Assotsiativ massiv juft qiymatlardan iborat. (key) kalit deb atalgan bitta qiymatni bilib (mapped value) aks etuvchi qiymat deb atalgan ikkinchi qiymatga ruxsat olishimiz mumkin.
Assotsiativ massivni massiv indekslari butun tiplardan iborat bo‘lmagan massiv sifatida tavsiflash mumkin:
V& operator[](const K&) K ga mos keluvchi V ga ilovani qaytaradi.
Assotsiativ konteynerlar – bu assotsiativ massivning umumiy tushunchasi.
map assotsiativ konteyner - bu kalit yordamida qiymatga tez ega bo‘lish imkonini yaratadigan juftlik (kalit, qiymat) ketma-ketligi. map konteyneri ikki yo‘nalishli iteratorni tavsif etadi.
map assotsiativ konteyneri kalit tiplari uchun “<” operatsiyasi mavjudligini talab qiladi. U kalit bo‘yicha saralangan o‘z elementlarini saqlaydi. Saralash almashuvi esa tartib bo‘yicha bajariladi.
Konteyner usullari
Iteratorlarni olish usullari
· begin() birinchi elementga ko‘rsatadi;
· end() oxiridan keyingi elementga ko‘rsatadi;
· rbegin() teskari ketma-ketlikdagi birinchi elementni ko‘rsatadi;
· rend() teskari ketma-ketlikdagi oxirgidan keyingi elementni ko‘rsatadi
Elementlarga ruxsat
· front() birinchi elementga ilova;
· Back() oxiri elementga ilova;
· operator[](i) tekshirishsiz indeks bo‘yicha ruxsat;
· at(i) tekshirish bilan indeks bo‘yicha ruxsat.
· front() birinchi elementga ilova;
Elementlarni kiritish usullari
Elementlarni kiritish usullari
· insert(p,x) r ko‘rsatgan elementdan oldin xni qo‘shish
· insert(p,n,x) rdan oldin xning n nusxalarini qo‘shish
· insert(p,first,last) rdan oldin [first:last]dagi elementlarni qo‘shish