Reja: Suhbat turlari


Suratlar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar



Yüklə 27,24 Kb.
səhifə2/3
tarix08.05.2023
ölçüsü27,24 Kb.
#109741
1   2   3
Reja Suhbat turlari

Suratlar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar
1. Suratlar orqali suhbat o‘tkazish usullari. Bolalarni tevarak- atrofdagi narsa va hodisalar, ijtimoiy hayot hodisalari bilan ta- nishtirishda, ular lug‘atini kengaytirishda suratlar muhim ahamiyatga ega. Suratlardan lug‘at ishining barcha vazifalariia hal etishda foy- dalaniladi. Bu mashg‘ulot turida tarbiyachining nutqi, ya’ni uning tu- shuntirishi, yangi so‘zlami aytishi, bolalarga ma’lum bo‘lgan so‘zlar bilan yangi so‘zlaming ma’nosini taqqoslashi va hokazolar asosiy o‘rin egallaydi. Buning natijasida bolalarning lug‘ati boyib boradi, ular suratdagi tasvirlami ko‘rishga va tushunishga o‘rganadilar. Bi- roq tarbiyachi suratdagi tasvirlar haqida gapirib berish jarayonida bolalarga murojaat etadi, ularga ma’lum bolgan so‘ziami faollashtirish usulidan foydalanadi. Tarbiyachi suratlardan bolalar kuzatishi lozim bo‘lmagan obyekt, ya’ni narsa va buyum, hodisalar, hayvonlar qush- lar va o‘simliklar, ayrim tabiat manzaralarining aynan o‘zini ko‘rsata olish imkoni bo‘lmagan hollardagina foydalanadi. Masalan, yowoyi hayvonlar, ulaming belgilari, ayrim uy hayvonlari (sigir buzog‘i bilan, tuya bo‘talog‘i bilan, eshak xo‘tigi bilan va hokazolami), shahar va qishloq hayoti, kishilar faoliyati va hokazolar bilan tanishtirishda suratlardan keng foydalaniladi. Shahar maktabgacha ta’lim muassa- salarining bolalari surat orqali qishloq hayoti bilan tanishganlarida ular dehqonlaming mehnati bilan bog‘liq bo‘lgan xirmon, paxtakor, paxtazor, paxta terish mashinasi, zangori kema, bunker, jo ‘yak,
egat kabi scfzlarni bilib oladilar. Qishloq maktabgacha ta’lim muas- sasalaridagi bolalar esa suratlar yordamida shahar hayoti bilan tani- shadilar va bekat, shohko‘cha, chorraha, haykal, yodgorliklar, sve- tofor kabi so‘zlar va ularning ma’nosini bilib oladilar. Shuningdek, suratlardan bolalami sayohatda, sayrda kuzatganlari yuzasidan olgan bilimlarini aniqlash va mustahkamlash maqsadida foydalaniladi. Bolalar hayotda ko‘rgan, ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va hodisalami suratda ko‘rib, tez bilib oladilar va tushunadilar, bevosita kuzatish vaqtida aniqlay olmagan, ko‘rish imkoni bo‘lmagan belgi- lami, qismlami bilib oladilar. Masalan, uy hayvonlarini, qushlami, transport vositalarini va boshqalami kuzatganda ko‘p narsalar bolalar uchun noaniq bo‘ladi. Aytaylik, bolalar maqsadli sayrga chiqqanla- rida tovuqlami kuzatadilar. Mana shu kuzatishda bolalar xo‘rozning baqbaqasini, tojini yoki oyoqlaridagi panjalarini, panjalaridagi tir- noqlarini sezmay qolishlari mumkin. Suratda esa bu aniq tasvirlan- gan bo‘lib, bolalar xo‘rozning tashqi tuzilishini tasvirlashganda bu ularning diqqat markazida turadi va pat, toj, baqbaqa, panjalari kabi so‘zlar bilar. lug‘atlari yanada boyiydi. Suratda tasvirlangan narsani to‘g‘ri tushunish fikrlash mas’uli bo‘lib hisoblanadi. Bolalar surat yuzasidan yuri :gan fikrlarini, hosil qilgan tushunchalarini, taassurotlari- ntso‘z vositisida boshqalarga bildiradilar. Suratda tasvirlangan narsa va buyumlarni, hodisalaming nomlarini, ularning belgilarini, sifat va xossalarini >o‘z bilan ifodalaydilar, sayr va sayohatda ko‘rgan narsa- lari bilan taqqoslaydilar, suratdagi tasvirlar haqida gapirib beradilar. «Suratlar ko‘rsatish va ularning mazmunini gapirib berish tarbiyachining bolalarga yaqinlashuvida eng yaxshi vositadir», - deb ko‘rgazmali ishni yuqori baholaydi K.D.Ushinskiy. Suratlami ko'zdan kechirish va u haqda suhbat mashg‘ulotlari har oyda bir marta rejalashtiriladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun