Mavzu:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va
taklif ahamiyati. Bozor muvozanati.
Reja:
1.
Talab tushunchasi. Talab qonuni.
2.
Taklif tushunchasi. Taklif qonuni.
3.
Talab va taklif muvozanati.
4.
Foydalanilgan adabiyotlar
Bozor iqtisodiy holatining xolati — ikki omilning, ikki kuchning doimiy
o‘zaro ta'siridan iborat. Bu talab va taklifdir. Xuddi shu ikkala kuch yordamida
iqtisodiyotning uch asosiy savoli — nimani ishlab chiqarish kerak? Qanday ishlab
chiqarish kerak? Kim uchun ishlab chiqarish kerak? — savollariga javob qilinadi.
Talab tushunchasi.
Iqtisodiy holatda turli voqea va xodisalar bo‘lib turadi.
Aytaylik, qish ketib bahor kirib kelyapti. Do‘kon egasi fahmlab qoldiki, do‘konda
ko‘plab qishki ust-bosh va oyoq-kiyimlar sotilmay qolib ketyapti.
Nima qilish kerak? Balki, bu narsalarni narxini arzonlashtirib sotishni
uyushtirish kerakdir. Zo‘r fikr! Chunki haridorlar bahorda qishki ust-boshlarni
narxi arzon bo‘lgan taqdirdagina sotib olishadi. Shu yo‘l bilan bahorda qishki
mahsulotlarga talabni oshirish mumkin.
Talab iste'molchilarning muayyan davrda bozorda taklif etilayotgan narxlarni
har birida sotib olishga tayyor holi yoki sotib olishga qodir mahsulotlar miqdorini
bildiradi. «Sotib olishni istaydi», «Sotib olishga qodir»,—degan gaplar bo‘lib
turadi. Istakning asosida extiyoj yotadi. Bir extiyojning o‘zi yetarli emas.
«Extiyoj», «Qodir»lik bilan, ya'ni sotib olishga yetadigan pul bilan
mustaxkamlanishi kerak, xaqi to‘lanmaydigan istakni bozor hisobga olmaydi.
Binobarin,
Dostları ilə paylaş: |