Reja:
1.Tadbirkorlik faoliyatining turlari
2.Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy tomonlari.
3.Ozbekistonda tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchilarga huquqiy yordam.
.
Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlik yoki biznes ( ihgl- business — "bandlik"), deb har qanday qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugullanadi.
Tadbirkorlik xojalik yuritish kolamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik esa 20 — 500 kishi band boʻlgan korxona (firma)lar, kichik tadbirkorlik 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va orta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan.
Tadbirkorlik (biznes) huquqi – tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi va bozor sharoitida davlatning iqtisodiyotga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini belgilovchi
huquqiy qoidalar yig‘indisi.
Tadbirkorlik (biznes) huquqi sub’ektlari - belgilangan
tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Tadbirkorlik faoliyati - tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
2015 yil 15 maydagi PF–4725-son Farmonning ijrosini
ta’minlash va tadbirkorlik tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati hamda ulardan foydalanish
imkoniyatlarini tubdan oshirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha”
tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2412-son Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan tuman (shahar)
hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari negizida tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona
markazlari tashkil etililishi belgilab qo‘yildi. Qarorga binoan “YAgona darcha” markazlarining asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
- “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini
ko‘rsatish;
- tadbirkorlik sub’ektlariga ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat
berish va litsenziyalash tartib-taomillaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlash;
- tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik g‘ov-to‘siqlarga yo‘l qo‘ymasdan davlat xizmatlari ko‘rsatayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish;
- arizachilarga informatsion yordam ko‘rsatish, shuningdek
davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida
bepul konsultatsiya berish.
Aynan, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomi belgilanib, bu yuridik fakt huquqiy munosabatni belgilovchi ahamiyatga egadir.
Keyingi vaqtda O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko`p yo`nalishlardan iborat bo`lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.
Innovastion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug`ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko`rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug`ullanadi. Tovarga bo`lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potenstial iste`molchilari, xari-dorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug`ullanuvchi tashki-lotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo`lajak xaridorlar o`rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og`zaki va`dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Shakllangan barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakat-larda og`zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo`lib, kerak bo`lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og`zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Tadbirkorlikni boshlashda huquqiy jihatdan nimalarga e`tabor berishi kerak:
Dostları ilə paylaş: |