mashg‘ulotlarda foydalaniladigan suratlar maxsus nashr etiladi. Y.G.Baturinaning «Biz o‘ynayapmiz», «Avtobusda ketyapmiz», «Uy quryapmiz» «0‘rtog‘imizga ko‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqar- yapmiz», «Chana uchyapmiz» suratlari, O.I.Solovyovaning «Bizning Tanya», «Tanyaning kabutarlari», «Kimning qayiqchasi?», «Yozda» suratlari, S.A. Veretennikovaning «Uy hayvonlari», «Mushuk bolalaribilan», «Quyonlar», «Echki bolalari bilan», «Ot toychog‘i bilan», «Qo‘ylar qo‘zichoqlari bilan», «Tovuqlar» suratlari shular jumlasiga kiradi. Ushbu suratlar bo‘yicha mashg‘ulotda bolalar likopcha, kosa, chinni lagan, qoshiqcha, yeyapti, artyapti, ushlab turibdi, salfetka so‘zlarini bilib olishadi. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida ar- cha bayrami», «Bolalar tovuq, jo‘jalami boqishyapti», «Tipratikan- lar», «Quyonlar», «Olmaxonlar», «Tulki», «Bo‘rilar», «Oq ayiqlar», «Arslonlar», «Yo‘lbarslar», «Fillar», «Maymunlar» nomli rasmlari, L.A. Penevskaya, Y.I. Radinaning «Buvimnikiga - mehmonga», «Shar uchdi», «8 Mart bayramiga onamga sovg‘a», «Maktabda», «Ishga», «Shahar ko‘chasi», «Anhorda», «Aziz mehmonlar» nomli suratlari, bulardan tashqari, qishloq maktabgacha ta’lim muassasalari uchun F.F.Sovetkinva V.I.Chistyakovning «Bolalar bog‘chasi», «Oila», «Hov- li>>, «Qishloq ko‘chasi», «Anhorga» nomli suratlari, O.I.Solovyova va О A.Frolovaning «Qadrdon dalalar», «Qishloqda bolalar bog‘chasi», «Qishloq otxonasida», «Qishloq bog'ida» va boshqa suratlar. Bolalar o‘z lug‘atlarini transport turlarini tasvirlovchi suratlami ko‘rib chiqish («Hayajonli uchrashuv» , «Buvimnikiga-mehmonga», «vokzalda» va boshqalar) va u haqdagi suhbat mashg‘ulotlari orqali bcyitib boradilar. Ular bilan tanishish orqali bolalar uchun perron, v.' kzal, relslar, bekat, yo‘lovchilar vagoni, yuk vagoni, pristan, pa- Ittba kabi so‘zlar tushunarli bo‘ladi. Suratlar bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulot tarbiyachidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Tarbiyachi surat bo'yicha o‘tkaziiadigan mashg'ulotga tayyorgarlik ko‘rar ekan, u awalo, surat mazmuni bilan yaxshilab tanishib chiqishi kerak. So‘ng suratlami ko‘rib chiqish natijasida bolalar nimalami o‘zlashtirishlari lozimiligini, qaysi yangi so‘zlami esda saqlashlarini va uning mazmunini tushunib olishlarini, suratlami ko‘rib chiqishdagi izchillikni, bolalar diqqatini nimalarga qaratishni va ular yuzasidan beriladigan savollami o‘ziga belgilab qo‘yishi lozim. Savollar qisqa va aniq bo‘lishi, bolalar tajribasiga asoslanishi, ularga fikr yuritishni, boshlang‘ich - oddiy xulosalar chiqara olishni o‘rgatishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi suratlar bo‘yicha mashg‘ulotni qanday boshlash va yakunlashni o‘ylab qo‘yishi, mavzu mazmuniga mos she’rlar, topishmoqlar, maqollar, tez aytishlar, kichik hikoyalar ham tanlashi kerak.
2. Suratlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda bolalarni so‘zlashuv nutqiga (dialogik) o‘rgatish. Suratni ko‘rish va u haqida suhbat mashg‘ulotining uslubiyoti xuddi kuzatish mashg1 ulotining uslubiyotiga o‘xshashdir.
Tarbiyachi mashg‘ulotdan oldin suratni bolalarga ko‘rsatmasdan, guruh xonasiga olib kiradi va uni doskaga tes- kari tomoni bilan osib qo‘yadi. Bunday qilishdan maqsad bolalardagi ixtiyorsiz diqqatdan mashg‘ulotning boshlanishida foydalanishdir.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin bolalami jonlantirish, yangi surat mazmunini yaxshilab tushunib olishlari uchun qisqagina kirish suh- bati o‘tkazish mumkin,
Masalan: «Mushuk o‘z bolalari bilan” nomli suratni bolalarga ko‘rsatishdan avval tarbiyachi ularga: Kimning uyi- da mushugi bor? Nima uchun. mushuk saqlaysiz?
Uni nimalar bilan boqasiz? U qanday ovoz chiqaradi?
kabi savollar beradi. So‘ngra bolalarga: «Men sizlarga mushuM va uning bolalari tasvirlangan suratni olib keldim, hozir sizlarga ko;‘rsataman, - deb suratning old tomo- nini ilib qo‘yadi va bolalaming uni yaxshilab ko‘rib olishlari uchun 1- 2 daqiqa vaqt beradi. Suratni yaxshilab ko‘rib olishgach, tarbiyachi unda tasvirlanganlar bo< yicha savollaf bera boshlaydi. Savollar bolalaming yosh va shaxrsiy xususiyatlarini, dastur maqsadini hisobga olgan holda beriladi. Chunonchi, ^gar birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda ushbu surat bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazilsa, undan maqsad: bolalaming mushuk va uning bolalari haqidagi tasavvurla- rini aniqlash, tashqi ko‘rinishi, harakati, ovqatni qanday yeyishini bilish va lug‘atini faollashtirish bo‘lsa, tarbiyachi bolalarga suratni ko‘rsatib shunday savollar beradi: Suratda nima tasvirlangan? Ona mushuk nima qilyapti? Ona mushuk yonida kim yotibdi? Mushuk qanday miyovlaydi? Ikkinchi kichik guruh bolalariga esa yuqorida- gi savollardan tashqari, yana ushbu savollami ham berish mumkin: Ona mushukning panjalari qanday rangda? Dumi qanday rangda? Mushukning boshida nimalari bor, tumshug‘ida-chi? Kulrang mushukcha nima qilyapti? U nimadan sut ichyapti? U sutni qanday ichyapti? Ip kalavasi bilan o‘ynayotgan mushuk bolasini ko‘rsatib: Bu mushukcha qanday rangda? U panjalari bilan nima o‘ynayapti? ip kalavalari qanday rangda? Katta va maktabga tayyorlov guruhida beri- ladigan savollar esa ancha murakkablashadi. Rasmlami ko‘rib chiqish vaqtida bolalar diqqati ayrim detallarga yo‘naltiriladi: Ona mushuk nimaning ustida yotibdi? Uning yonida uxlab yotgan mushukchaning panjalarida ninasi ko‘rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip kalava- lari qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Sa- vatni kim ag‘darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar javob berib bo‘lishgach, surat yuzasidan tarbiyachining o‘zi gapirib beradi: «Mana bu ona mushuk - Mosh. Uning mushukchalari bor. U gilamcha ustida yotib, bolalariga qarayapti. Kulrang mushukchalar tarelkadagi sutni tili bilan chapillatib ichyapti, targ‘il rangdagi mushukcha esa sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ag‘darib yubordi. Ip kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi va targ‘il mushukcha ko‘k rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib o‘ynay boshladi. Oq-qora rangli mushukcha esa ona mushukning yonida uxlab yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti va «xir-xir» qilib xirillayapti». Ushbu mashg‘ulot jarayonida yangi so‘zlar izohlab beriladi, qiyin so‘zlar jo‘r bo‘lib takrorlanadi. Mashg‘ulot topishmoq aytish va uningjavo- bini topish (Kichkina qumg‘on, o‘tirib ko‘zini yumgan), she‘r aytish (Sh. Sa’dullaning «Mushuk» she’rini): Mushugim deydi: miyov, Sichqon doim menga yov! Shuning uchun qo‘ymayman, Qancha yemay to‘ymayman. yoki qisqa hikoya o‘qib berish bilan (Habib Po‘latovning «Mosh hikoyasi» davom ettirilishi mumkin. Tarbiyachi ushbu mashg‘ulotda bolalar lug‘atiga mushukchalar, ip kalavasi, panja, mo‘ylov, ichyapti, chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyov- laydi, xurillaydi va hokazolami kiritadi. Suratlami ko‘zdan kechirish va u haqda suhbat mashg4 ulotining о‘ziga xos xususiyati shundaki, mashg‘ulotda ko‘p o‘rinni hikoya, yangi ma’lumotlar va so‘zlami ma’lum qilish, ulami bolalarga oldindan tanish bolgan tushunchalar bilan taqqoslash egallaydi. Bunday mashg‘ulotlarda bolalarga m’lum bo‘lgan so‘zlami faollashtirish, yangi so‘zlarni mustahkamlash elementlari mavjud. Ba’zan katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalariga mashg‘ulotda rassomlaming reproduksiya suratlarini ko‘rsatishdan ham foydalaniladi; bunday mashg‘ulotlar bolalarga estetik va axloqiy tarbiya berishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Undan to‘g‘ri foydalanish natijasida tarbiyachi bolalar lug‘atini sezilarli darajada boyitishi mumkin. Maktabgacha tarbiya pedagogi- kasida va tasviriy faoliyat uslubiyotida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar yoshiga mos bo‘lgan suratlar reproduksiyasining ro‘yxatlari ishlab chiqilgan. Mashg‘ulotdan keyin surat bir necha kun guruh xonasida qoldiriladi va bolalar uni yana bir bor diqqat bilan ko‘rib chiqa- dilar. Bolalar lug‘atini faollashtirish, aniqlash va mustahkam- lashda suratlardan keng foydalaniladi. Suratlarning turlari juda xilma-xil. Masalan, predmetli suratlar, voqeaviy suratlar va ho- kazo. Suratlarni ko‘zdan kechirishdagi Iug‘at ishi bevosita kuza- tishdagi lug‘at ishidan ancha farq qiladi. Bolalar suratda buyum- laming tasvirini ko‘radilar va biz bolalarga shu tasvirdagi buyum- larni bilishga, ya’ni ularga ma’lum bo‘lganlari bilan taqqoslashga o‘rgatamiz. Suratdagi tasvimi ko‘rib chiqish va unda nimalar tasvirlanganligini aytish uchun bola ilgari ko':gan, idrok qilgan so‘zni, buyumni esga keltirishi kerak. Suratda t pik obraz berilib, aniq narsalar tasvirlanadi, shuning uchun bola suratdagi tasvimi osonlikcha bilib