyat xayotidagi ijtimoiy tartib, “ijtimoiy muvozanat”ni saqlashda psixologik iqlimni o’rganishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Yana bir Amerikalik sotsiolog D. Bell universitet, institutlar ijtimoiy tashkilotlarning markaziy o’rinlarini egallaydi, deb ko’rsatadi. Uning maorif va fan ijtimoiy progressni ta’minlovchi asosiy institutlar hisoblanadi, degan fikri xozirda bir qator ilg’or davlatlar tajribasida isbotlandi.
Sotsiologiyadagi maxsus yo’nalish sotsial tashkilotlar nazariyasiga ko’ra ikki xil: rasmiy va norasmiy tashkilotlar ajratiladi, har qanday rasmiy tashkilot maxsus ma’muriy apparatga ega bo’ladi. Bu ma’muriy apparatning asosiy vazifasi - tashkilot mavjudligini ta’minlash uchun uning a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Bunday tashkilot a’zolariga vazifa (funksiya)ni bajarish nuqtai nazaridan qaraladi. Bunday individ birinchi navbatda shaxs emas, balki maxsus sotsial ro’lni ijro etuvchi tashkilotning bulagidir. Tashkilot nechogik murakkab va katta bo’lsa ma’muriy apparat ham shu darajada murakkab vazifalarni bajaradi. Har bir tashkilot muayyan darajada byurokratlashgan bo’ladi. Tashkilotning byurokratlashuv darajasi ma’muriy muammolarni hal qilish uchun sarflanadigan kuchlar bilan tashkilot maqsadiga erishish uchun sarflanadigan kuchlar miqdorlarining nisbatiga bog’liqdir. Ayrim xollarda ma’muriy maqsadlar tashkilotning asl maqsadlrini mutlaqo chetlashtirishlari ham mumkin. Bunday xol tashkilotni jamiyatga emas, balki, o’z-o’ziga xizmat qilishiga “beparvolikka” olib keladi.
Sotsial tashkilotlarda qat’iy byurokratik tamoyillarga asoslangan tashkiliy iyerarxiya (tashkilot a’zolarining bir-birlariga nisbatan bosqichma-bosqich rasman tobelikda bo’lishlari) munosabatlardan tashqari norasmiy munosabatlar ham mavjuddir. Bu munosabatlar qat’iyma’muriy qoidalar tizimi sharoitida tashkilot samaradorligini oshiradi va quyidagi ijobiy vazifalarni bajaradi: ish vazifasiga ko’ra bo’ysinuvchi individlar va mansabdor shaxslar o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan ziddiyatlarni yumshatadi, tashkilot a’zolarini birdamligini mustaxkamlaydi, shaxsiy qadr-qimmatxissini saqlab qoladi.
Sotsiologiyada tashkilotni tahliletishda uch asosiy yondashuvni ajratib ko’rsatish mumkin: ratsional, tabiy va neoratsional yondashuvlar. Ratsional yondashuv nuqtai nazaridan tashkilot “asbob” aniq quyilgan maqsadlarga erishish vositasi deb qaraladi. Tashkilot bu holda bir-birlarini almashtirishlari mumkin bo’lgan, lekin bu bilan tashkilotning butunligini, yaxlitligini daxl etmaydigan alohida mustaqil bo’laqlar yig’indisi, majmui deb qaraladi. Ratsional yondashuv ko’p xollarda tashkilotda mavjud bo’lgan norasmiy munosabatlarni inobatga olmaydi.
Ratsional yondashuvdan farqli o’laroq. Tabiiy yondashuv tarofdorlari tashkilotni “tabiy butunlik”, o’ziga xos organizm sifatida o’rganadilar. Bu organizm uchun tabiy o’sish, o’z mavjudligini davom ettirishi va tizim muvozanatini saqlab qolishga intilish xosdir. Bu nuqtai nazarga ko’ra tashkilot quyilgan maqsadlariga erishgandan keyin ham o’z mavjudligini davom ettirishi mumkin. Asosiy vazifa tashkilotdagi muvozanatni ta’minlashdir. Tashkilotga tabiiy yondashuvda norasmiy munosabatlarga ko’proq e’tibor beriladi.
Har ikki yondashuvning ijobiy tomonlarni kushishga intilish natijasida yangi yondashuv - tashkilotning neoratsional modeli vujudga keladi. G’arb sotsiologiyasida Blau, Gouldner va boshqalar ratsional va tabiiy yondashuvni kushishni, tashkilotdagi ratsionallik va norasmiy munosabatlarni uygunlashtirishni yo’qlab chiqishdi.