Reja: Ta’limda axborot texnologiyalari


Masofaviy ta’limning texnologiyalari va unda qatnashuvchilari



Yüklə 46 Kb.
səhifə4/4
tarix03.06.2023
ölçüsü46 Kb.
#124156
1   2   3   4
1523205186 70879

Masofaviy ta’limning texnologiyalari va unda qatnashuvchilari.
Masofaviy ta’limning asosiy texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
INTERAKTIV texnologiyalar: Internet masofaviy ta’lim portali. Video va audio konferenstiyalar. Elektron pochta orqali ta’lim. Internet orqali mustakil ta’lim olish. Uzoqdan boshqarish sistemalar. Onlayn simulyator va o’quv dasturlar. Test topshirish sistemalari.
INTERAKTIV bo’lmagan texnologiyalar:
Video, audio va bosmaga chiqarilgan materiallar.
Televizion va radio ko’rsatuvlar.
Disklarda joylashgan dasturlar.
Video va audio konferenstiyalar - bu Internet va boshqa telekomunikastion aloqa kanallari yordamida ikkita, uzoqlashgan auditoriyalarni telekommunikastion holatda bir biri bilan bog’lab ta’lim olish yo’li. Video va audio konferenstiyalar uchun katta hajmda maxsus texnika, yuqori tezlikga ega bo’lgan a’loqa kanali va o’qitishni tashkil qilish uchun xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislarni jalb etish kerak bo’ladi.
Internet orqali mustakil ta’lim olish - bu Internetda joylashgan ko’pgina saytlarda joylashgan katta xajmdagi ma’lumotlar ustidan mustaqil ravishda ishlash va yangi bilimlar olish yo’li.
Elektron pochta orqali ta’lim esa eng ommaviy Internet xizmatlaridan foydalanib, o’quvchi va o’qituvchi o’rtasida xatlar orqali muloqot o’rnatib ta’lim olish yo’li. U yordamida har xil test, vazifa, savol-javob va ko’rsatmalarni (matn, grafika, multimediya, dasturlar va boshka kurinishida) jo’natib qabul qilishimiz mumkin.
Uzoqdan boshkarish tizimlari - murakkab dastur, tizim va uskunalarni real xolatda boshqarish va ularda ishlash imkoniyatlarini yaratuvchi maxsus tizimlar yordamida bilim olish yo’li. Uzoqdan boshkarish tizimlarning asosiy vazifasi o’quvchiga faqatgina amaliy bilimlarni berish.
Simulyator, elektron darsliklar va o’quv dasturlar - bu asosan nazariy va amaliy bilimlarni kompyuter dasturlari orqali o’quvchilarga on-layn xolatida olish yo’li. Simulyator va elektron dasrliklar xozirgi kunda ta’lim sohasida juda keng qo’llanilyapti.
Test topshirish tizimlari - bu maxsus dasturlar yordamida o’quvchilarning amaliy va nazariy bilimlarni tekshirishning asosiy vazifasi, bu talabalar bilimlarini tekshirib ularni baxolash.
Internetning masofaviy ta’lim portali bu maxsus Internet saytlar (onlayn resurslar). Ushbu saytlarning asosiy vazifasi - ta’lim jarayonini tashkil qilish, yoki boshqa so’zlar bilan o’quvchi va o’qituvchi o’rtasida elektron on-layn muloqotni o’rnatish, o’qituvchilarga o’quv materiallarni joylashtirish va o’quvchilarga shu ma’lumotlar bilan ishlashga xamda boshqa masofaviy ta’lim servislardan foydalanishga imkoniyat yaratish.
Masofaviy ta’limni jarayonida quyidagilar qatnashishi shart, bular - masofaviy kurs avtori, metodist, o’qituvchi (tyutor, koordinator), ruxshunos, administrator, dokumentovod, telekommunikastiya va dasturiy ta’minot guruhi xamda o’quvchilar.
Avtor - masofaviy kursni yaratuvchi, uni yangilatuvchi va taxrirlovchi shaxs.
Metodist - masofaviy kurs avtoriga konsultastiyalar beruvchi va kursni taxrirlovchi shaxs.
O’qituvchi - o’quvchilar bilan o’qish jarayonida muloqotda bo’luvchi va ularga yordam beruvchi xamda ularning bilimlarini tekshiruvchi shaxs.
Ruxshunos - o’qish jarayonining psixologik monitoringni tashkil qiluvchi shaxs.
Administrator - o’quvchilarni qabul qilish va o’qishdan chetlash masalalarini echuvchi va malakali o’qituvchilarni jalb qiluvchi shaxs.
Dokumentoved - xujjatlar bilan ishlovchi shaxs.
Telekommunikastiya va dasturiy ta’minot guruhi -dasturlar va telekommunikastiya resurslar ishini ta’minlovchi shaxslar.
O’quvchilar - o’quv jarayonida qatnashuvchi shaxs. O’quv jarayonini tashkil kilishda esa albatta quyidagi qadamlarni bajarishimiz zarur bo’ladi:
Kurs maqsadlarini aniqlash. Qaysi bilimlarni (mavzular, fan va ... ) va kimlar uchun o’qitish kerak.
O’qish metodlarini tanlash. O’quv jarayoni davomida bilimlar va ko’nikmalar darajasini diagnostika xamda tekshirish manbalarini va usullarini aniqlash kerak.
O’quv materialga metodik talablarini ishlab chiqarish. Yangi bilimlarni berish usullarini va xajmlarni aniqlash kerak.
Darslar jadvalini ishlab chiqarish. Butun kursni bir nechta modullarga bo’lish, har bitta modul tugallanishidan keyin o’quvchi tomonidan qanday bilimlarga ega bo’lishini aniqlash kerak.
O’quv jarayonini monitoringni tashkil qilish.
Tekshiruv jarayonlarni rejalashtirish,
O’quvchilarning mustaqil ishlarini rejalashtirish,
O’quv jarayoni natijalarini prognozlashtirish, Natijalarni aniqlash va taxlil qilish.
Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin