Reja: Ta’limda axborot texnologiyalari


Masofaviy ta’lim modellari



Yüklə 46 Kb.
səhifə2/4
tarix03.06.2023
ölçüsü46 Kb.
#124156
1   2   3   4
1523205186 70879

Masofaviy ta’lim modellari.
Masofaviy ta’lim (MT) - bu o’qituvchi va o’quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, axborot texnologiyalardan fodalanilgan ta’lim turi.
Bu ta’lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil qilinishiga sabab bo’lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informastiyalashtirish darajasi, transport va kommunikastiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’lim uchun mutaxasislar mavjudligi, ta’lim sohasida informastion va kommunikastion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta’lim sohasidagi odatlari.
Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy o’quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o’qituvchiga biriktirilgan bo’lishadi. Konsultastiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional bo’limlar bo’lishi shart. Shunday o’quv kurslarda o’qituvchi va o’quvchilarga o’quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi.
Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi (http://www.ou.uk) ta’limni olish mumkin.
Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim
o’quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruxda bir xil o’quv
dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va ularni baholash mezonlari
mavjud. Shunday o’quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni
masofaviylarga qaraganda ko’p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va
uslubiyotdagi yangi yo’nalishlarni izlanishlarida qo’llaniladi.
Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta’limni olish mumkin.
Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim
turlarini integrastiyalashtirish uchun yaratiladi. O’quvchilar o’quv kursning
bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan o’qiydi. Shu bilan
birga bu ta’lim turiga virtual seminar, prezentastiyalar va lekstiyalar
o’tkazish ham kiradi.
Bu modelga misol qilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi (http://www.massey.ac.nz) ta’limni olish mumkin.
Konsorstium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashishini talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o’quv kurslarni tashkil qilib ishini ta’minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga o’quvchilarni ta’minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet o’rnida ta’lim
sohasida ishlaydigan korxonalar xam qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o’quv kurslarni doimiy ravishda nazorat qilish va muallif xuquqlarini tekshirish zarur bo’ladi.
Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq O’quv Agentligidagi (http://www.ola.bc.ca) ta’limni olish mumkin.
Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan o’zlari yaratgan o’quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta’lim sohasida etakchi bo’lgan o’quv muassasa bu sohada ilk qadam qo’yadigan muassasaga o’zining o’quv kurslarni taqdim qiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa o’quvchilari bir xil ta’lim va diplomlar olishadi.
Bu modelga misol qilib Ochiq Universitet Biznes maktabi va Sharkiy Evropa Universitetlari bilan bo’lgan xamkorligi bo’lishi mumkin.
Validastiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan bo’lgan munosabatlariga o’xshash. Bu modelda bitta universitet o’quv kurs diplomlarlarni kafolatlasa, qolgan bir nechta universitetlar o’quvchilarni ta’minlaydi.
Uzoqlashgan auditoriyalar. Ushbu modelda informastion va kommunikastion imkoniyatlar keng foydalaniladi. Bitta o’quv muassasada bo’lib o’tgan o’quv kurslar videokonferenstiyalar, radiotranslyastiyalar va telekomunakastion kanallar orqali sinxron teleko’rsatuvlar ko’rinishida boshqa auditoriyalarga uzatiladi. Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu modelda o’quvchilar kunduzgi ta’limda qatnashmaydi.
Bu modelga misol qilib AQShning Viskonsing Universitetidagi va Xitoyning markaziy radio va televidenie Universitetidagi ta’limni olish mumkin.
Proektlar. Ushbu model davlat yoki ilmiy izlanish maqsadidagi dasturlarni bajarish uchun yaratiladi. Asosiy ish masofaviy ta’lim mutaxassislari va pedagoglar to’plangan ilmiy-metodik markazga tushadi. Ushbu modelda yaratilgan kurslar axolining katta qismiga namoyish qilinib o’z vazifasini bajargandan keyin to’xtatiladi.
Bu modelga misol qilib Afrika, Osiyo va Lotin Amerikadagi rivojlanmagan mamlakatlarida o’tkazilgan qishloq xo’jaligi, soliqlar va ekologiya xaqidagi o’tkazilgan har xil kurslar bo’lishi mumkin.

Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin