Reja suv haqida ma`lumot


Suvning ifloslanishi va ifloslanish turlari



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə3/4
tarix02.05.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#106054
1   2   3   4
Шодиев А

Suvning ifloslanishi va ifloslanish turlari

Suvni muhofaza qilishning asosiy shartlaridan biri, uni tejab sarflashdir. Suvni tejashda borgan sari ko'payib borayotgan oqova suvlarini yig'ib, uni tozalash va qayta ishlatish katta ahamiyatga egadir. Ko'p joylarda sug'orish sistemasi (kanal, lotok, ariqlar) nosozligidan suvning bir qismi erga shimilib yoki havoga bug'lanib isrof bo'lib ketayapti, ba'zi xo'jaliklarda, ayniqsa, Qarshi kanali atrofida suvdan rejasiz foydalanish, ko'llatib sug'orish, keraksiz joylarga oqizib qo'yish hollari uchrab turadi. Ko'p xo'jaliklarda suv optimal miqdoridan ikki barobar ko'p sarflanayotganligi ma'lum. G'uzani me'yoridan ko'p sug'orish uni g'ovlab ketishiga, tuproq sovushi va zichlanishiga, undagi foydali mikroorganizmlar faoliyatini susayishiga olib keladi.


Ayrim tashkilotlarda suv tozalash inshootlarning talabga javob bermasligi sababli oqova suvlar to'g'ridan-to'g'ri ochiq suv havzalariga va relefga tashlanmoqda. Natijada bu oqova suvlar nafaqat ochiq suv havzalarini, balki er osti suvlarini ham ifloslantirmoqda. Oqova suvlarni tozalash asosan 4 xil yo'l bilan olib boriladi.

Suvning ifloslanishi va ifloslanish turlari


1. Mexanik usulda, suvda erimaydigan jismlar panjarada ushlab qolinadi.
2. Fizik (elektroliz) usulida, suv tarkibidagi og'ir metall ionlari anionlar va kationlardan tozalanadi.
3. Kimyoviy usul, suvni xlorlash va ozonlash yo'li bilan bo'ladi.
4. Biologik usulda, suv o'tlari (xlorella) yordamida tozalanadi. Yoki nishablikda 2 ta hovuz quriladi va biridan ikkinchisiga suv oqib tushayotgan paytda, 80 sm gacha bo'lgan qum, tuproq suv tarkibidagi mayda mikrob va bakteriyalarni ushlab qoladi. 
Suv havzalari quyidagicha ifloslanadi: suvda har xil zararli moddalar to‘planib suvning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Organik va mineral qo‘shilmalar miqdori ortadi. Zaharli birikmalar paydo bo‘ladi. Suv tarkibida kislorod kamayadi. Bakteriyaning turlari va miqdori o‘zgaradi va yuqumli kasalliklar tarqatuvchi bakteriyalar paydo bo'ladi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin