Suv yana sanoat va kommunal xo‘jaliklardan chiqqan oqava suvlar, neft, radioaktiv moddalar va boshqalar bilan ifloslanadi. Rivojlangan davlatlarning sanoatida ishlatiladigan toza suvlar kommunal maishiy xo‘jaliklarga sarflanadigan suvlardan bir necha barobar ko'pdir. Chiqindi suvlar insonni ichimlik suv bilan ta’minlashda yaroqsiz hisoblanadi. Chunki zaharli moddalar bilan to‘yingan suv inson salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Turli yuqumli kasalliklami keltirib chiqaradi. Keyingi vaqtda shifokorlar poliomielit, sariq va sil kasalliklar mikroblarining suv orqali tarqalishini aniqladilar. Kimyo sanoatida sintetik yo‘l bilan ishlab chiqariladigan bo‘yoq, portlovchi modda va turli xil dori- darmon, kauchuk, sun’iy tola va boshqalar toza suvni ko‘p miqdorda talab qiladi. Oqibatda bunday ishlab chiqarish manbalaridan chiqqan iflos suvlar tarkibida tabiatda uchramaydigan zararli moddalr ham uchraydi.
E`tiboringiz uchun tashakkur