Tadbirkorlikni aralash shakli hissadorlik jamiyatlari va ma`suliyati cheklangan jamiyatlar yoki qo`shma korxonalar ko`rinishda bo`ladi.
Davlat tadbirkorligi bu davlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarni va mulkida davlat ulushi yuqori salmoqni tashkil qiladigan korporatsiyalarni o`z ichiga oladi.
Korxona (firma)– iqtisodiy faoliyatni tashkil qilishning asosiy ijtimoiy- iqtisodiy shakli, milliy iqtisodiyotning birlamchi va tovarlar ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) bo`yicha tadbirkorlik faoliyati subyekti.
Korxona shakllari: 1. Xo`jalik faoliyati turi va amalga oshiriladigan operatsiyalarning xarakteri bo`yicha:
Sanoat, savdo, transport, sug`urta, bank, moliya – investitsion, ilmiy –tadqiqot, innovatsion va boshqa turli xizmatlar ko`rsatuvchi korxonalar.
2. Ishlab chiqarishning to`planuv darajasi bo`yicha:
Mayda korxonalar; O`rta korxonalar; Yirik korxonalar.
3. Mulkchilik shakllari bo`yicha:
Xususiy korxonalar;
Davlat korxonalari (ishlab chiqarish va budjet korxonalari hamda aralash kompaniyalar);
Jamoa korxonlari (kooperativlar,mulk paychiligidagi shirkatlar va h.k.); Mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan korxonalar.
Xizmat ko`rsatuvchi korxonalar
Aksionerlik jamiyatlari ancha katta hajmda investitsion mablag`lar va iqtisodiy resurslar taqozo qilinadigan loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi va moliyaviy resurslarni alohida o`ziga xos shaklida, ya`ni hissadorlik tartibida birlashtirish asosida tashkil qilinadigan korxonalardir.
Aksionerlik jamiyati qo`yilgan kapital miqdoriga qarab, qimmatli qog`oz –aksiya chiqarish va uni joylashtirish hissadorlik munosabatlarning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.
Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o`zining ma`lum hissasini qo`shganligi va uning foydasidan divident shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog`ozdir.
Aksiya o`z egasi korxonani boshqarishda qatnashish va jamiyat tugatilganda uning mulkiga sheriklik huquqini ham beradi.