SHarq ilk Uyg‘onish davri IX asrdan boshlanib XII asrgacha davom etdi. Bu davrinig buyuk olimi, Abu Abdulloh ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) osiyolik bir guruh mashhur olimlar singari Bag‘dod xalifalari – Abbosiylar sulolasidan bo‘lmish al-Ma’mun (813-833), al-Mu’tasim (833-842) va al-Vosiq (842-847) saroylarida yashab, ijod etdi. Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o‘g‘li alMa’mun (813-833) davrida. Bag‘dod SHarqning yirik va madaniy markaziga aylandi, ayniqsa, falsafa, riyoziyot, tibbiyot va boshqa fanlar rivojlandi.Bag‘dodda ochilgan “Baytul Hikma” (“Donishmandlar uyi”)ga Xuroson, Movarounnahr, Baqtriya, Xorazm, SHosh, Forob, Marv, Qobul va boshqa qo‘shni o‘lkalardan kelgan olimu fozillar, shoiru tarjimonlar va hattotlar to‘plangan edi. “Baytul Hikma”ning ko‘p yillik faoliyati mobaynida mashhur yunon olimlarining bir qancha asarlari arab tiliga tarjima qilindi, shuningdek, riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya va boshqa fanlarga doir bebaho asarlar bitildi.“Baytul Hikma” huzurida yirik kutubxona ochilgan bo‘lib, unda xalifalik va qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan nodir kitoblar jamg‘arilgan edi. Ma’mun davrida kutubxonaga “akademiya”ning ko‘zga ko‘ringan olimi sifatida Muso alXorazmiy boshchilik qildi. “Baytul Hikma” kutubxonasidan tashqari uning ixtiyorida ikki rasadxona ham bo‘lib, ulardan biri Bag‘dodning SHamossiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘ida barpo qilingan edi. Al-Xorazmiy ana shu rasadxonani ham boshqarib, asosan falakiyot ilmi bilan shug‘ullanadi. Olim IX asrning 20-yillarida o‘zining mashhur astronomiya va trigonometriya jadvallariga doir “Zij fi ilm al-falak” risolasini yozib tugatadi.Al-Xorazmiyning bu asariga tayanib arab tilidagi ilmiy adabiyotlarga birinchi bo‘lib Sayyoralar, Oy va Quyoshning harakatlari, sayyoralarning sutkalik harakatlari va ularni aniqlash yo‘llari, Oy va Quyosh gardishining kattaligi, sinuslar jadvali va tangens kiritilgan edi. Asar XII asr boshlarida lotin tiliga tarjima qilingan. Al-Xorazmiy “Ziji”ga ko‘pgina olimlar izohlar, tushuntirishlar yozishgan.Al-Xorazmiy “Ziji”dan tashqari Quyosh soatlari, astrolyabiyaning tuzilishi va qo‘llanishiga oid “Kitob ul-amal bil asturlabat” (“Astrolyabiya bilan ishlash haqidagi kitob”) risolasini ham yozib, amaliy falakiyotning rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Al-Xorazmiyning bu astronomiyaga oid asarlari Quyosh, Oy va Sayyoralar harakatini kuzatishda, daryo va ko‘l suvlari harakatini yo‘lga solishda, sel va toshqinlarning oldini olishda, olis joylarga dengiz orqali va quruqlikda safarga chiqqan vaqtda astronomik chamalashda, suvsiz erlarga suv chiqarish va suv inshootlarini bunyod etishda, qishloq xo‘jalik ishlarining boshlanishi yoki tugallash vaqtini belgilashda, dehqonchilik uchun kerak bo‘lgan mavsumiy kalendarlarni tuzishda, xalqning kundalik amaliy maqsadlari va hayotiy ehtiyojlariga hojatbaror bo‘ldi.Shuningdek, al-Xorazmiyning falakiyot ilmiga oid asarlari ma’lumotlaridan ikki asrdan ko‘proq vaqt davomida ko‘plab rasadxonalarda foydalanib kelindi. Xususan, SHarqda va G‘arbiy Evropada (Nyuton, Gershel asarlari paydo bo‘lganga qadar) asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, al-Xorazmiy “Donishmandlik uyi”da falakiyot, riyoziyot va boshqa soha olimlari orasida o‘zining ulug‘ salohiyati, qobiliyati bilan ajralib turgan. Al-Xorazmiy bu davrda o‘zining ilmiy faoliyati, tabiiy-ilmiy qarashlari bilan ilg‘or ma’rifiy-pedagogik tafakkur va tabiiy-ilmiy fanlar rivojiga keng yo‘l ochdi. Riyoziyotda mavhumlikni (abstraksiyani) kengaytirdi. Induksiya yo‘li bilan umumiy echish usullarini hal qilib, deduksiya hamda umumiy usullari yordamida turli xususiy masalalarni echdi. Uning kashfiyotlari va asarlari dunyoviy, ya’ni aniq fanlarni mustaqil rivojlantirishga keng imkon yaratdi.Shuning uchun ham al-Xorazmiy tabiiy-ilmiy kashfiyotlari bilan o‘zidan keyingi butun ma’naviy taraqqiyotga, tabiiy-ilmiy tafakkurga, haqiqatni aniqlash uslublariga juda katta ta’sir o‘tkazdi. Al-Xorazmiy ob’ektiv munosabatlarning, tabiiy jarayonlarning eng muhim xususiyatlarini o‘rganish zarurligini, atrofmuhitni tadqiq etishda insonning ongi va ilm-fanning ahamiyatini yuqori baholadi.Shularni e’tiborga olsak, o‘z vaqtida al-Xorazmiy tabiiy-ilmiy fanlarning, ayniqsa, riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiyaning rivojlanishiga, bu fanlarning mustaqil taraqqiyotiga to‘g‘ri yo‘nalish berishda o‘zining tutgan yo‘li bilan ilm-fan taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. SHu boisdan ham hozirgi zamon olimlari IX asrning birinchi yarmini “Al-Xorazmiy davri” deb atayotganlari bejiz emas.Al-Xorazmiyning insonparvarlik g‘oyalari olimlarning vazifasi va burchi, ularning insoniyat oldidagi mas’uliyati haqida aytgan so‘zlarida ham namoyon bo‘lgan: “O‘tmish davrlarda o‘tgan xalqlarning olimlari fanning turli tarmoqlari va falsafaning turli bo‘limlari sohasida asarlar yozishda tiyilmas edilar. Bu bilan ular o‘zlaridan keyin keladiganlarni nazarda tutardilar va bular tomonidan o‘zlaricha (sarf qilingan) kuchlariga munosib mukofot bo‘lar degan umid tutardilar hamda shon-sharaf va yod tutish bilan mukofotlanardilar, rostgo‘y lablardan maqtovlar aytiladi deb ishonardilar. CHunki ular fanning maxfiy sirlarini ochish uchun o‘z bo‘yinlariga olgan qiyinchiliklar va mehnatlarini bunga arzimas deb biladilar. Ulardan biri o‘zidan avvalgilar qila olmagan ishlarni amalga oshirishda boshqalaridan o‘zib ketadi va uni o‘zidan keyin keluvchilarga meros qilib qoldiradi. Boshqasi o‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo‘lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. YOki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to‘playdigan odam bo‘lib, u o‘zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik qilmaydi va o‘zi qilgan ishidan mag‘rurlanmaydi”. Mutafakkirning bu so‘zlarini ilk o‘rta asr davrida olimlar va tadqiqotchilar uchun umumiy deb e’lon qilgan axloq qoidasi (me’yori) deb qarash mumkin. Avvalo, buyuk olimning bunday axloq dasturi uning dunyoqarashini belgilab beradi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, u o‘z hayotini insoniyat baxt-saodatiga bag‘ishlaydi.Sharqning buyuk qomusiy olimi “Muallimi soniy (Ikkinchi muallim) Abu Nasr Forobiy (873-950) ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan “Fozil odamlar shahri”,“Ilmlarning kelib chiqishi” asarlarida barkamol shaxsni tarbiyalashda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim bilan tarbiya birligi haqida qimmatli fikrlar bildiradi.Forobiy “Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida” nomli risolasida ta’lim-tarbiya birligi haqida fikr yuritar ekan, unda ta’lim berish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga borishi lozimligini ko‘rsatadi. Forobiy insonning ma’naviy olamida, uning ikki tomoniga: aqli va axloqini tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratadi. Ta’lim va tarbiya Forobiy fikricha, insonni aqlan va axloqan komil shaxs qilib shakllantirishga qaratilmog‘i kerak. Xuddi shuning uchun ham, ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi olam va insonlar haqida mustaqil fikrlash madaniyatiga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdir.Sharq pedagogikasida Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan allomadir: «Ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida, nazariy bilim berish, tarbiya berish degani esa insoniy fazilatlarni, ma’lum xunarni eki kasbni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq-atvor-normalarini o‘rgatishdir».Maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga etkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonunqoidalarini to‘g‘ri anglab oladi, umr kechirish jarayonida to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan halol, adolatli munosabatda bo‘ladi. Jamiyatda o‘rnatilgan oqilona tartib va qoidalarga rioya etadi.
Forobiy ta’lim va tarbiya ishini boshlashdan oldintarbiyalanuvchilarning shaxsiy xislatlarini bilish va ta’lim-tarbiya berish jarayonida murabbiyning barkamolligini nazarda tutish zarurligini ko‘rsatadi. Chunonchi, uning fikricha, murabbiy xohish-ixtiyor, iroda, qobiliyat, yaxshilik va yomonlik nima ekanligini yaxshi bilgan odam bo‘lishi zarur. Chunki, inson ruhiga xos bo‘lgan xohishirodani, uning qobiliyatini aniqlamasdan turib, tarbiya ishiga kirishish kutilgan natijani bermaydi, deydi alloma.Forobiyning ta’lim-tarbiya yo‘llari, usullari, vositalari haqidagi fikrlari ham g‘oyat qimmatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l bilan: ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi, deb ta’kidlaydi. Allomaning fikricha, ta’lim nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirsa, tarbiya esa insoniy fazilat, amaliy kasb-hunar, xulq-odob malakalarini rivojlantirib boradi, ta’lim so‘z o‘rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshirib boriladi. Har ikkalasi birlashsa etuklik namoyon bo‘ladi. SHuningdek, Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, dob me’yorlari o‘rganiladi, kasbhunarga oid malakalar hosil qilinadi deb ko‘rsatadi.Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» risolasida ta’limtarbiyani ikki yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bulardan birinchisi — qanoatbaxsh so‘zlar, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi va shaxsdagi g‘ayrat-intilish harakatga aylantiriladi. Ikkinchi usul — majbur etish yo‘li. Bu usul gapga ko‘nmaydigan qaysar shaxslarga nisbatan ko‘llaniladi.21
Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish usullarini ko‘rsatgan. Bu har ikkala usul ham insonni har tomonlama kamolga etkazish maqsadida qo‘llanilgandir.Shaxs kamolotida ta’lim va tarbiya birligini ta’minlashda ustoz va shogird munosabatlari hal qiluvchi omildir. Bu masalaga, ayniqsa, Sharkda juda katta e’tibor berilgan. Musulmon olamida mavjud an’anaga ko‘ra, ustoz shogirdni qabul qilgan birinchi kundan boshlab, uning ma’naviy javobgarligini o‘z bo‘yniga olgan.Tarbiyalanuvchining ota-onasi o‘z bolasini ustozga: “Eti sizniki, suyagi bizniki” deb topshirgan. Ustoz shogirdga faqat bilim berish bilan cheklanib qolmay, balki u shogirdiga keng ma’nodagi tarbiyani ham beradi.Ustoz shogirdning ham axloqiy, ham kasbiy qiyofasini shakllantiradi. “Ustoz otangdan ulug‘”, degan maqolning hikmati shunda. Qadimda shogirdlar ustozni benihoya hurmat qilganlar.Shu munosabat bilan Forobiy o‘qituvchining ijtimoiy hayotda o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, o‘qituvchi o‘quvchiga bilim beraman desa, o‘quvchi oldida haqiqatgo‘y bo‘lishni, yolg‘onni va yolg‘on aytganni yomon ko‘rishi, o‘zi fahm-farosatli bo‘lishi va ornomusini qadrlashi, shogirdlariga nisbatan adolatli bo‘lishi, ko‘zlangan maqsadga erishishda qat’iylik ko‘rsata bilishi va o‘rnak bo‘lmog‘i lozim.Forobiy “Falsafani o‘rganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida” risolasida muallim shogirdiga nisbatan o‘ta hokimlikka ham, o‘ta bo‘shanglikka ham yo‘l qo‘ymasligi kerak, chunki o‘ta hokimlik shogirdda “muallimga nisbatan nafrat uyg‘otsa, o‘ta bo‘shanglik esa shogirdning muallimga va uning o‘qitayotgan faniga nisbatan mensimaslik xislatini paydo qiladi”, deb ta’kidlaydi.
Bu fikrlari bilan u ustozlik ta’lim va tarbiyada nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini yana bir karra uqtiradi. SHunday qilib, mutafakkir ta’lim va tarbiyaning asosiy vazifasi adolatli jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat, elyurt uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat deb bilgan. Forobiy pedagogik ta’limotining asosida axloqiy go‘zal, mustaqil fikrlovchi, barkamol insonni shakllantirish masalasi yotadi.
Insonning kamolga etishida ham aqliy, ham axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy orzu qilgan ta’lim va tarbiya birligi hozirgi davrimizda ham yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.
Forobiy tomonidan asoslangan pedagogik ta’minot o‘zida quyidagi asosiy g‘oyalarni ifodalaydi:
ma’naviy tarbiyani tashkil etish va shaxsda aqliy sifatlarni tarbiyalash uning kamolotga erishishini kafolatlaydi;
odob tarbiyalanuvchi qiyofasida namoyon bo‘luvchi axloqiy xislatlarning eng asosiysi bo‘lib, insonda olijanob sifatlarni tarbiyalashda asos bo‘lib xizmat qiladi. SHaxsda odob ko‘nikmalarini shakllantirishda ularga inson xulqi va odobini muhim ma’naviy – axloqiy sifatlar ekanligini hayotiy misollar yordamida yoritib berish muhim ahamiyatga ega;
tarbiyalanuvchida irodaning hosil bo‘lishi atrof-muhit hamda tarbiyaviy faoliyat mazmuniga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Abu Nasr Forobiy ta’lim-tarbiya samaradorligini yuqori baholagan pedagogik, didaktik tamoyillar, ta’lim – tarbiya shakllari va usullari quyidagilar:
ta’limning ilmiyligi va amaliy ahamiyatga eagligi;
tizimliligi, mantiqiyligi va ketma-ketligi;
hayot bilan bog‘liqligi;
tushunarli bo‘lishi;
kuzatish va tajribalar;
dialektik, isbotli, tortishuvli, ritorik va she’riy mulohaza yuritish
usullari;
SHunday qilib, Forobiyning ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi teran fikrlari, ibratli mulohazalari hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas.
Sharqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va pedagogik fikrlarining eng mashhur namoyondalaridan Abu Ali ibn Sino (980-1037) ta’lim – tarbiya masalariga jiddiy va ijodiy yondoshgan. Olimning bolani tarbiyalash va o‘qitish haqidagi pedagogik – psixologik qarashlari o‘zining chuqurligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini xayratda qoldiradi.
Ibn Sino “Risolat at-tayr” (“Qush”), “Xayy ibn YAqzon”, (“Uyg‘oq o‘g‘li tirik”), “Donishnoma” kabi asarlarida o‘zining pedagogik va psixologik qarashlarini ifodalaydi. Masalan, u “Hayy ibn Yaqzon” asarida yoshlarni do‘stlikka, bilim o‘rganishga chaqiradi: “… bir-biringizdan bilim o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar”. SHuningdek, alloma shaxs fe’l-atvorini tabiatini chuqurroq tushunish uchun farosat ilmining, ya’ni ilmiy mantiqni bilishga da’vat qiladi. CHunki ilmiy-mantiq shaxs didini o‘stiradi, fikr doirasini kengaytiradi. U bu haqda shunday deydi: “Farosat ilmi foydasi naqd ilmlardandir. Bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarning pinhoniy fe’l-atvorini bildiradi. Farosat ilmidan bahramand bo‘lsang, juda o‘tkir bo‘lib ketasan”.Shuning uchun ibn Sino ta’lim-tarbiyaning maqsadlari, mazmuni, shakllari va metodlariga juda diqqat va e’tibor, mas’uliyat bilan qarash kerakligini ta’kidlaydi. Olimning e’tirof etishicha, ko‘rsatmalilik ta’limni aniq, yorqin va qiziqarli qiladi, kuzatuvchanlik va fikrlash, mushohada yuritishni o‘stiradi. Uningcha, inson narsa va hodisaning tashqi jihatlarini, ko‘rinishlarini o‘rganib, uni yanada chuqurroq bilishga intiladi. Narsalarning aslini yoki ularning suratini ko‘rish orqali bolalarda ular haqida ma’lum bir tasavvur hosil bo‘ladi. Ibn Sino ko‘rsatmalilikni ko‘rish, eshitish singari sezgi organlari orqali bog‘laydi. Olim o‘qitishning oddiydan murakkablikka tomon yo‘naltirishdan kelib chiqqan holda mashqlar qildirish,
o‘qitishni esa faqat chuqurlashtirish asosida, ya’ni sinf tarzida o‘tkazish zarur, deb hisoblaydi.
Yuqorida ibn Sino muntazamlilik va uzviylik prinsipiga amal qilish zarurligini ta’kidlagi haqida aytilgan edi. O‘quvchilar kuzatish va tarjribalarini muntazam va uzviy jarayonga aylantirish orqali esa o‘quvchilarda mantiqiy mushohada yuritish qobiliyati rivojlanadi. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, o‘quv va jismoniy mashqlarni bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda suhbatlar, tushuntirishlar bilan birga qo‘shib olib borish kerak. YAkka tarzda o‘qitgandan ko‘ra guruhlarda (sinfda) o‘qitish ko‘proq samara beradi, chunki guruhlarda o‘quv-chilar o‘rtasida o‘z-o‘zidan musobaqa paydo bo‘ladi, deydi: “Bola-larni guruh qilib o‘qitish tashkil qilinsa, juda yaxshi samara beradi. CHunki bu jarayonda ular bir-birlaridan ibrat oladilar..
Guruh qilib o‘qitish jamiyatga katta foyda keltiradi. CHunki bunda o‘quvchilar bir-birlari bilan do‘stlashadilar, ular o‘rtasida o‘zaro hurmat paydo bo‘ladi, o‘zaro fikrlashib bahslashadilar, huquq va burchlari xususida muhokama yuritadilar, musobaqalashadilar”.
Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarining birinchi kitobida o‘rin olgan “Ro‘zg‘or yuritish haqida risola”sida bola tarbiyasiga oid juda ko‘p pedagogik va fiziologik tavsiyalar bayon etilgan. Tarbiyadan maqsad, – deydi olim, bolaning aqliy va jisomniy quvvatlarini o‘stirishdir. CHunki bola yaxshi yoki yomon, yovuz yoki olijanob bo‘lib dunyoga kelmaydi. U bu xususiyatlarga tarbiya, atrofdagilar ta’siri tufayli erishadi. Ibn Sinoning fikricha, bola qalbi, misoli “Pokiza oyna”. Unga istalgan shaklni chizish mumkin. Bolada olijanob ma’naviy – axloqiy xususiyatlarni shakllantirish uchun mashq uslubidan foydalanish, ya’ni uni hayotda qo‘llashga o‘rgatish kerak.
Ibn Sino ta’lim-tarbiyaning alohida guruhlar bilan suhbat uslubini tavsiya qiladi. Eng muhimi bolaning shaxsini hurmat qilishdan boshlash kerak: “bolaga zug‘um qilib, unga xurmat-sizlarcha munosabatda bo‘lmaslik, aksincha, tengdosh o‘rtoqlarday gaplashish lozim”.25 Olim suhbat, tushuntirish, misol keltirish singari uslublarning imkoniyatlari haqida so‘z yuritadi. “Salbiy xislatlarni tuzatish, shaxsni qayta tarbiyalash muammosi haqida ham mulohaza bildiradi. Buning uchun avvalo bolani har tomonlama o‘rganish va shu asosda undagi salbiy qiliqlarni bartaraf etish, ijodbiy fazilatlarni shakllantirishga kirishish mumkin.
Olim ayniqsa, jismoniy mashqlarga katta e’tibor beradi. Tug‘ilgan kunidan boshlab bolaning jismoniy rivojlanishi xususida qayg‘urish kerak, deydi. Buyuk tabib bola jismidagi har bir a’zoning salomatligini ta’minlash uchun lozim bo‘lgan maxsus mashq usullari ishlab chiqqan. Bu mashqlarni tananing holatiga muvofiq bajarish,
kamquvvat, zaif a’zolarni og‘ir jismoniy mashqlar bilan toliqtirmaslikni ta’kidlaydi.U ishlab chiqqan mashqlar kichik va katta, juda kuchli va zaif, tez va sekin, keskin va tez xarakatni taqazo etadigan harakatlarga bo‘linadi. Olim usullarni ham bayon qiladi.
Ibn Sino ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining roliga katta e’tibor bilan qaragan, yosh avlodni o‘qitadigan tarbiyachi quyidagi talablarga muvofiq faoliyat olib borishi lozimligini uqtiradi:
o‘quvchi-talabalar bilan munosabatni tashkil etishda mo‘‘tadil (o‘rtacha) bo‘lish;
o‘quvchi-talabalarning bilim va mahoratlaridan hayotda foydalana
olishlariga etibor berish;
o‘quvchi-talabalar bilan ishlashda turli usullarni qo‘llay olish;
o‘quvchi-talabalarda bilim olishga nisbatan qiziqishni kuchaytirish;
o‘qituvchining gaplari va fikri o‘quvchi-talabalarga tushu-narli bo‘lishi uchun har bir so‘zini imo-ishoralar bilan bajarishi (binobarin, bu uslub bolalarda his-hayajonni uygatadi);
tarbiyalanuvchilar ongiga kuyidagi yuksak axloqiy tamoyilni singdirishi «faqat o‘zi uchun emas boshqalar uchun ham yashash kerak».
Alloma asarlarida quyidagi pedagogik va didaktik tamo-yillar, o‘quv-tarbiya shakl va usullari xususida so‘z yuritiladi.
tajriba;
sabablarning o‘zaro bog‘liqligi tamoyili, analiz, sintez, umumlashtirish;
bolani darhol kitob o‘qish bilan bog‘lab qo‘ymaslik;
jamoa bo‘lib o‘qish;
mashqlar (ularning me’yorlanganligi, imkoniyat borligi, jamoatchilik, o‘quvchi-talabalarning qobiliyati va imkoniyatlarini hisobga olish);
o‘qitishning asta-sekin, ketma-ketligi, osonidan murakkabga o‘tib borishi;
o‘kuvchi-talabalarning individualliklarini hisobga olib, tushunarli bo‘lishi;
nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi, umumiydan xususiyga o‘tish, tizimlilik va mantikiylik ifoda etish va mulohazalarining bir tekisligi va ketmaketligi kabi usullar;
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. – T.: O‘zbekiston, 2012.-46 b.
Inson huquqlari: Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt. Fuqarolik huquqlari va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt va fakultativ protokol. – T.: Adolat, 2012.-68 b.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta’lim to‘g‘risida. // Ma’rifat, 2017 yil 1-oktyabr (70-son).
O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi majlisidagi ma’ruzasi. // O‘zbekiston ovozi, 2015 yil 25-feral.
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. – T. : O‘zbekiston, 2014.-299 b.
Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqi.- // Turkiston, 2017 yil 30-avgust.
Karimov I. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T. : O‘zbekiston, 2017.-326 b.
Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik. O‘zbekiston Respublikasi Prezident Islom Karimovning XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida so‘zlagan nutqi.- // Zarafshon, 2016 yil 6 may.
O‘zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining ilmiy asoslari (loyiha).- / O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar, 2017 yil 8 son.
Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T. : O‘zbekiston, 2017.-78 b.
Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar – taraqqiyot omili. – T. : O‘zbekiston,2017.-24 b.
Prezident I.Karimov: “Mening maslagim: inson baxt-saodati, Respublika manfaatlari”.- // O‘zbekiston ovozi, 2017yil 27 dekabr.
Abdukarimov X. Tarbiya va tarbiyachilik muammolari. - // Xalq so‘zi, 2014yil 24 iyun.
Abdullina O.A. Obhepedegogicheskaya podgotovka uchitelya v sisteme vo‘sshego pedagogicheskogo obrazovaniya: Dlya ped.spes.vыssh.ucheb.zavedeniy. – 2-ye izd., pereb. i dop. – M.Prosveщenie, 2017.-141 s.
Abdurahmanov A., Rahimboeva D. Milliy madaniyat va nigilizm. - / San’at, 2017yil 10 son.
Abduraximov R. Razvitie narodnogo obrazovaniya v sovremennom Afganistane. Dis…kand.ped.nauk.-Samarkand, 2017. – 173 s.
Abdurahmanov F.R., Abdurahmanov Z.E. Milliy tarbiya muammolari. - / Pedagogika va psixologiyaning metodologik muammolari. T.: ToshDU qoshidagi OPI, - 18-19 b.b.
Avloniy, Abdulla. Turkiy Guliston yoxud axloq.-T.:O‘qituvchi, 2018.-160 b.
Azizxo‘jaev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat.-T.: Sharq, 2017.-112 b.
Aktualni problemi sotsialnogo vospitaniya / Redkoll.: T.F.Yarkina (otv.red.) R.G.Bocharova, V.E.Lvov.-M.: Zaporoje. Izd-vo APN SSSR.-2018.-168 s.
Aliev A. Pedagogik madaniyat: metod va mahorat qirralari. - / Xalq ta’limi, 2018yil 10-12 son.
Asomov N.M., Nikitina L.A., Voronsov D.D. Strana detstva. / Sbornik.-M.: Znanie, 2017.-288 s.
Ananev B.G. Chelovek kak predmet poznaniya. // Izbr.psixologicheskie trudo‘: V 2-x t. – M.: 2016.-T.1.
Andreeva G.M. Sotsialnaya psixologiya: Uchebnik – 2-ye tzd., dop. i pererab. – M.: Izd-vo MGU, 2017. – 432 s.
Antologiya pedagogicheskoy mo‘sli Uzbekskoy SSR // Sost. S.R.Rajabov, K.X.Xoshimov i dr.-M.: Pedagogika, 2016. – 320 s.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |