MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
MA’LUMOTLAR TUZILMASI
VA ALGORITMLAR
SWD022 STL komponentalari va konteynerlar bilan tanishish Sharipov Bahodir
Valisher Botirov
Reja:
STL tarkibi
Sinf-konteynerlar
Konstruktorlar
Iteratorlar
Xotirani taqsimlovchilar, predikatlar va solishtirish funksiyalari
Biblioteka yadrosi uchta elementdan iborat: konteynerlar, algoritmlar va iteratorlar.
Konteynerlar (containers) – bu boshqa elementlarni saqlovchi ob’ektlar. Masalan, vektor, chiziqli ro‘yxat, to‘plam.
Assotsiativ konteynerlar (associative containers) kalitlar yordamida ularda saqlanadigan qiymatlarni tezkor olish imkonini yaratadi.
Har bir sinf – konteynerida ular bilan ishlash uchun mo‘ljallangan funksiyalar to‘plami aniqlangan. Masalan, ro’yxat elementlarni kiritish, chiqarish, va qo‘shish funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Algoritmlar (algorithms) konteyner ichidagilar ustidan operatsiyalar bajaradi. Konteyner ichidagilarni initsializatsiyalash, qidirish, saralash va almashtirish uchun algoritmlar mavjud. Ko‘p algoritmlar konteyner ichidagi elementlarni chiziqi ro‘yxatini ifodalaydovchi ketma-ketlik (sequence) bilan ishlash uchun mo‘ljallangan.

Iteratorlar (iterators) – bu konteynerga nisbatan ko‘rsatkich sifatida bo‘lgan ob’ektlar. Ular massiv elementlariga ruxsat oluvchi ko‘rsatkichlar kabi, konteyner ichidagiga ruxsat olish imkoni beradi. Oddiy C ++ til ko'rsatkichlari bu turli xil ma'lumotlar tuzilmalari va turlari bilan universal ishlashga imkon beradigan iteratorlarning maxsus holati. Har qanday algoritm (universal hisoblash protsedurasi), iteratorlarni parametr sifatida qabul qilganda, uzatilayotgan iteratorlarni qayta ishlashda ularga taalluqli ma'lumotlar turi to'g'risida o'ylamaydi.