oladi. Chiroyli surat bolalar dicqatini o‘ziga jalb qiladi va u suratni ko‘rib chiqish bilan birga, ovoz chiqarib, tasvirdagi buyum, hodisa nomini aytadi, unga o‘z munosabatini bildi- radi. Dastlab kichkintoy suratdagi tasvirlarning nomlarini diqqa- tini o‘ziga tortuvchi, o‘ziga yaxshi tanish yoki qiziqarli bo‘lgan narsalarni tartibsiz sanab o‘tadi. Tarbiyachining vazifasi bolalami surat mazmunini idrok qilishga, izchillik bilan ko‘rib chiqishga, asosiy belgilarini ajratib ko‘rsata olishga o‘rgatishdan iboratdir. Suratlarni to‘g‘ri ko‘rib chiqish malakalari ta’lim jarayonida, tarbiyachi rahbarligida shakllanib boradi. U buyum va hodisalarni suratdan darrov tanib olishga, hayotda ko‘rganlari bilan taqqoslashga, tasvirlanganlarni to‘g‘ri asoslashga o'rgatadi va bolalar- ning his-tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Suratdagi tasvirlar yuzasidan beriladigan umumiy savollar: Nima tasvirlangan? Yana nima deyish mumkin? bolalarni idrok qilishga o‘rgatmaydi. Suratdagi mazmunni aniq yoritishga yordam beruvchi ancha to‘g‘ri savol bu-
Surat nima haqida? degan savoldir. Tarbiyachi bolalarni sekin- astalik bilan bu savolga javob berishga o‘rgatib boradi. Bunda ushbu usullardan foydalaniladi:
1) o‘zi surat mazmunini qisqacha yoritib beradi;
2) markazdagi buyumni ko‘rsatkich tayoqcha bilan ko'rsatadi va shu vaqtning o‘zida: «Bu nima, bu kirn? deb so‘raydi, ya’ni birinchi savol aniq jaranglaydi;
3) surat kompozitsiyasi haqida beriladigan savol tuzi- lishiga diqqatini yo‘naltiradi: «Ona mushuk qayerda yotibdi va u kim- larga qarayapti?». Katta guruh bolalariga suratga nom o‘ylab topishni faqat mashg‘ulot oxirida emas, balki mashg‘ulotning boshida ham tak- lif etadi. Suratlami ko‘rib chiqish va u haada suhbat mashg‘uloti umu- miy faol didaktik prinsiplarga bo‘ysunadi. bu haqda bevosita kuzatish mashg‘ulotlari haqida fikr yuritilganda yoritib o‘tilgan suratni bolalarga ko‘rsatishdan awal diqqatlari to‘planadi, tasvimi ko‘rib chiqishlari uchun vaqt beriladi, so‘ngra tarbiyachi rahbarligida suratdagi tasvir- lardan biri ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda ular o‘rtasidagi mazmunli bog‘liqlik aniqlanadi. Bu mashg‘ulotda lug‘at ishining asosiy usuli savoldir. Bunda turli shakldagi savollardar- foydalaniladi:
1. Suratning umumiy mazmunini aniqlash uchun - Surat nima haqida? Uni biz qanday ataymiz? 2. Buyumlami tasvirlash uchun - Nima?, Qanday?, Qayerda?, Nima qilyapti?, Nimaga o‘xshaydi? 3. Suratning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklami aniqlash uchun - Nega?, Nima uchun?, Nimaga?,-Kimniki?, Ni- masi bilan o‘xshash? 4. Suratda tasvirlanganlardan chetga chiqish uchun - Keyin nima bo‘ladi? Bungacha nima boigan edi? Buni sen qanday topding? 5. Surat mazmuniga yaqin bo‘lgan, bolalar shaxsiy tajribasiga oid savollar - Senda shunday o‘yinchoq bormi, yaqinda bizning gu- ruhimizga kim keldi? Biz yangi bolani qanday kutib oldik? 6. Katta guruh bolalarining lug‘atlarini faollashtirish maqsadida sinonimlami tanlash uchun savollar - buni yana qaysi so‘zlar bilan aytish mumkin: kun-oftob-quyosh, yordamlashyapti- ko‘maklashyapti-qarashyapti, tiniq-beg‘ubor, iliq - issiq, go‘zal - ko‘rkam va boshqalar.
Beriladigan savollar har doim ham javob berishni talab etuvchi bo‘lmasdan, balki yordam beruvchi ham bo‘lishi mumkin. Bunday savollardan ko‘proq kichik guruhlarda foydalaniladi - Bu mushuk- chami? Bu koptokmi? Katta guruhlarda Y.I.Tixeyeva tomonidan ishlab chiqilgan usullardan foydalanish mumkin. Bu usul «Kim ko‘proq ko‘radi» nomli, o‘yin shaklidagi mashqdir. Bolalar bu o‘yin mashqida suratda tasvirlangan buyumning belgilarini bir-birlarini takrorlamagan holda aytadilar. Bunday usul bolalarda kuzatuvchan- likni, diqqatni rivojlantirish va ularning lug‘atini boyitish uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, suratlarni taqqoslash ham nimasi bilan o‘xshaydi, nimasi bilan o‘xshamaydi, juda yaxshi usul hisoblanadi. Suratlarni ko‘zdan ke.chirish va beriladigan savollaming maqsadi rasmning asosiy mazmunini aniqlashdan, ma’lum bir guruh so‘zlami faollashtiri§hdan iboratdir. Suratni ko‘zdan kechirish mashg‘ulotida bolaning sapiimiy muomala me’yori, hatto muomalada ko‘z qarash- lati, boshqalar oldida o‘zini tuta bilish - muomala madaniyatining oddiy talab|ari ham ahamiyatlidir. Surat ho‘yicha hikoya qilish. «2-sentabr - bilimlar kuni» nomli surat. Maqsad: Surat bo ‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tas- virdan oldingi voqealami mustaqil о ‘ylab to ‘qishga о ‘rgatish. Vazifalar:
• . «Maktab», «Kuz» mavzularida lug‘atni faollashtirish.
• Voqea-hodisalaming muhim belgilarini ajratishga, solishtirish- ga va umumlashtirishga, ulami ifodalash uchun aniq so‘zlami tanlashga о‘rgatish.
• Bog‘lanishli nutq-hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.
• Nutqning ifodaliligini tarbiyalash. Kutilayotgan natijalar:
• Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealami mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rganadilar. • So‘zlami bo‘g‘inlarga bo‘lishni o‘rganadilar.
• Grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi. Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltiri!gan, ishtirok tish- ga mo‘Ijallangan intcrfaol usullar:
• Aqliy hujum
• Qisqa hikoya
• Savol-javob
• Tetiklashtiruvchi mashqlar

12. Ilk bor maktabga chiqayotgan bolalar ota-onalari bilan chiq- yaptilar, ко'ryapsizlarmi? Nima uchun shunday deb о ‘ylaysiz?


13. Qizchaning qo ‘lida nima bor?
14. To‘g ‘ri, qizchaning qo‘lida qo‘ng‘iroqcha bor. Siz ham maktabga chiqqaningizda maktabda
1-qo‘ng‘iroq chalinadi. 1-qo ‘ng ‘iroq siz uchun esda qoladigan qadrli daqiqalar bo ‘lib qoladi. Siz bu daqiqalarni bir umryodda saqlaysiz. Jismoniy daqiqa (ixtiyoriy): Hozir mana shu surat bo‘yicha hikoya tuzamiz. Bolalar awal o‘quvchi-bolalar maktabga kelgunlariga cadar ular nima qilganliklari haqida, keyin suratda ko‘rayotganlari haqida so‘zlab beradilar (5-6 ta bola hikoya qilishga chaqiriladi). Agar bolalar surat tasviridan oldingi voqealami o‘ylab topishga qiynalsalar, tarbiyachi ularga oldindan tayyorlab qo‘yilgan narouna- sini beradi. Masalan: quyoshli sentabr kunlarining birida o‘g‘: l va qiz bolalar maktabga borishga tayyorlanishdi. Kechqunm ular pap- ka va o‘quv qurollarini tayyorlab qo‘yishdi. Salim erta turdi. Uning oldiga o‘rtog‘i Nodir keldi va ular tanish yo‘ldan maktabga ketdilar (keyin bolalar suratda tasvirlangan voqealar haqida so‘zlab beradilar).
Tarbiyachi hikoyaning tugallanganligini nazorat qilib turadi. Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi. Hikoya o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og‘zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foy- dalanish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajri- basi bilan bog‘liq hikoyalar qiziqarlidir: «Mening bog‘cham», «Mening oilam», «Mening sevimli o‘yinchog‘im>i va boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazrouniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo‘ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‘rgazmali materi- allami (narsa-buyumlar, ulaming tasviri) namoyish qilish bilan birga qo‘shib olib boriladi. Ko‘rgazmali materiallardan bolalar tasawurga ega bo‘lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o‘rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq, katta guruhlarda hikoya qilish jarayonida ko‘rgazmali materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so‘z yordami- da fikrlashga o‘rgatish, ularda fazoviy tasawumi rivojlantirish lozim. Hikoya - biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va syujetli bo‘lishi mumkin. Tasviriy hikoya - bu biror pred- met yoki voqeaning о‘ziga xos tomonlarini bayon etishdir. Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi. Hikoya - biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qam- rovli bayonidir.
2. Bolalarni hikoya tuzishga о‘rgatish. Hikoya tuzish - hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalar- ning o‘zi ushbu mavzu bo‘yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shak- lini tanlashlari, ketma-ket (tarbiyachi yoki o‘z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalaming uchta turini ko‘rsatish mumkin: - qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko‘rayotganligi haqida hikoya); - xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nima- lami qabul qilganligi haqida hikoya); - iasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya). Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo‘lib, bolalar faktlami bayon qiladilar. Tasr vvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo‘lib, unda hiko- yachi bola mavzuga qarab o‘z tajribasining shaklini o‘zgartiradi hamda yanf i vaziyat va obrazlar yaratadi. Bitta mashg‘ulotda bitta fikrda hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘yish mumkin: bola o‘yincl oqni tavsiflab (qabul qilish asosidagi hikoya) bo‘lganidan so‘ng uni qayerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maqsad- laridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin. Masalan, tarbiyachi to‘tiqushlar haqida mashg‘ulot o‘tkazib, bolalarga hikoya qilib berishni topshirishdan oldin to‘tiqushlar haqida savollar beradi: - To‘tiqushning patlari qanaqa rangda? - To‘tiqush patlari uning hamma yerida bir xil ko‘rinishdami? Dumi, boshidagi patlari qanday? Qayerida uzunroq, qayerida kaltaroq? - Idishga suv solib qafasga qo‘yamiz, qushlar nima qiladi, cho‘miladimi, uchadimi? - Qushlar qanday uchadi, bir-birining patini nega cho‘qiydi, nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi? - Qafasning ichiga don, tuxum, tvorog, sabzi, olma solamiz.
To‘tiqushlarimiz ularning qaysi birini xush ko‘rib yeydi? Bu savollar vositasida bolalar qushlar bilan ishlashga o‘rganadilar, savollar natijasida vakuzatishlar asosida «Men qushlarga donberdixn» mavzusida hikoya tuzish topshiriladi. So‘ng 5-6 boladan hikoyani so‘zlab berish so‘raladi. Zebinisoning hikoyasi hammaning diqqatini tortadi: «Dadam menga bozordan ikkita to‘ti sotib olib berdilar. To‘tilar kichkina qafaschada edi. Ikkinchi kuni ini bor, chiroyli, katta qafas olib keldilar va to‘tilami unga qo‘yib yubordilar. To‘tilar keng qafasga kirgandan so'ng sayray boshladilar, ham yayrab o‘ynay boshladilar. To‘tilaming pati yashil, havorang, sariq, kulrang bo‘lib, tovlanib turar edi. Ular bir-birlarining patlarini tozalay boshladi. To‘tilarning patlari bosh qismida kalta, dumida, qanotlarida uzun, kichik-kichik xolcha- lari ham bor. Xuddi ataylab chizilgandek. Hikoya tugagandan so‘ng tarbiyachi hikoyalami tahlil etib, eng yaxshi tasviriy lavhalarga, parchalarga bolalar diqqatini tortadi: ma- salan, to‘tiqushning patlari rangini Dilnoza sariq, yashil, kulrang, oq, havorang deb tasvirlaydi.; «To‘tiqushlar nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi?» degan savol- ga Dilbar: «To‘tiqushlar;mitti, jonsarak qushlar, o‘ynashni yaxshi ko‘radi», - dedi. Sarvar esa: «To‘tiqushlar don cho‘qiydi, tuxumni yaxshi ko‘radi, sabzi, olma bersak ham yeydi. To‘tilarga meva va sabzavotlar juda foydali», - deydi. Syujetli hikoyada ham biror voqea-hodisa hikoya qilinadi. Masalan, «Bizning oila», «Mening do‘stlarim», «Alla», «Do‘kon», «Bizning doktor», «Mening ko‘cham», «Ko‘cha ha- rakati qoidalari», «Men kim bo‘lmoqchiman», «Sayrda», «Paxta terimida», «Mehrjon bayrami», «Bizning qishloq» kabi mavzu- lardagi hikoyalar shakl jihatidangina emas, mazmunan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu hikoyalami tuzishda bolalaming nimalarga e’tibor berishi tushuntiriladi. 3. Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari. Hikoya tuzish jarayonida bolalaming narsalami ko‘rib idrok etishi, eslab hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi qismlarga bo‘linadi.
Ko‘rgan narsalami idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq materi- allar asosida tuziladi. Ulardan tasawur etib hikoya qilish - ijodkorlik- ni talab qiladi. Bu hikoyalaming hammasi ham nutqning bog‘liqligi va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan muhimdir. Hikoya qilish usullari xilma-xildir. Jumladan, tarbiyachi tomonidan hikoyaning qisqacha namunasi berilishi mumkin. Bunda hiko- yaning bir qismi tuziladi yoki o‘yin tarzida bayon etiladi. So‘ng bolalarning o‘zlari hikoya tuzadilar. Masalan, «Bizning vrach» hikoyasi qanday yaratilganligini ко4 rib chiqaylik. Mashg‘ulotning maqsadi tibbiy yordam ko‘rsatish namunasida bemorlarga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini tarbiyalash orqali bolalar nutqini rivojlantirishdan iborat. Hikoya o‘yin jarayonida o‘yinchoqlar vositasida bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish, «bemor», «tez yordam» xodimlari bilan muloqot asosida tuziladi. Sardorning hikoyasi: «Sanjar qovunni ko‘p yeb qo‘yib, qomi og‘rib qoldi. Otasi «tez yordam» chaqirdi. Shifokor kelib, bemor Sanjarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatdi. Sanjaming otasi, onasi shi- fokorga tashakkur bildirdilar». Mehrinisoning hikoyasi: «Gulnoza dam olish kuni i?pasi, singli- si bilan hovlida o‘ynadi. Oyisi murabbo qaynatish uchun bir chelak olxo‘ri olib kelgan edi. Gulnoza, opasi, singlisi o‘ynab-o‘ynab chan- qadilar. 01xo‘ridan yeb olib, bir necha marta sovuq suv ichishdi. Uchalasining ham qomi og‘rib, isitmasi ko‘tarildi. Ularni dadasi mashinada poliklinikaga olib bordi. Poliklinikada bolalar shifokori, hamshira opa ularga shoshilinch yordam ko‘rsatdi. Ular kerakli dori-darmonlami olib, tezda sog‘ayib ketdilar. Shundan so‘ng ho‘l meva yeb, qaynatilmagan suv ichmaydigan bo‘ldilar». Hikoya tuzishda uning rejasi, mazmunining asosiy qismlari bolalar tomonidan muhokama etilib, ma’lum qismi bayon qilinadi. Bolalar yo‘l qo‘ygan xatolar tuzatib boriladi va oxirida xulosa qilinadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida «Bog‘cha sahnasi uchun sa- boq» nomli bir pardali, bir ko‘rinishli pyesa sahnalashtirilib, namo- yish etiladi va bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Spektakldan so‘ng tarbiyachi bolalardan asar voqealarini hikoya qilib berishni so‘raydi.
Bolalar ko‘rgan-kuzatganlarini qoldirmasdan hikoya qiladi: Sobir. Katta ko‘chada mashinalar g‘iz-g‘iz o‘tib turganda, birdan ko‘chaning o‘rtasida samokat uchib kelayotgan Bo‘rivoy ko‘rinadi. U mashinalaming ishorasiga ham e’tibor bermaydi. Shunda sveta- for uni to‘xtatadi va tanbeh beradi. Bo‘rivoy bunga e’tibor bermay, qochib qoladi. Sanjar. Svetafor va qayerdandir paydo bo‘lgan Bo‘rivoy quyon- lami quvib ketishadi. Bo'rivoy qo‘lga olindi. DAN mashinasi yetib keladi va Bo‘rivoy qafasga qamaladi. Zuhra. Quyonlar Bo‘ridan qutilganiga xursand bo‘lganidan sakrab o‘ynay boshlaydilar. Birdan mashinalardan biri quyonchani urib yuboradi. «Tez yordam» mashinasi yetib keladi va quyonchaning oyog‘ini gipslab qo‘yadi. Quyonlar yo‘l harakati qoidasiga rioya et- may ko‘chada o‘ynaganlari uchun shikast yeydilar. Har uchala tarbiyalanuvchi ham yo‘l harakati qoidalarini ku- zatganlari asosida esda saqlab qolganlarini to‘g‘ri izchil, gapirib beradilar. Ulaning hikoyasini boshqa bolalar to‘ldiradilar. Bu usulda ko‘rgazmalilik, kuzatish muhim rol o‘ynaydi. Bolalar o‘zlari va tengdoshlarining narsalarini taqqoslaydilar, o‘xshash va farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu jarayonda hikoyani «to‘qish» oddiydan murakkabga qarab boradi. «Kim tez va chiroyli uy qura oladi?» o‘yini bolalaming fikrlash doirasi nihoyatda kengligini ko‘rsaiadi. Mashg‘ulotning maqsadi bolalami bir qavatli va ko‘p qavatli uylar qurish, qurilish vositalari, quruvchilar haqida ijodiy tasawur qilishga, o‘ylashga, fikr yuritlishga yo‘llash, quruvchilar mehnati bilan tanishtirish asosida nutqini rivojlantirishdan iboratdir. Qurilish materiallari: G‘isht, panel, bloklar, ko‘tarma kranlar, yuk mashinalar, ishchilar uchun ish qurollari, uy maketlari, mashg‘ulot uchun ko‘rgazmali qurollar vazifasini o‘taydi. Bolalar uch gumhga bo‘linib, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha turar joy, bolalar bog‘chasi, do‘kon qurishni boshlab yuboradilar. Qurilish materiallari, ish qurollari har uch guruhga bab-baravar taqsim- lanadi. Bir guruh bolalar rasmga qarab, turar joy binosi, ikkinchi guruh bog‘cha, uchinchi guruh esa do‘kon quradilar. Bolalar faqat
rasmdagi tasvirga qarab emas, o‘zlarining tasawurlaridagi imorat- lami qurishlari mumkin. Masalan, rasmdagi turar joy binosi to‘qqiz qavatli panelli bino bo‘lsa-da, kichkintoy quruvchilar negadir besh qavatli g‘ishtli imorat quradilar. Do‘kon rasmda ikki qavatli bo‘lsa, ular bir qavatli qilib quradilar. Imoratlami qurishda bo‘sh qolgan bolalar ham uch guruhga bo‘linib, «quruvchilar»ga yordam beradilar (og‘zaki). Turar joy hovlisiga yuk mashinalari birin-ketin kirib kela bosh- laydi. Bular yangi turar joyga ko‘chib kelayotgan «xonadon»laming yuklari bo‘lishi mumkin. Do‘kon ham gavjum. Hamma qo‘g‘irchoqlar xarid bilan band. Nihoyat, asosiy muammo, bolalarning o‘zlari qurgan binolari haqidagi hikoyalari tinglanadi. Sadriddin: Biz besh qavatli turar joy binosini qurib bitirdik. To‘qqiz qavatlik qurmadik, sababi liftlar tez-tez ishlamay qolib, bu- valarimiz, buvilarimiz yuqoriga chiqishga qiynaladilar. Uyimizning kirish joylarini, mehmonxona va yotoqxonalarini, bolalar xonasini ham keng-keng qilib qurdik. Hovlisida bolalar maydonchasi bor. Gul- zorlarga joy ajratdik. To‘yxonamiz ham bor. Keyin har bir xonadon uchun mevali bog‘chaga ham joy ajratdik. Yozda, issiqda daraxtlar soyasida hordiq chiqariladi. Bog‘cha va do‘konni uyimizga yaqin joyga qurdik. Lutfiniso: To‘g‘ri, bog‘cha turar joylarga yaqin bo‘lgani yax- shi. Biz maslahatlashib, bog‘chani turar joylarga yaqin qurdik. Bog‘chamizning hovlisi keng, ko‘rkam, soya-salqin bo‘lishiga, o‘yin maydonlariga e’tibor berdik, ya’ni rasmdagidan o'zgartirdik. Sojida: Biz ham do‘konni uylarga yaqin qurdik. Onalarimiz ish- dan qaytayotganda bizni bog‘chadan olib, do‘kondan kerakli narsala- rini xarid qilib, shundoq uyimizga kirib ketaveradilar. Haqiqatan ham bolalar qurilishga ijodiy, hayotiy yonda- shadilar va bu ijodkorlik ularning nutqida o‘z ifodasini topadi. Shunisi ham borki, yuqorida bayon etayotgan monologik nutq usullarining har biri alohida-alohida yuz bermaydi. Ular ba’zi hikoyalarga qo‘shilib ketib, ijodiy, erkin, bir butun hikoyani ifodalashi mumkin.
Birni biz kundalik faoliyatda bolalar to‘qigan hikoyalar turkumidan bilsak bo‘ladi. Bolalar to‘qigan ertak va hikoyalarda o‘zlariga xos o‘y- xayollari, orzu-istaklari, tasawurlari murg‘ak qalbdan tilga ko‘chadi. Ishimizning natijasi sifatida ana shu hikoyalaming ba’zilarini na- muna tarzida keltiramiz: Ruxsora. «Mening dadam xurmo ko‘chati olib kelib, bahorda hov- limizga o‘tqazgan edilar. Unda men juda kichkina bo‘lgan ekanman. Hozir men ham, xurmo daraxti ham o‘sdik. Uning barglari juda chi- royli, yozda soyasi qalin, biz daraxt salqinida rosa o‘ynaymiz. Mevasi esa mazali. Mevasici uzganimizdan so‘ng biz qarindoshlarimizga, qo‘shnilarimizga taroatamiz. Ayniqsa, buvam va buvim duo qiladilar. «Xurmo jannatning uevasi. Uni ardoqlang, kam bo‘lmaysiz». Bu yil dadam daraxtlami kc ‘paytirmoqchilar». Nigina. «Men ok;abr oyida oyim bilan Chinozga - xolamnikiga bordim. Birinchi mrrta paxtazomi ko'rdim. Paxtalar lo‘ppi-lo‘ppi bo‘lib ochilgan. Opp >q dala. Quyoshda ko‘zni qamashtiradi. Bir tomonda mast inalar paxta terayapti. Yoshu keksa, bolalar etak bog‘lagan. Men hair paxta termoqchi bo‘ldim. Xolam menga ham etak bog‘lab qo‘ydil r. Lekin tezda belim og‘rib qoldi. Qishloqdagi xolamning bolalariga qoyilman. Men tengi qizlari ham paxta terdi, ham moliga o‘t yulib oldi. Bog‘chaga bormas ekan». Nurxon: «Biz oilamiz bilan qishloqdan ko‘chib kelganmiz. Qishloqda men quyo'.h botishini ko‘p ko‘rganman. Quyosh botganda ufq qizarib, dalalar qorong‘ilasha boradi. Qorong‘ulik hamma yoq- qa birdan o‘rmalab ketadi. Lekin teraklar uchi xali nurli ko‘rinadi. Hamma yoqqa birdan jimlik cho‘kadi. Lekin oqshomda ham odamlar tinmaydilar. Saharda issiq non hidi butun qishloqni tutib ketadi. Daladan qayt- gan ayollar sigimi sog‘ib, xamir qoradi. Tong otmay tandirga o‘t yo- qib, tog‘oradan toshay-toshay deb turgan xamirdan non yasab, sutga yo‘g‘rilgan issiq, bo‘rsildoq nonlarni tandirdan uzib oladi. Qishloq hayoti ana shunday, issiq, bo‘rsildoq non hidi ufurgan oppoq tong bilan boshlanadi». Ravshan. «Olmalar gullaganda bog‘ juda chiroyli bo‘lib ketadi. Quyosh nurini olmoqchi bo‘lgan oppoq gulbarglar oftobga qaragan.Shabboda turib, olma gullarini silab-siypalaydi. Shunda olma gullari kuylagandek bo‘ladi. Bu asalarilar kuyi ekan. Shabboda tinadi. Go‘yo butun bog‘ kuylagandek bo‘ladi. Asalarilar gullagan bog‘ tepasida g‘ujg‘on o‘ynaydi. Yuqoridagi hikoyalardan ko‘rinib turibdiki, ona tilining hissiy, estetik ma’no qirralarini bir vaqtning o‘zida anglay boradilar, til go‘zalligini, boyligini his etadilar. Mavzu: Shaxsiy hayotdan hikoya tuzish: «Mehmonda». Maqsad: Tarbiyachining rejasi, namuna hikoyasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib, so'zlab berishga о 'rgatish. Vazifalar:
• Amaliy mashqlar orqali boshlangan so‘zni to‘ldirish. Mushuk, ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo.
• Gapirganda so‘zlami bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga о‘rgatish. Kutilayotgan natijaiar:
• Tarbiyachining rejasi, hikoya namunasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib, so‘zlab berishga o‘rganadilar.
• Gapirganda so‘zlami bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga o‘rganadilar. Kerakli jihozlar:
• Mavzuga oid rasmlar. Mashg* ulotning borishi.
1. Bolalar, siz oyingiz yoki buvingiz bilan mehmonga borganmisiz?
2. Mehmonga borishdan avval qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak? Mehmonda bolalar o‘zini qanday tutish kerak? Savol-javobdan so‘ng tarbiyachi: Bolalar, hozir «Mehmonda» mavzusida hikoya tuzishni o‘rganamiz. Tarbiyachi reja beradi. 1. Mehmonga qachon, qayerga, kim bilan bordingiz?
2. U yerda kimlami ko‘rdingiz?
3. Qanday o‘ynadingiz?
4. Mehmonda yana nimalar bilan shug‘ullandingiz?
Tarbiyachi hikoya namunasini berishi mumkin.
Bir kuni buvim meni xolamnikiga mehmonga olib boradigan bo‘ldilar. Men darrov yuvinib, kiyinib oldim. Buvim bilan yo‘lga tushdik. Xolamning uylariga kirishimiz bilan kattalarga salom berdim. Oyoq kiyimimni bir chekkaga yechdim. Buvimning kovushlarini ham chetroqqa olib qo‘ydim. Xolamning qizlari bilan mehmon-mehmon o‘ynadik. Keyin oshxonada xolamga yordam berdik, yuvilgan idish- lami artib turdik. Xolam xursand bo‘ldilar. Uyga ketayotganimizda «Yana kelganingizda, albatta, Nilufami olib keling», dedilar. 5-6 ta bolalar javoblari tinglanadi. Tetiklashtiruvchi mashq. «So‘zni to‘ldir» o‘yini. 0 ‘yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo‘liga olib, o‘yinni boshlab beradi. Bolalar tarbiyachi boshlagan so‘zni davom ettirishlari kerak: mu-shuk, ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo. 0 ‘yin shu tarzda davom etadi. Izoh: Tarbiyachi o‘yin davomida koptok har bir bolaga borishiga va javoblar qaytarilmasligiga, bolalar nutqining grammatik to‘g‘ri tuzilishiga ahamiyat berishi kerak. s Bolalar bilim ini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: Mehmonda bolalar o‘zini qanday tutish kerak? Kimning tuzgan hikoyasi sizga yoqdi?

Yüklə 27,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin