Reja: Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq atamalar



Yüklə 24,92 Kb.
səhifə6/13
tarix05.01.2023
ölçüsü24,92 Kb.
#78477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Reja Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq atamalar

Sug‘urta shartnomasi - ikki yoki undan ortiq tomonlar o‘rtasida tuziladigan yozma ravishdagi bitim bo‘lib, bunda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta hodisasi tufayli zarar ko‘rilganda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lash majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug‘urta mukofotini to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo‘shimcha shartlar sug‘urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi.
Sug’urta huquqi- sug’urtalovchilar, sug’urtalanuvchilar va ular o’rtasidagi vositachilarning hatti-harakati qoidalari yig’indisi. Sug’urta xuquqi qonun va qonun xujjatlarida o’z aksini topadi. Sug’urta huquqi moliyaviy huquqning bir qismi hisoblanadi.
Sug’urta hodisasi - stixiyali, tabiiy yoki oldindan ko’rib bo’lmaydigan voqea-hodisalarning amalda yuz berishi. Sug’urta hodisasi yuzaga kelgan zarar sug’urta kompaniyasi tomonidan shartnomaga muvofiq qoplanadi. Mulkiy sug’urtada sug’urta hodisasi deyilganda, stixiyali hodisalar, yong’in, avariya, portlash, zilzila, dovul va boshqalar tushuniladi. Shaxsiy sug’urtada esa sug’urta hodisasiga fuqarolarning ma’lum bir muddatgacha yashashi, ularning xayotida baxtsiz hodisalarning ro’y berishi yoki o’limi kiradi. Xalqaro amaliyotda sug’urta hodisasi ba’zan «fors-major» deb yuritiladi.
Sug’urta hodisalari chastotasi - inshootlarni yonish darajasini, transport vositalarini avariya bo’lish darajasini, aholi nogironligi darajasi va shunga o’xshash darajalarni ifodalovchi ko’rsatkich. Sug’urta hodisalari sonini sug’urta qoplamalari miqdoriga yoki sug’urtalangan ob’ektlar miqdoriga nisbati sug’urta hodisalari chastotasini aniqlaydi.
Sug’urtalovchilar uyushmasi - sug’urta faoliyatini muvofiqlashtirish, uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari oldida himoya etish hamda mahalliy sug’urta kompaniyalari va xorijiy sug’urta kompaniyalari o’rtasida o’zaro foydali aloqalarni o’rnatish maqsadida tashkil etiladigan sug’urta kompaniyalarining uyushmasi. Bunga o’zaro sug’urtalash jamiyatlarini xalqaro uyushmasini, texnik risklarni sug’urtalovchi kompaniyalar ittifoqini, Buyuk Britaniya sug’urtalovchilar uyushmasini misol keltirish mumkin. Hozirgi paytda O’zbekistonda sug’urtalovchilar uyushmasi tashkil etilmagan. Faqat, avtosug’urtalovchilar ittifoqi faoliyat ko’rsatmoqda.

Yüklə 24,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin