Av = Vich + Vm Tadbirkorlik kapitalining tovarlar tayor bo`lgan davrgacha joylashgan vaqti ishlab chiqarish vaqtini, ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tayor tovarlarni sotish uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi.
Muomala vaqtining davomiyligini belgilab beruvchi omillar:
Transport, aloqa va kommunikatsiya tizimining rivojlanish holati; Tovarlar va resurslar bozorining rivojlanish darajasi; Bozor infratuzilmasining holati; Xo`jalik aloqalarining mavjud tizimi.
Ishlab chiqarish davomiyligini belgilab beruvchi omillar:
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va iste`mol qilinish xususiyatlari; Ishlab chiqarish texnologiyasi va uning texnikaviy qurollanish darajasi; Qo`llaniladigan mehnatning miqdori va uning unumdorligi; Ishlab chiqarishning tabiiy va iqlim sharoitlari.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish jarayonlari:
Asosiy kapitalni moliyaviy ta`minlash uchun investitsion resurslarni vujudga keltirish;
Asosiy kapitalni samarali taqsimlash va ulardan iqtisodiy faoliyatda foydalanish. Asosiy kapital eskirishi va amartizatsiya jarayonini hisobga olish; Asosiy kapitalni jismoniy shaklda qayta tiklash (kapital ta`mirlash yoki yangilash).
Amortizatsiya – asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatining ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) ga o`tkazilishi va asosiy kapitalni qayta tiklash maqsadida jamg`arilib borish jarayonini anglatadi.
Amartizatsiya ajratmalari mablag`laridan ikki maqsadda foydalaniladi:
Asosiy kapitalni to`liq qoplash, ya`ni qayta tiklash maqsadida; Asosiy kapitalni qisman tiklash ya`ni kapital ta`mirlash maqsadida.
Amartizatsiya normasi (An)– amartizatsiya ajratmalari yillik summasining (Aaj) asosiy kapital qiymatiga (Kas) nisbatining foizdagi ifodasidir.
Adabiyotlat ro’yxati:
1.Zaynutdinov Sh.N. Bozor sharoitida sifat mеnеjmеnti masalalari. Ilmiy maqolalar to`plami. – T.: TDIU, 2006.
2.Qosimova D.S. Nеft-gaz kompaniyalarini samarali menejment asoslari. Monografiya. – T.: “Fan”, 2006. – 146 b.
3.To`laganova D.S. Tеorеtichеskiе podxodo’ k rasionalnomu ispolzovaniyu rеsursnogo potеnsiala v kompanii G’G’ “Iqtisodiyot va talim” jurnali, 2005, 1–son.
4.Qosimova D.S. Tezroofing. Markеting stratеgiyasini qo`llash. O`zbеkistondagi biznеs talim tizimiga «Kеys Stadi» uslubini tadbiq etish. Kеyslar to`plami. – T.: Akademia, 2006. – 517-532-b.
5. Sharifxo`jaеv M., Abdullaеv Yo. Mеnеjmеnt. Darslik – T.: O`qituvchi, 2002. – 256 b.