Ehtimollar nazariyasi - tasodifiy hodisalarning ehtimolligi bo’yicha o’zaro aloqada bo’lgan boshqa hodisalarning ehtimolligini aniqlash bilan bog’liq matematika fani. Ehtimollar nazariyasi asosida tasodifiy hodisalarning ruy berish ehtimolligi katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. Ehtimollar nazariyasi aktuar hisob-kitoblarni amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi.
Qayta sug’urtalash - sug’urtalashga riskni qabul qilish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish); sug’urtalovchi muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish va sug’urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir qismini o’zaro kelishilgan holda boshqa sug’urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish). Qayta sug’urtalash operatsiyalarini sug’urta kompaniyalar bilan bir qatorda asosan, ixtisoslashgan qayta sug’urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. Qayta sug’urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko’rinishda bo’ladi. Bundan tashqari, qayta sug’urtalash proportsional va noproportsional bo’ladi. Proportsional qayta sug’urtalashda, qayta sug’urtalovchining berilgan risk bo’yicha ulushi tsedentning o’z javobgarligiga qoladigan qismi aniq bo’lgandan so’ng aniqlanadi. Noproportsional qayta sug’urtalashda riskni berish tegishli limit doirasida amalga oshiriladi. Bu holda qayta sug’urtalovchi tsedentdan sug’urta mukofotining bir qismini oladi (proportsional qayta sug’urtalashdagidek sug’urta summasiga muvofiq keladigan sug’urta mukofotini emas).
Qayta sug’urtalovchi broker - ikkita sug’urta kompaniyasi o’rtasidagi professional vositachi.
Qayta sug’urtalovchi - sug’urta brokeri yordamida qayta sug’urtalash uchun riskni qabul qilib oladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Qayta sug’urtalovchi yordamida riskni ikkilamchi taqsimlash amalga oshiriladi. Qayta sug’urtalovchi sifatida sug’urta kompaniyasi ham bo’lishi mumkin. Jahondagi eng yirik qayta sug’urtalovchilar guruhiga Myunxen qayta sug’urtalash jamiyati, Shveytsariya qayta sug’urtalash jamiyati, Kyoln qayta sug’urtalash jamiyatlari kiradi.
Fakultativ qayta sug’urtalash - proportsional qayta sug’urtalash shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug’urtalashda har bir berilayotgan risk bo’yicha alohida shartnoma tuziladi. Tsedent har bir risk bo’yicha qayta sug’urtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini mustaqil ko’rib chiqadi. O’z navbatida, qayta sug’urtalovchi ham tsedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham mumkin.