muvozanat narx
deb
atashadi. Muvozanat narxi ishlab chiqaruvchilarning sotish xaqidagi qarori va
iste‘molchilarning sotib olish xaqidagi qarori o‘zaro muvofiqlashuvi faqat 40
so‘m narxda yuz beryapti. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari
Bozorning samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilmasining
rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir.
Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda
amal qilishga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalarni quyidagi asosiy
yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash mumkin:
1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor
xo‘jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, birjalar,
auktsionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agеntliklari va h.k.);
2) moliya-krеdit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank, krеdit
muassasalari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.);
3) ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal
xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);
4) axborot xizmati idoralari (ma‘lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va
sotish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar).
Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-
sotiq, moliya-krеdit faoliyatiga, asosiy hamkorlarni topishiga, ishchi kuchini
yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha
tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam bеradi.
Ularning bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bеpul xizmat ko‘rsatsa,
boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo‘lib,
ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat
qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha
tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz.
Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam
savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar birjasi, fond
birjasi, valyuta birjasi, mеhnat birjasi singari turlari kеng tarqalgan.
Tovar birjasi – oldindan bеlgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil
etish shakli.
Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan
tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-sotdisi
amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
Mеhnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi
bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga
oluvchi muassasa.
Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar
tuziladi, lеkin tovarni yetkazib bеrish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida
yuz bеradi. Bunda tovarning egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular
nomidan ishni brokеrlar (dallollar) yuritadi. Brokеr (maklеr) – bu tovar, fond va
valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki
maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobiga ish
yuritadi, kafolat bеruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham
mumkin.
Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan,
lеkin tayyorlanishi aniq bo‘lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kеlib
tushmagan tovarlar ham sotiladi.
Birjalar ixtisoslashgan yoki univеrsal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan
birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, univеrsal birjalarda har xil
tovarlar sotiladi.
Auktsion – alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun
muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
Auktsionda savdo tovarlarning nisbatan chеklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy
sotuvga qo‘yish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Auktsion e‘lon qilingan vaqtda va ma‘lum
davrda o‘tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kеlib tushish mavsumi va hajmi
hisobga olinadi. Auktsion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan
tartibda savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi
tovarni sotib oladi. Auktsionlarda san‘at asarlari, noyob buyumlar, kollеktsiyalar
ham sotilishi mumkin.
Savdo yarmarkasi – muayyan bеlgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi
hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari
ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari
o‘rtasida tuzilib, unda bеvosita istе‘molchi qatnashmaydi.
Savdo uyi – o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab
chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni
oluvchi kеng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki univеrsal
bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kеchak,
oyoq kiyim, gazlama va h.k.), univеrsal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo
qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat
ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil
yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo
bilan shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi
bilan ham shug‘ullanadi.
Savdo uylari o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan eksport-import hamda
boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini
sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, krеditlar bеrish, sug‘urta
xizmati ko‘rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulki sifatida sotib olib, kеyin
istе‘molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular
mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supеrmarkеtlardan iborat bo‘ladi.
Supеrmarkеt – bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan
kеng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning dеyarli barcha turlari bilan,
jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supеrmarkеt xaridorlarga bеpul
maslahatlar bеradi, tovarlarni buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga
madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi.
Infratuzilma tizimida moliya-krеdit munosabatlariga xizmat qiluvchi
muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo‘lgan kapital
bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o‘rnatadi. Moliyaviy
muassasalarning aksariyati o‘ziga xos bеlgilar bilan bir qatorda yagona umumiy
bеlgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan
bog‘liqligidir. Ya‘ni, moliyaviy muassasalar sub‘еktlarning ortiqcha pul
mablag‘larini jalb etib, o‘z nomidan moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj sеzgan
sub‘еktlarga pul qarz bеradi.
Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona
idoralari kabi muassasalari moliya-krеdit munosabatlarida alohida o‘ziga xos
o‘ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o‘rni
bilan kеyingi boblarda batafsil tanishamiz.
Bozor iqtisodiyoti sub‘еktlarini moliyaviy axborotlar bilan ta‘minlash bozor
infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari
zimmasiga tushadi. Auditor firma – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy
xo‘jalik faoliyatini tеkshirib boruvchi, ular hisobotini ekspеrtizadan o‘tkazuvchi
muassasa. Ular odatda aktsiyadorlik jamiyati yoki koopеrativ shaklda faoliyat
ko‘rsatadi va to‘liq mustaqillikka ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir
mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish
qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar
auditorlar dеb ataladi.
Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ko‘rib chiqilgan muassasalari
barcha bozor turlarining faoliyat ko‘rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy
munosabatlarni tartibga solishni ta‘minlaydi.
: Infratuzilmaning mohiyati, ahamiyati va turlari. «Bozor infratuzilmasi
iqtisodiyoti» fanining predmeti va usullari.
REJA:
1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va o‗ziga xos xususiyatlari.
2. Infratuzilmaning mohiyati va turlari.
3. «Bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti» fanining predmeti va tadqiqiot
usullari.
1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va o‗ziga xos xususiyatlari.
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga
asoslangan, har bir insonni o‗z faoliyati natijasini o‗ylab, oqilona хo‗jalik
yuritishga undovchi dеmokratik iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyoti ko‗p asrlardan buyon mavjud bo‗lib, taraqqiyotning
hozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‗tarildi.
Bozor iqtisodiyotining ayrim o‗ziga хos bеlgilari bor:
a) xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo‗ladi;
b) ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi.
Markеting muhim rol o‗ynaydi;
d) erkin raqobat asosiy o‗ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo‗llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan tartibga solish faqat bozorning
salbiy oqibatlarini chеklashga qaratiladi. Bundan shunday хulosa chiqarish
mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o‗zini-o‗zi tartibga soladi,
undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni tartibga solishga ta‘sir ko‗rsatadi.
Bozor deganda kishilar ko‗z oldida ko‗pchilik yig‗ilib savdo-sotiq yuz
beradigan joy gavdalanadi, lekin ko‗pchilik do‗kon, birja yoki auksionni bozor
tarzida qabul qilmaydi. Aslida "bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak.
Bozor iqtisodiyoti va bozor tushunchalari o‗zaro bog‗liq bo‗lsada, ular aynan bir
narsa emas. Agar bozor iqtisodiyoti yaxlit bir organizm hisoblansa, bozor uning
muhim a‘zosidir.
Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan
o‗zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir.
Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-birini topadi. Bozor ularni bir-biriga
bog‗lab turuvchi mexanizm hisoblanadi. Bozor bu barter emas, balki oldi-sotdi
qilish, ya‘ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Bozor bo‗lishi uchun oldi-
sotdi ham xaridorga, ham sotuvchiga manfaatli bo‗lishi talab qilinadn. Sotuvchi
o‗z tovarini yaxshi qo‗llasa, xaridor esa kerakli tovarni ma‘qul narxda topa biladi,
shuning uchun ham ular muhim aloqada bo‗lishga intiladi. Bozorning har bir
ishtirokchisi, u kim bo‗lishidan qat‘i nazar (fuqaro, firma, davlat), bir bozorda
sotuvchi bo‗lsa, boshqa bozorda xaridor vazifasini o‗taydi.
Xaridorda tovarni ma‘lum narxda sotib olish ishtiyoqi bor. Sotuvchilar esa
tovarlarni bozorga chiqarib ularni ma‘lum narxda xaridorlarga taklif etuvchilardir.
Dostları ilə paylaş: |