Reja: Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Bo'lajak boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarixiy ongni rivojlantirishda Sharq allomalarining asarlaridan foydalanish



Yüklə 67,08 Kb.
səhifə10/11
tarix28.11.2023
ölçüsü67,08 Kb.
#167015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqs-fayllar.org

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarixiy ongni rivojlantirishda Sharq allomalarining asarlaridan foydalanish
Reja:
1.Tarbiya maqsadining aniqligi
2.Bo'lajak boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarixiy ongni rivojlantirishda
3. Tarixiy ongni rivojlantirishda Sharq allomalarining asarlaridan foydalanish
1.Tarbiya maqsadining aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi kozda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim toqrisida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” g‘oyalariga kora ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bolgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yolidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, ya'ni, shaxsning aqliy,axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.maqsadining aniqligi

2.Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchilarning bolalar bilan ma'naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy me’yor va qadriyatlarini aniqlash oquvchining tarbiya jarayonidagi faolligini ta'minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali tola-tokis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega.


3.O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy o‘z-o‘zini anglashi, uning o‘z shaxsiy hayoti va faoliyatining sub'ekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir.
4.Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya ta’lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki oquvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos xarakteri, o‘z qadr-qimmatini anglash tuygulari rivojlantirilib borilishi zarur.
5.Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya goyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham oquvchi, ham oqituvchi ma'naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi oquvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuygularini ko‘ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon boladi. Tarbiyalanuvchining irodali bolishi ta'minlangan sharoitda uning shaxsiga ta'sir korsatishga yonaltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi.
6.Jamoa yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni tolaqonli talqin etish, insonparvarlik va o‘zaro hamkorlik tuygularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yoli; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuygulari va xulqiga ta'sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuygulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Yoshlar ongiga mafkuraviy immunityetni shakllantirish- milliy istiqlol g‘oyasining asosiy omillaridan biri Bilimlar – mafkuraviy immunitеt tizimining asosiy va birinchi elеmеntini tashkil etadi. Ammo mafkuraviy immunitеt tizimidagi bilimlar ob' еktiv bo‘lishi, ya'ni voqеlikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining boyishiga va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ikkinchidan, bu bilimlar o‘z mohiyat e‘tiboriga ko‘ra, Vatan va xalq manfaatlari, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i lozim.«Amеrika tеlеvidеniyasi dasturlari va filmlari jahon bozorining qariyb to‘rtdan uch qismini egallagan. Amеrika musiqalari va amеrikaliklarning ovqatlanish odatlari, kiyinishlari va qiziqishlariga butun dunyo taqlid qiladi.
Lekin ushbu uslubda ham ma’lum xavfli tomonkiri mavjud. Pedagog, ba’zi bolalar boshqalar ustidan nazoratchi bo‘lib qolmasliklarini kuzatib borishi zarur. Ekologik mavzuda ochiq tarbiyaviy tadbirlar o’tkazish. O’quv yili davomida. ... Bunda aqliy, axloqiy,vatanparvarlik, huquqiy va boshqa tarbiyalar bo'yicha belgilangan ishlar va tadbirlar, kasb tanlash ishlari (kasblar ro'yxatini tuzib chiqish, kasb haqida burchak tashkil qilish, mehnat ahli bilan uchrashuvlar, o'quvchilarga anketalar tarqatish, javoblami tahlil qilish, qiziqishlar kartasini to'ldirish, kasb haqida insho yozdirish, o'quvchilaming texnik ijodiyoti ko'rgazmasini tashkil qilish, sinfdan tashqari o'qishni tashkil qilish),fan. ... mafkuraviy va ma’naviy tarbiya amalga oshiriladigan muhitdir.
Mafkuraviy himoya
...Internetning ta'sir kuchi ko'p hollarda ma'lumotlarning tezkorligi, ko'tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va mavjud muammolarning samarali yechimlari taklif etilishiga bog'liq. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, “Zamonaviy axborot maydonidagi harakat shunchalar tig'iz, shunchalar tezkorki, endi ilgarigidek: “Ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo'q”, deb beparvo o'tirib bo'lmaydi. Mana shu shart-sharoitlarning barchasi ham ma'naviyat, milliy mafkuraning ahamiyatini yanada kuchaytiradi... Bugungi kunda g'oyani, fikrni taqiq bilan, ma'muriy choralar bilan yengib bo'lmaydi. G'oyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”.
Internet orqali amalga oshiriladigan, katta mablag' talab qilmaydigan g'oyaviy ta'sir va tazyiqni ko'pincha o'quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinning o'zi sezmay qoladi. Bunda g'oyaviy ta'sir yo'naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, tabiati, mavjud muammolari jiddiy o'rganilgani holda, asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta'sir ko'rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o'zgartirishga, ularning boshqaruvchilik ahamiyatini kamaytirishga yoki butunlay yo'qqa chiqarishga qaratiladi.Hozir buzg'unchi oqimlarning g'oyalarini targ'ib qilishda internetdan asosiy qurol sifatida foydalanmoqdalar.
So'nggi yillarda qo'poruvchi tashkilotlar g'oyalarini targ'ib-tashviq qilishga qaratilgan veb-saytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil oldin bunday saytlar soni 20 ta bo'lsa, bugun bu ko'rsatkich 7000 dan ortib ketdi. Qo'poruvchilarga xizmat ko'rsatuvchi sayt va portallar soni kundan-kunga ortib bormoqda.
Bunday saytlar to'satdan paydo bo'ladi, vaqt o'tgach yo'qoladi, mazmunini o'zgartirmagan holda, nomlanishi va ro'yxatdan o'tish manzilini tez-tez almashtirib turadi.Shuningdek, ekstremistlar va qo'poruvchilarning saytlarida tashkilotning maqsadi, tarixi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy mazmundagi ma'lumotlarga ham keng o'rin beriladi. Jumladan, qo'poruvchilar kuch ishlatish yo'liga o'tishga go'yo majbur bo'lganlarini asoslashga, buzg'unchilik harakatlarini ma'naviy va axloqiy jihatdan oqlashga intilishadi. O'zlarini “ozodlik kurashchisi”, “partizan”, “qarshilik ko'rsatuvchi” deb atab, tinch-lik tarafdori sifatida talqin etishga zo'r berib urinishadi.Ulkan axborot ummonida yolg'on xabarlar nisbati shiddat bilan ortib borayotgan hozirgi tahlikali zamonda ajdodlarimizning, xususan, buyuk muhaddis ajdodlarimizning hadislarni ishonchli va ishonchsizga ajratishda qo'llagan boy ilmiy tajribalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Ular asosiy e'tiborni avvalo hadis isnodi (uni yetkazuvchi roviylar silsilasi)ga, so'ngra hadis matni (mazmuni nechog'li haqiqatga yaqin ekani)ga qaratganlar.Hadisning boshlanishida uni birinchi bo'lib aytgan va eshitgan kishidan boshlab, hadislarni to'plovchiga qadar barcha shaxslarning ismlari birma-bir ko'rsatib chiqilgan va bu hadisning asosi, dalili hisoblangan. Hadisning haqiqiy yoki soxta ekanini muhaddislar shu ismlarni taqqoslash yo'li bilan tekshirganlar. Hadisni naql qiluvchi kishilarning yashagan yillari va ijobiy sifatlari shartga to'g'ri kelsa, hadis ham to'g'ri deb hisoblangan.
Bugun yoshlar axborot himoyasi bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi, har qanday xabarning mohiyatini tushunishi, zararidan saqlana olishi zarur.Inson o'zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, hech bo'lmaganda “Bu axborotni kim uzatyapti?”, “Nima uchun uzatyapti?” va “Qanday maqsadda uzat-yapti?” degan savollarni o'z-o'ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak. Shundagina turli g'oyalar ta'siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma'lumotlarga ko'r-ko'rona ergashishning oldi olinadi. Yoshlarda axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish, milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga hurmatni kuchaytirish zararli xabar, ma'lumotlarga qarshi o'ziga xos qalqon bo'ladi, shaxs dunyoqarashi va xulqida sobitlikni ta'minlashga xizmat qiladi.Odamzod ishonchga, e'tiqodga tayanib yashaydi. Binobarin, uning e'tiqodi ham o'zi kabi hurmatga, e'zozga loyiqdir. Ongu tafakkurga tahdid solishni, sof e'tiqodli kishilar qalbiga tajovuz qilishni ko'zlagan kimsalarning internet orqali tarqatayotgan fikrlari soxtalikka, yuzakilikka va g'arazli manfaatga asoslangan, shu bois bunday xatti-harakatni aslo oqlab bo'lmaydi.

Yüklə 67,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin